Soliq statistikasi indd


Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq tushumlarini



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

7.3.Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq tushumlarini 
prognoz qilishning xarakterli jihatlari
Qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumini prognozlashtirishda “to‘g‘-
ri hisob-kitob” va “o‘tgan davr ko‘rsatkichlarini statistik qayta 
ishlash” usullaridan foydalanish mumkin.
“To‘g‘ri hisob-kitob” usulidan foydalanishda tegishli davlat 
idoralaridan haqiqiy va kutilayotgan mahsulot (ish, xizmat) ish-
lab chiqarish hajmi va boshqa prognoz hisob-kitob uchun zarur 
ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumotnoma yig‘iladi. Aniq hisob-ki-
tobi ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi asosida prog-
nozlashtirish uchun prognoz ko‘rstatkichlari aniqlanadi.
O‘tgan davr ko‘rsatkichlarini statistik qayta ishlash usuli orqali 
qo‘shilgan qiymat solig‘i prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblashda 
avvalgi yillardagi soliq tushumlarini yig‘ish borasida erishilgan 
natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi. Yig‘ilgan ma’lumot-
larga statistik ishlov berilib, prognoz ko‘rsatkichlari belgilanadi. 
Tahlil uchun olinayotgan ma’lumot manbaasiga qarab qo‘shilgan 
qiymat solig‘i tushumlarini prognoz qilish usullarini quyidagilarga 
ajratishimiz mumkin:


209
– haqiqiy erishilgan darajadan kelib chiqib prognoz qilish usuli;
– mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (korxona ma’lumotlari) asosida 
prognoz qilish usuli;
– makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida prognoz qilish usuli;
– ko‘p omilli tahlil asosida prognoz qilish usuli.
Haqiqiy erishilgan darajadan kelib chiqib prognoz qilish usu-
lidan foydalanishda oldingi hisobot davrlaridagi qo‘shilgan qiymat 
solig‘i tushumlari to‘g‘risidagi, haqiqatdagi ma’lumotlar tahlil qi-
linadi. Mazkur usulni qo‘llashda prognoz qilinayotgan davr uchun 
ku tilayotgan tushumlar summasi o‘tgan hisobot davrlaridagi haqi-
qatdagi tushumlarga nisbatan koef
fi
tsiyent qo‘llash orqali hisoblab 
chiqiladi. Koef
fi
tsiyentni aniqlashda ekstrapolyatsiya usulidan foy-
dalanish mumkin.
Kutilayotgan qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlarining hisob- 
kitobida soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlari 
ma’lumotlaridan foydalanish mumkin. 7–4-jadvalga qarang.
7–4-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin