Soliq statistikasi indd


Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

7.2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar
soliq stavkalari va ularning prognoz ko‘rsatkichlarini 
hisoblashdagi o‘rni
Boshqa soliq turlariga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘-
yicha amaldagi soliq qonunchiligida ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tu-
tilgan. Mazkur soliq turi bo‘yicha berilgan soliq imtiyozlarini to‘rt 
guruhga bo‘lamiz:
1) soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
rea lizatsiya qilish oboroti (208-modda);
2) soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (209-mod-
da);
3) soliqdan ozod etiladigan sug‘urta xizmatlari (210-modda);
4) soliqdan ozod etiladigan import.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida soliqdan ozod eti la-
digan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti 
bo‘yicha quyidagi imtiyozlar ko‘zda tutilgan:
– yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda 
davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan, davlat boji, 
patent boji, yig‘im yoki boshqa to‘lovlar undiriladigan xizmatlar; 
– maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga 
doir xizmatlar;
– bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
– dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, 
diniy ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda bir-
lashmalarning udumlar va marosimlar o‘tkazishga doir xizmatlari;
– protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo‘ljallangan 
inventarlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan 


201
realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek 
nogironlarga ko‘rsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, 
pro tez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun mo‘ljallangan 
inventarlarni ta’mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar 
bo‘yicha xizmatlar;
– davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish 
ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qili-
nadigan mahsulotlari;
– pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), 
markali otkritkalar, konvertlar;
– aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to‘lash bo‘yicha 
xizmatlari;
– budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va 
innovatsiya ishlari;
– shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu 
jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shuningdek temiryo‘l va 
umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu 
jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atro
fi
dagi yo‘na-
lishlarda yo‘lovchilar tashish xizmatlari; 
– oliy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, shu-
ningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bi-
lan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ta’lim berishning haq evaziga 
o‘qitishga doir qismi bo‘yicha xizmatlar;
– qimmatbaho metallarni vakolatli davlat organiga saqlab turish 
uchun topshirish va ularning eksporti; 
– tibbiy (veterinariya) xizmatlari, dori vositalari va tibbiyot 
(veterinariya) uchun mo‘ljallangan buyumlar, shu jumladan ularni 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday 
vositalar va buyumlar;
– chet el havo kemalariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan be vosita 
O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va O‘zbekiston Res pub-
likasining havo bo‘shlig‘ida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu 
jumladan aeronavigatsiya xizmati;


202
sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xiz-
mat lari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining 
xiz matlari;
– davlat mulkini xususiylashtirish tartibida realizatsiya qilina-
yotgan mol-mulk;
– gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
– geologiya va topogra
fi
ya ishlari;
– bosma mahsulotlar, shuningdek bosma mahsulotlar ishlab 
chi qarish va ularni realizatsiya qilish bilan bog‘liq tahririy, matbaa 
va noshirlik ishlari, xizmatlari;
– O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga 
kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning hamda O‘zbekiston Mil-
liy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xiz-
matlar;
– O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport qilinayotgan 
tovarlarni tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ekspeditsiya 
qi lishga doir xizmatlar, ishlar;
– nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi 
va “O‘zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, 
ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tash-
kil etuvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan to-
varlar;
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha 
xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan 
qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar oladigan, shuningdek, grantlar 
hisobiga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
– uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan aholiga ko‘r-
satilayotgan xizmatlar; 
– aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash;
– vakolatli davlat organining ixtisoslashgan ekspertiza bo‘-
linmalari o‘tkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari;
– davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o‘rgatish xiz mat lari;
– o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti;


203
– ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlov bo‘linmalari xiz-
matlari;
– ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali sifatida 
beriladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan 
qurilish obyektlari;
– budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer 
tuzish, tuproq va geobotanika ishlari;
– davlat rezervining tovar-moddiy zaxiralari, ular yangila na-
yotganda;
– telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari 
tizimining texnika vositalari, shuningdek, mazkur vositalardan foy-
dalanishga va ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlar;
– investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli dav-
lat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya maj-
buriyatlari sifatida topshirilayotgan mol-mulk;
– kitob mahsulotlari, maktab o‘quv qurollari va ko‘rgazmali 
qo‘llanmalarning, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji 
savdosi;
– davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar. 
Moliyaviy xizmatlar bo‘yicha ham qo‘shilgan qiymat solig‘idan 
ozod qilinadigan oborotlar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
– kreditlar, zayomlar bo‘yicha foizlarni hisoblab chiqarish va 
undirish, kreditlar, zayomlar berish, ka
fi
lliklar (kafolatlar), shu 
jum ladan bank kafolatlari berish;
– depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank 
hisob varaqlarini, shu jumladan vakil banklarda hisob varaqlarini 
ochish va yuritish;
– to‘lovlar, o‘tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to‘ lov 
vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar, inkasso bo‘yicha ope ratsiyalar;
– milliy valuta va chet el valutasi bilan bog‘liq operatsiyalar;
– yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlar depo-
hisob varaqlarini, shu jumladan vakil depozitariylarini ochish ham-
da yuritish;


204
– qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar;
– qimmatli qog‘ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi 
(ustav kapitalidagi) ulushlarni (paylarni) realizatsiya qilish;
– kliring operatsiyalari;
– akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;
– pul mablag‘larini konvertatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalar;
– chet el valutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish;
– kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, 
berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, sa ra-
lash va saqlash);
– moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining 
(lizingga beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi 
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
– forfeyting va faktoring operatsiyalari;
– lombard operatsiyalari (garovga qo‘yilgan mol-mulkka qisqa 
muddatli kreditlar berish);
– jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining obo roti.
Soliqdan ozod qilinadigan sug‘urta xizmatlariga quyidagilar ki-
radi.
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagi ope-
ratsiyalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
– sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta 
qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari;
– qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha 
vositachilik haqi va tantemalar;
– sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer 
hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining 
xizmatlari uchun vositachilik haqi;
– qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha su-
g‘urta to‘lovlari ulushining qayta sug‘urtalovchilar tomonidan to‘-
lanadigan to‘lovini;
– sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta 
qilish shartnomalari bo‘yicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya 
(regress) tartibida talab qilish bo‘yicha daromadlar;


205
– sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, 
ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘r-
satgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
– qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha depo mukofot-
lariga hisoblangan hamda qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan 
qayta sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan foizlar;
– hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qil-
diruvchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar;
– sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya fa-
oliyatidan olinadigan daromadlar, shu jumladan sug‘urta rezervlari 
va sug‘urta fondlari mablag‘larini investitsiyalashdan olinadigan 
daromadlar;
– sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta 
qilish shartnomalari bo‘yicha franshizlarni qoplashdan olinadigan 
daromadlar;
– sug‘urtalovchiga o‘tgan, sug‘urta qildiruvchining (naf oluv-
chining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish 
huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
– qayta sug‘urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan 
taqdirda, ular bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining qaytarib berilgan 
qismi summalari;
– bevosita sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan 
boshqa daromadlar;
– sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo‘shilgan 
qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
– sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni);
– preventiv tadbirlar o‘tkazish uchun beriladigan mablag‘lar;
– sug‘urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun su-
g‘urtalovchi to‘laydigan mablag‘lar;
– sug‘urta qilish shartnomasiga muvo
fi
q boshqa mablag‘lar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan import operatsiya-
lariga quyidagilar kiradi:
– jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning 
normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;


206
– chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan 
vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu va-
kolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu 
jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari 
shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bel-
gilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan 
tovarlar;
– davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya 
yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maq-
sadida olib kirilayotgan tovarlar;
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha 
xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan 
qarzlar (kreditlar) mablag‘lari, shuningdek grantlar hisobiga yuridik 
shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar; 
– dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan 
buyumlar, shuningdek dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) 
uchun mo‘ljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun olib kirila-
yotgan xomashyo; 
– O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texno lo gik 
asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar;
– investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli 
davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvo
fi
q investitsiya 
majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;
– vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud 
bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-
qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini serti
fi
katlashtirish 
bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tad-
birlari tizimining texnik vositalari;
– bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chet el 
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o‘z ishlab chiqarishida 
foydalanish uchun olib kirayotgan xomashyo, materiallar va yarim-
tayyor mahsulot;


207
– yog‘och-taxta materiallari va yog‘och. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, 
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar deyarli 
barcha iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlariga taalluqlidir. Bugungi 
kunda katta miqdordagi soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat so-
lig‘i imtiyozidan foydalanmoqda. Albatta ushbu berilgan soliq im-
tiyozlar qo‘shilgan qiymat solig‘ining prognoz ko‘rsatkichlarini 
pa sayishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi. So‘zsiz. Qo‘shilgan qiy-
mati solig‘i prognoz ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilishda soliq im-
tiyozlari summasini ayirib tashlash tavsiya qilinadi.
Belgilangan soliq imtiyozlari qo‘shilgan qiymat solig‘ining 
prognoz ko‘rsatkichlarining miqdorini kamayishiga olib kelishi ha-
qida xulosa qildik. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining prognoz ko‘rsat-
kichlariga ta’sir qiluvchi navbatdagi eliment – bu mazkur soliq 
turi bo‘yicha belgilanuvchi soliq imtiyozlaridir. Shubhasiz, soliq 
stavkasining ko‘tarilishi prognoz ko‘rsatkichlarining oshishiga 
olib keladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari amalga joriy 
qi lingan dan buyon bir necha bor o‘zgardi. Dastlab, 1992-yildan 
respublikamiz 
da qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 30% qilib 
belgilandi. Keyincha lik soliq stavkasi 25% qilib belgilangandi. 
1993-yilning 1-sentabri 
dan boshlab 1994-yilning iyunigacha 
korxonalar ixtiyorida qoladi gan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori 
stavkasining 6% ni tashkil etdi, qolgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 
19% stavkasi budjetga o‘tkazila boshladi. Korxonalar 1994-yil 
1-iyundan boshlab qo‘ shilgan qiymat solig‘ini 20% miqdorida 
to‘lay boshladilar va kor xonalar ixtiyorida qoladigan qo‘shilgan 
qiymat solig‘ining 6% i bekor qilindi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20% ga tushirish hisobiga 
tovar bahosini ma’lum darajada pasaytirish ko‘zda tutilgan edi. 
1996-yilda 17 foizni, 1997-yilda 18 foizni, ayrim oziq-ovqat mah-
sulotlari turlariga (un, non, go‘sht, sut va sut mahsulotlari) esa ka-
maytirilgan 10 foizli stavka belgilandi. 1999-yilda respublikada 
qo‘shilgan qiymat solig‘ining 3 xil stavkasi (20%, 15%, va 0%) 


208
amalda qo‘llanildi. Faqat 3 ta band, ya’ni eksport, qishloq xo‘jaligi 
ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladigan mi-
neral o‘g‘it va yoqilg‘i moylash materiallari hamda diplomatik 
vakolatxonalar va unga tenglashtirilgan vakolotxonalarga reali-
zatsiya qilinadigan tovar (ish va xizmat)lar “0” stavkasi bo‘yicha 
soliqqa tortildi. 15% li qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi esa un, 
non, go‘sht, sut va sut mahsulotlari hamda import qilinadigan tirik 
mol va bug‘doy kabi mahsulotlarga nisbatan belgilandi.
2000-yildan hozirgi kungacha soliq Kodeksiga ko‘ra respub-
likamizda 20 foizli va “0” foizli stavka qo‘llanilib kelinmoqda. 
“0” stavka deganda korxona ishlab chiqarayotgan tovarlarning 
(bajarilgan ish, xizmatlarning) qiymatiga qo‘shilgan qiymat solig‘i 
qo‘llanilmaydi, ya’ni “nol” ga teng degani.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin