64
Asar o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, maqom yo‘llariga xos
tarkibda yaratilgan. Ashulaning o‘lchov-ritmik
asosida talqin usuli
tanlangan va usul jozibasida o‘ziga xos asar yaratilgan. Asarning
Farg‘ona vodiysi katta ashulalariga xos talqinga egaligini e’tirof
etish lozim. Asarning lad tizimi ham
major va minorli xususiyat
kasb etadi. Asar diapazoni unchalik keng emas, oktava oralig‘iga
ega. Lekin asosan seksta intervali oralig‘ida kuylanadi. Ahamiyatli
jihatlaridan biri katta ashula kabi yuqori
pardalarda ijro etilishi
uchun mo‘ljallangan. Yoqori pardalardagi ovoz dramatizmi uning
xarakterini ochib berishi mumkin.
O‘zbek musiqa san’ati rivoji yo‘lida
samarali mehnat qilgan,
zamonamizning yetuk sozanda, xonanda va bastakori Jo‘raxon
Sultonov o‘z ijrochilik mahorati
negizida xonandalikda va
bastakorlikda maktab yaratdi.
Amaliy mashg‘ulot: I. Ikromov, T. Jalilov, Y. Rajabiy,
M. Murtazoyev, J. Sultonovlarning ijodiy faoliyatii o‘zlashtirish.
Asarlaridan namunalar tinglash. Ularning
ijodiy uslublarini ajratib
olish va umumiylik jihatlari xususida ma’lumotlar to‘plash. Yaratgan
asarlarini tinglab tahlil qilish. O‘zbek bastakorlik san’atining yirik
namoyandalari bo‘lgan ushbu ijodkorlarni o‘zbek
mumtoz musiqa
san’ati rivojidagi o‘rnini va ularning ijodini tarixiy ahamiyati
xususida fikrlash.
65
Nazorat savollari
1. Toshkent-Farg‘ona bastakorlik maktabi va uning o‘z uslublari bilan
elga tanilgan namoyandalari xususida nimalarni bilasiz?
2. I. Ikromov, T. Jalilov, Y. Rajabiy, M. Murtazoyev, J. Sultonovlar
bastakorlik ijodining o‘ziga xos tomonlari xususida gapirib bering.
3. Voha bastakorlari
xususida fikr yuritib, ularning asarlarini tahlil
qiling.
Dostları ilə paylaş: