Soliq statistikasi indd



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Tayanch so‘z va iboralar
1. Foyda solig‘i bo‘yicha soliq tushumini prognozlash.
2. Mahsulot (ish, xizmat) sotuvidan tushum.
3. Foyda solig‘i bazasiga ta’sir qiluvchi jami daromad miqdorining variatsion 
o‘zgarishi.
4. Yalpi tushum.
5. Sotishdan sof tushum.
6. Yalpi foyda.
7. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda.
8. Soliq to‘langungacha foyda.
9. Soliqqa tortiladigan baza.
10. O‘rtacha o‘sish stavkasi.
11. O‘rtacha o‘sish koef
fi
tsiyenti.
12. Foyda solig‘ini prognoz qilish usullari.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Yuridik shaxslardan undiriluvchi foyda solig‘ining davlat budjeti daromad-
larini shakllantirishdagi o‘rniga baho bering.
2. Foyda solig‘ini prognozlashda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi? 
3. Soliq idoralarida tuziluvchi hisobotlar va ularning mazmuni haqida so‘zlab 
bering.
4. Foyda solig‘ini prognozlashtirishning mohiyati nimadan iborat?
5. Foyda solig‘ini prognoz qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar qaysi 
manbalardan olinadi?
6. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lovchilar kimlar? 
7. Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlarni prognoz qilishda asosan qaysi usul 
qo‘llanadi?
8. Yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan foydasi qanday aniqlanadi?
9. O‘tgan davrlarda foyda solig‘i stavkasining o‘zgarish tendensiyasi va 
uning sabablarini tushuntirib bering.
10. Foyda solig‘ini prognozlashtirish jarayonini tushuntirib bering.


196
VII BOB. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
PROGNOZINI TASHKIL QILISH
7.1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va uning soliq
to‘lovchilari sonining soliq tushumi
hajmiga ta’siri
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston soliq tizimida egri soliqlar har-bir 
ishlab chiqarish bosqichida va rea lizatsiya jarayonida undiriladigan 
ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Kor xona tovar va xomashyo sotib 
olish va ulardan mahsulotlar ish 
lab chiqarish, ishlar bajarish, 
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida qo‘ shilgan qiymat yaratiladi. 
Qo‘shilgan qiymat sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida 
iste’mol qilingan tovarlar, xomashyolar va xizmatlarning qiymati 
o‘rtasidagi farq sifatida e’tirof etiladi. “Tovar-pul-tovar” siklik iq-
ti sodiy munosabatning har bir ishlab chiqarish va muomala jara-
yonida qo‘shilgan qiymat yaratiladi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining g‘oyasini dastlab XX asrning 
boshlarida 1919-yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish mexanizmi 
esa birinchi marta fransuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab 
chiqildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968-
yil dan boshlab joriy etila boshladi. XX asrning 70-yillarida qo‘-
shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatla ri 
soliq amaliyotida joriy qilindi. Iqtisodiy adabiyotlarda, ko‘pchilik 
hollarda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini «Yevropacha» soliq deb ham 
atashadi. Buning asosiy sabablari shundaki, birinchidan, qo‘shilgan 
qiymat solig‘i dunyoda birinchi marta Yevropa davlati bo‘lgan 
Fransiyada joriy etildi.


197
Ikkinchidan, 1977-yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‘-
shilgan qiymat solig‘i bir vaqtning o‘zida Yevropaning bir necha 
dav latlarida joriy etildi.
Uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropadagi 
in tegratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim 
rol o‘ynadi.
Bugungi kunda qo‘shilgan qiymat solig‘i Yevropa Ittifoqiga a’zo 
bo‘lgan mamlakatlarning davlat budjetlarining daromadlarini shakl-
lantirishdagi o‘rni AQSH, Yaponiya, Kanada va Avstraliya bud jet 
daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatiga qaraganda katta. 
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992-yilda 
amalga joriy qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad man-
bayi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining aha-
miyatini saqlab kelmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 
prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” gi qaroriga 
ko‘ra 2009-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti da-
romadlari tarkibidagi salmog‘i 29 foizni tashkil qilgan.
7–1- jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin