192
Bizning hisob-kitobimizda tahlil uchun olingan besh yil mo-
bay
nida soliq bazasining o‘rtacha miqdori 900,6 mln so‘mni,
uning dispersiyasi 77,37 mln so‘mni tashkil qilgan. 6–21-jadvalga
qarang.
Foyda solig‘ining bazasi kabi foyda solig‘ini prognoz yilida ku-
tilayotgan miqdorini uning o‘zini oldingi yillar ma’lumotlaridan
foydalanib, ehtimolli o‘zgarish miqdorini aniqlash mumkin.
6–22-jadval
Tadqiqot uchun tanlangan yillar mobaynida foyda solig‘i summalari
o‘rtasidagi variatsion o‘zgarish
yillar
Foyda solig‘i
summasi
O‘rtacha
miqdor(x1),
mln so‘mda
x-x1, mln
so‘mda
(x-x1)2
/5, mln
so‘mda
Dispersiya,
mln
so‘mda
1
105,17
98,1240
7,05
9,93
3,15
2
101,76
98,1240
3,64
2,64
1,63
3
103,29
98,1240
5,17
5,34
2,31
4
87,7
98,1240
-10,42
21,73
4,66
5
92,7
98,1240
-5,42
5,88
2,43
Jami
490,62
98,1240
0
45,53
6,75
Oldingi besh yil davomida foyda solig‘ining summasi 92,7 mln
so‘mdan 105,17 mln so‘mgacha – maksimal va minimal darajada
tebrangan. 6–22-jadvalga qarang. Tahlil uchun olingan davrda
foy da solig‘ining o‘rtacha miqdori 98,1240 mln so‘mga, o‘rtacha
kvadratik cheklanishi 227,63 mln so‘mga. Dispersiyasi 15,09 mln
so‘mga tenglashgan.
Yuqorida amalga oshirilgan prognoz hisob-kitoblari oldingi yil-
larda foyda solig‘i bazasiga ta’sir qiliuvchi
omillarning haqiqat da gi
natijasi asosida tashkil qilindi. Shuni esda tutish kerakki, har bir
193
yangi yil uchun prognoz ko‘rsatkichini belgilashda prognoz yilida
kutilayotgan mamlakat makroiqtisodiy ko‘rstakichlarini, e’tiborga
molik bo‘lgan yangi soliq bazalarini, in
fl
atsiya darajalarini inobatga
olish tavsiya qilinadi. Yalpi foyda miqdorining prognoz qiymatini
aniqlashda
yalpi ichki mahsulotning, sanoat mahsulotlarning, to var
aylanmasining umumiy hajmini, baho indeksini, in
fl
atsiya dara ja-
sini o‘zgarish tendensiyalarini inobatga olish talab qilinadi.
6.5. Yuridik shaxslardan olinuvchi foyda solig‘ini
prognozlashtirishda soliq qarzi va debitorlik
qarzlarini hisobga olish
Yuridik shaxslardan olinuvchi foyda solig‘ini prognoz ko‘rsat-
kich lari hisob-kitobini tashkil qilishda soliq to‘lovchilarning debi-
torlik va kreditorlik qarzlarini inobatga olish o‘ta muhim hisob-
lanadi.
Foyda solig‘i yuzasidan paydo bo‘luvchi soliq majburiyatlarini
o‘z vaqtida bajarmaslik natijasida soliq to‘lovchida kreditorlik
qarzlari yuzaga keladi. Yuridik shaxslarning foyda solig‘i to‘lovi
bilan bog‘liq bo‘lgan kreditorlik qarzlari prognozlashtiriluvchi yil-
da to‘lanishi rejalashtiriladi. Shu sababli soliq to‘lovchining foyda
solig‘i bo‘yicha kreditorlik qarzlari miqdorini prognozlashtiriluv chi
yilda undiriluvchi foyda solig‘i tushumi
sifatida qarash maqsadga
muvo
fi
q. Aksincha, soliq to‘lovchining foyda solig‘i to‘lovlari
bo‘yicha debitorlik qarzlari prognozlashtiriluvchi yilda undirilishi
rejalashtirilayotgan soliq tushumining miqdorini kamayishiga olib
keladi.
Soliq to‘lovchilarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil
qilishda ularning muddati o‘tgan yoki o‘tmaganligiga alohida e’tibor
qaratiladi. Muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining ayrim turlari
gumondor toifaga mansub bo‘lishi mumkin. Gumondor toifadagi
debitorlik va kreditorlik qarzlarini undirish masalasi murakkab
jarayon
hisoblanadi, ularning ayrimlarini undirish imkoniyatlari
194
deyarli mavjud bo‘lmaydi. Shu sababli foyda solig‘ining prognoz
ko‘rstakichlarini tashkil qilishda soliq to‘lovchining debitorlik va
kreditorlik qarzlarida ehtimoldagi mavjud bo‘lgan gumondorlik
koef
fi
tsiyentlarini hisobdan chiqarish tavsiya qilinadi.
Soliq to‘lovchilarning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘-
risidagi ma’lumotlar yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilinuvchi
hisobotlardan yig‘iladi. Bunday ma’lumotlar dastlab tuman soliq
inspeksiyalarida, keyinchalik yig‘ilgan ma’lumotlar
umumlashtirish
uchun viloyat soliq boshqarmalariga yuboriladi. Viloyat soliq bosh-
qarmalari esa debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lu-
motlarni O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasiga taqdim qiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilishda yuridik shaxs -
larning respublika ichidagi qarzlari, ichki idoraviy qarzlari, res -
publikadan tashqaridagi qarzlar alohida guruhlarga ajratilib, qarz-
dor larning nomlari bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil jarayonida debi torlik
va kreditorlik qarzlarini
yuzaga kelish sabablari, undirish im ko-
niyatlari, oldingi soliq davriga nisbatan o‘sish, kamayish sur’at lari
batafsil tadqiq qilinadi.
Foyda solig‘i tushumi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari belgi-
langan tartibda tasdiqlangandan keyin, u ijaraga soliq idoralariga
yuborladi. Belgilangan prognoz ko‘rstakichlarini to‘liq va o‘z
vaqtida bajarilishi davlat soliq xizmmati xodimlari
tomonidan
amalga oshiriladi. Foyda solig‘i bo‘yicha soliq majburiyatlari soliq
qonunchiligida belgilangan muddatda soliq to‘lovchi tomonidan
bajarilishi lozim. Soliq majburiyati belgilangan muddatlarda baja-
ril magan hollarda soliq idorasi xodimlari soliq to‘lovlarini majburiy
undirish choralarini ko‘radilar. Dastlab soliq to‘lovchining bank
hisob raqamidagi mavjud pul mablag‘laridan undirish tashkil
qilinadi. Yuridik shaxslarning bank hisob raqamida pul mablag‘lari
mavjud bo‘lmganda, yoki undirishning iloji yo‘q hollarda ularning
debitorlaridan undirish choralari ko‘riladi. Aynan ushbu maqsadlarda
ham yuridik shaxslarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil
qilish va o‘rganish o‘ta muhim hisoblanadi.
195
Yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha solq qarzdorligini
ularning bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘laridan
va debi tor-
laridan undirish ilojsiz bo‘lsa, qarzdorlikni undirish soliq to‘lov-
chining mulkiga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: