Soliq va soliqqa tortish


-rasm. Qo’shilgan qiymat solig’i dinamikasi12



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə7/10
tarix25.05.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#59441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sharipov Abror

4-rasm. Qo’shilgan qiymat solig’i dinamikasi12
QQSni qoplab berishda ham muhim o'zgarishlar yuz berdi. Qoplab beriladigan to'lovlar QQSning to'laqonli ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega bo'lganligi sababli, 2020 yil 1 iyuldan boshlab barcha korxonalarga belgilangan muddatlarda qoplab berishga imkon beruvchi choralar ko'rildi.
Shuningdek, 2020 yilda soliqqa tortiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan sotib olingan binolar va asosiy vositalar bo'yicha to'liq QQS hisobga olinishi joriy etildi (2019 yilda asosiy vositalar turiga qarab 12 yoki 36 oy davomida teng ulushlarda hisobga olinar edi va 2019 yilgacha sotib olingan asosiy vositalarning qiymatiga bog'liq edi). Ushbu bir martalik hisobga olish huquqining berilishi natijasida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar 1 trln. so'mdan ortiq miqdordagi muomaladagi aktivlarni saqlab qolishdi.
Umuman olganda, 2020 yil davomida soliq to'lovchilarga 9,0 trln. so'mlik QQS qoplab berildi. Shunday qilib, so'nggi uch yil ichida qaytarilgan soliq miqdorining undirilgan QQS miqdoriga nisbati 2018 yildagi 5,4 foizdan 2019 yilda 8,7 foizgacha va 2020 yilda 22,4 foizga doimiy ravishda oshib bordi (birinchi navbatda asosiy vositalarni bir martalik hisobga olish hamda oldingi yillardan yig'ilib qolgan summalar hisobiga).
2020 yilda mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha tushumlar deyarli 2019 yil darajasida saqlab qolindi va 4,8 trln. so'mni tashkil etdi, 2018 yil bilan solishtirganda esa 0,6 trln. so'mga ko'paydi. Ushbu davr (2019-2020 y.) mobaynida bu turdagi soliqlar bo'yicha tushumlar quyidagilar hisobiga ta'minlandi13:
-yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini (2019 yilda 1,2 va 2020 yilda 1,15 barobarga) indeksasiya qilish;
-2018 yil 1 oktyabrdan boshlab sanoat korxonalari (3 barobar) va avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar (10 barobar) hamda 2020 yil 1 yanvardan esa pivo va vinodan tashqari (60 barobar) alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ularni ishlab chiqarish uchun ishlatilgan suv hajmi bo'yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining oshishi;
-2019 yil 1 yanvardan 1 mlrd. so'mgacha aylanmaga ega bo'lgan barcha tadbirkorlik sub'ektlariga, yuridik shaxslarni inobatga olgan holda mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lovining majburiy qilinishi va 2020 yil 1 yanvardan bozorlar, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek gastrol-kontsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning ushbu soliqlarni to'lovchilar jumlasiga kiritilishi;
-2020 yil 1 yanvardan qayta baholangan (bozor) qiymatidan kelib chiqib hisoblab chiqariladigan mol-mulk solig'iga butkul amortizasiya qilingan binolarni soliqqa tortishga jalb qilish;
-2020 yil 1 apreldan, avval soliq imtiyozlari berilgan ob'ektlarga nisbatan er solig'i stavkasiga pasaytiruvchi koeffisient va mol-mulk solig'i bo'yicha kamaytiruvchi stavka kiritilishi. Ushbu turdagi ob'ektlarga umumfoydalanishdagi temir yo'llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, konservasiya qilinishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko'chmas mulk va boshqa ob'ektlar kiradi.
Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar tabiiy resurslar va ko'chmas mulk ob'ektlaridan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan er uchastkalarning to'liq hisobini yuritish maqsadida kiritilgan. 2019 yil 1 yanvardan yuridik shaxslarning mol-mulk solig'i stavkasi 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirildi va ushbu stavkaning pasaytirilishi tushumning deyarli 2 barobarga, ya'ni 1,9 trln. so'mdan 1 trln. so'mgacha kamayishi tahmin qilingan. Mol-mulk solig'ini to'lovchilarga barcha tadbirkorlik sub'ektlarini jalb qilish hisobiga ushbu yilda soliq bazasini oshirish natijasida (soliq to'lovchilar soni 6 barobarga ko'payib, 58 334 tani tashkil etdi) 2019 yilda ushbu soliq bo'yicha daromadlar 1,6 trln. so'mni tashkil etdi. Bunda 2019 yilda yangi soliq to'lovchilardan (50 ming korxona atrofida) tushumlar deyarli 629 mlrd. so'm yoki umumiy tushumning uchdan birini tashkil etdi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin