Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə5/10
tarix25.05.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#59441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sharipov Abror

Soliq turlari



2018
yil



2019
yil



2020
yil

O'sish sur'ati (2020 yil 2018 yilga nisbatan)

Qo'shilgan qiymat solig'i

6 796

82 405

113 477

+ 106 681

Foyda solig'i

7 609

53 051

113 868

+ 106 259

Aylanmadan olinadigan
soliq (YAST)

164 465

177 701

321 638

+ 157 173

Yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq

9 261

58 334

58 856

+ 49 595

Yuridik shaxslardan
olinadigan er solig'i

12 887

70 046

155 023

+ 142 136

Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq

3 443

56 024

136 366

+ 132 923

2-jadval
2018-2020 yillar uchun ayrim soliqlar tahlili9
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 2018-yilda QQS 6796 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2019-yilga kelib 82405 mlrd. so‘mga yetgan, ya’ni ushbu soliq o‘sishi 2019-yilda 2018-yilga qaraganda 75609 mlrd.so’mga oshishi kuzatilgan. 2020-yilgi QQS 113477 mlrd so‘mga yetib, 2018-yilga nisbatan 106681 mlrd so‘m ko‘p bo’lgan. Ko’rinib turibdiki soliqlar ulushi ichida eng kattasi aylanmadan olingan soliqlarga to’g’ri keladi 2018-yilda aylanmadan olingan soliq 164465 mlrd so’mni tashkil qilgan bo’lsa 2019-yil bu ko’rsatkich 177701 mlrd so’mga yetgan va foiz hisobida o’sish 8 foizni tashkil qilgan. 2020-yil ushbu ko’rsatkich keskin ravishda oshib ketib 321638 mlrd so’mni tashkil qilgan. Foiz hisobida aytganda ushbu ko’rsatkich 81 foizga ko’paygan. Ushbu ikki soliq turi umumiy soliq yig’imlari hajmida yetakchi o’rinlarni egallaydi.

2-rasm. Foyda solig’i dinamikasi10
Foyda solig'i tushumlari hisobot davrida 8,7 barobarga oshgan va 2020 yilda qariyb 28,7 trln. so'mni yoki YaIMning 4,9 foizini tashkil etgan.
Foyda solig'i tushumining oshishiga quyidagi asosiy omillar ta'sir qilgan:
-kon qazib olish korxonalarini ushbu soliq uchun soliqqa tortishning yangi tizimiga o'tishi;
-2019 yil 1 yanvardan boshlab majburiy ajratmalarning (3,2%) bekor qilinishi va ijtimoiy soliqning 25 foizdan 12 foizga pasaytirilishi hisobiga yirik korxonalarning foyda solig'i bo'yicha soliq bazasining oshishi;
-qimmatbaho metallar narxining oshishi, shuningdek ayrim tovar va xizmat narxlarining erkinlashtirilishi.
O'zgarishlar banklar uchun foyda solig'i stavkasiga ham ta'sir ko'rsatdi. Xususan, 2019 yilda soliq stavkasi 22 foizdan 20 foizga pasaytirildi. Shu bilan birga, banklar tushumlari 2018 yilga nisbatan 2019 yilda deyarli 2 barobarga, 2020 yilda esa 3 barobarga oshgan.
2019 yildan boshlab barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkasi 12 foiz miqdorida joriy etildi. Shu bilan birga, aksariyat yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizgacha pasaytirildi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga (ShJBPH) ajratmalar miqdori 2 dan 0,1 foizgacha kamaytirildi. Ushbu davrda soliq kodeksi bilan sudya, prokurorlar, bojxona organlari xodimlari va boshqa harbiylashtirilgan tuzilmalar uchun imtiyozlar bekor qilindi.


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin