Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə3/10
tarix25.05.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#59441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sharipov Abror

Soliqlarning guruhlanishi 1-jadval5



To’g‘ri soliqlar Egri soliqlar

1.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i
2.Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalar
3.Yagona soliq to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalar
4.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
5.Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy soliq

1.Qo’shilgan qiymat solig‘i

2.Aksiz solig‘i


3.Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun soliq (2019 yildan aktsiz solig’iga birlashtirilgan)


4.Bojxona to’lovlari va boshqalar.



Agar bir davlatda ayrim soliqlar harakati jarayonida: ma’lum bir respublika va mahalliy byudjetga biriktirilgan bo’ladi, ayrimlari esa, byudjetlarni tartibga solib turadigan soliqlarga bo’linadi.
Umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli qismidan undiriladigan soliqlarning aksariyat qismi umumiylik xususiyatiga egadir. Lekin ayrim soliqlar va to’lovlar ham mavjudki, ular maqsadli xarakterga egadir.
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko’rsatish uchun shu davrni uch bosqichga bo’lib ko’rsatish mumkin. Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O’zbekistonning o’z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir. Respublikamizning o’z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g‘risida”gi qonun birinchi qonun bo’ldi. U o’zida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o’rnatdi.
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig‘i to’g‘risida”gi qonunga bir qancha o’zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan, soliq ob’ekti kengaytirildi, ya’ni ilgari daromad solig‘ini jamoa xo’jaligi orqali to’lab yurgan jamoa a’zolari to’g‘ridan to’g‘ri o’zlari to’laydigan bo’ldilar.
1993 yil 7 mayda O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to’g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaxslarning mulk solig‘i, yer solig‘i, kurort zonalarida ishlab chiqarish ob’ektlari qurilish solig‘i, reklama solig‘i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig‘i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va 13-ta har xil yig‘imlar kiritildi.
Korxonalar soliqlari to’g‘risidagi qonunga 1993 yil 7 mayda o’zgarishlar kiritilib chet el valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval 25%, keyinchalik 10% qilib belgilandi. Demak, soliq islohotining birinchi bosqichida soliqlarning xazinaviy samaradorligiga erishish chora tadbirlari keng amalga oshirildi, O’zbekistonning o’z soliq tizimi joriy etildi.
1993 yil 7 may kuni «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to’g‘risida»gi qonun qabul qilindi va ushbu qonunda ularga ta’rif berildi. Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i, kurort zonalaridagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar qurilishiga solinadigan soliq, reklama solig‘i, avtotransport vositalarni olib sotganlik uchun soliq, ularning egalariga solinadigan soliq-jami 19 turdagi har xil soliqlar va yig‘imlar mahalliy soliqlar guruhiga kiritildi. 1993 yilning 7 mayida «Korxonalar, birlashmalar va takshkilotlardan olinadigan soliqlar to’g‘risida»gi qonunga qo’shimchalar kiritildi. Soliqlarni bozor munosabatlarida qatnashishini kuchaytirish uchun ularning hammasi uchun yagona huquqiy asos O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997 yil 24 aprelda qabul qilindi.
Ixchamlashtirilgan soliq to’lashga o’tishning huquqiy asoslari qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‘i O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to’g‘risida”gi 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-son Farmoni bilan 1999 yildan boshlab, kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar uchun ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o’tishni qo’llash to’g‘risida”gi qarorga asosan (1998 yil 15 aprel 159-son) 1998 yildan boshlab va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Savdo va ijtimoiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to’g‘risida”gi Farmoni (1153-son 10 aprel 1998 yil) bilan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 1998 yildan boshlab yalpi daromaddan soliq va mulk solig‘ini to’laydigan bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli Farmoniga muvofiq 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasining 3.1-bandida Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish belgilangan bo’lib, uning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilar keltirilgan:
-makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
-xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
-soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish.
O’zbekistonda olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini yanada optimallashtirishga, kichik va xususiy biznesni rivojlantirishga, fuqarolarning real daromadlarini oshirishga va ularning xarid qilish qobiliyatini ko’tarishga hamda soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog‘liq bo’lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog‘liq bo’ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog‘liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o’ynaydi. Ijtimoiy siyosat o’z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo’linadi. Iqtisodiy siyosat ham o’z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o’rinda soliq siyosatining mazmuniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to’lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo’nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o’rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.
Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g‘risida» gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g‘risida» gi (1991 yil 15 fevral), «O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmaganlarning daromad solig‘i to’g‘risida» gi (1991 yil 15 fevral), «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to’g‘risida» gi (1993 yil 7 may) Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat bo’lgan bo’lsa, 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g‘risida» gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlarini o’z kuchini yo’qotishiga olib kelgan bo’lsa, ayrimlarining huquqiy bazasini kengayishiga, kuchayishiga xizmat qilib kelmoqda. «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g‘risida» gi Qonunga muvofiq, shu kundan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga soliqlarni to’lash majburiyati ham kiritilgan: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to’lashga majburdirlar»6. Shuningdek, respublikamiz hududida yagona soliq tizimi amal qilishi va uni belgilash vakolati haqidagi jumlalar keltirilgan: «O’zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat Oliy Majlis haqlidir».7
Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, «Davlat soliq xizmati to’g‘risida» gi Qonuni, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, qarorlari, Prezident Farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan izohlanadi.
Soliq kontseptsiyasi - bu soliqlarni yo’nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g‘oyalarining yaxlitligidir. Agar soliq kontseptsiyasi qanchalik chuqur ilmiy asosga ega bo’lsa, soliq siyosatining barqarorligi shunchalik mustahkam ta’minlanadi. O’z navbatida soliq kontseptsiyasi esa, soliqlar sohasidagi chuqur ilmiy tadqiqot ishlari hamda soliq amaliyotida orttirilgan boy tajribalarni o’zaro uyg‘unligiga asoslangan g‘oyalarning samaradorligiga bog‘liq bo’ladi.
Shuningdek, soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda uning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilishi lozim. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlar xususiyati va muddatini e’tiborga olib soliq siyosati: soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasiga bo’linadi.
Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo’ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo’nalishlari va chora-tadbirlari ifodalanadi. Bu esa o’z navbatida ilmiy asoslangan soliq kontseptsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, respublikamizda jamiyat taraqqiyotining asosiy strategiyasi qilib erkin, ochiq bozor iqtisodiyotiga, erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy, demokratik jamiyat qurish belgilangan. Soliq borasidagi ustuvor strategik vazifa esa davlat byudjeti va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarida muayyan uyg‘unlikni ta’minlovchi soliq tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir yoki boshqacha qilib aytganda, soliq siyosati strategiyasi - soliq siyosatining uzoq muddatli yo’nalishi bo’lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta’minlash ko’zda tutilgan moliyaviy tadbirlar yig‘indisidir.
Soliq siyosati taktikasi esa, belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o’zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo’nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.
Soliq siyosati kontseptsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati strategiyasi esa soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya’ni kam o’zgaruvchan bo’lib, ularning barchasi bir-biriga bog‘liq holda, bir-birini to’ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.
Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi8:
-mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to’lovlarni qonuniy joriy etish;
-amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta’minlovchi mexanizm shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;
-soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;
-soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog‘liq bo’lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog‘liq bo’ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog‘liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o’ynaydi. Ijtimoiy siyosat o’z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo’linadi. Iqtisodiy siyosat ham o’z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin