Yuridikshaxslarolinadigan yersolig'i to'lovchilar soni 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 5,4 barobarga ko'payib, 70 046 korxonani, suvresurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha esa – 16,3 barobarga ko'payib, 56 024 korxonani tashkil etdi. Mos ravishda, yuridik shaxslardan olinadigan er solig'i to'lovchilar doirasi kengaytirilishi hisobiga 2019 yilda tushum 298,4 mlrd. so'mga (ma'lumot uchun: soliq solinadigan er maydonlari 388,6 ming ga.ga oshdi va 888,6 ming ga.ni tashkil etdi), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha esa – 33,5mlrd.so'mga oshdi.
Ma'lumot uchun: 2020 yil 1 yanvargacha qishloq xo'jaligi korxonalari barcha soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar o'rniga yagona er solig'i to'laganlar.
Bunda, 2020 yilda yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i 2019 yilga nisbatan 312,9 mlrd.so'mga, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i bo'yicha esa – 103,0 mlrd. so'mga qisqardi. Mol-mulk va yer solig'ining kamayishining asosiy sabablari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik sub'ektlariga qator soliq imtiyozlari va preferentsiyalar berilgani hisobiga to'g'ri keladi:
-O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli hamda 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmonlarida nazarda tutilgan, tadbirkorlik sub'ektlariga ushbu soliqlarni to'lash bo'yicha soddalashtirilgan tartib talablarida foizsiz kechiktirish (bo'lib-bo'lib to'lash);
-kichik tadbirkorlik sub'ektlarining soliqlar bo'yicha foizsiz kechiktirish (bo'lib-bo'lib to'lash) berilgan, 2020 yil aprel va may oylarida to'lashi lozim bo'lgan ushbu turdagi soliq summalari hisobdan chiqarildi;
3.Xorijiy davlatlarning soliqlar va soliqqa tortish jarayonlari borasidagi ilg’or tajribalari va ularni mamlakarimizda qo’llash masalalari Soliqlar amaliyotda joriy qilinishi va zaruriyatiga qarab, mamlakatning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, turli xil ko’rinishlarda bo’ladi va birgalikda mamlakatning soliq tizimini tashkil etadi. Xorijiy mamlakatlarning soliqlarni yig’ish, ularning tuzilishi, undirish tartibi, stavkasi, turli xil hokimiyatlardagi fiskal vazifasi, soliq bazasi, faoliyat doirasi, imtiyozlarni qo’llanilishi bo’yicha tizimlari bir-biridan farq qiladi va bir xil emasdek ko’rinadi. Lekin chuqur tahlil etganimizda ularni 2 ta umumiy belgisini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
-davlatning doimiy ravishda soliq daromadlarini ko’paytirishdagi aniq yo’llarni izlashi;
-iqtisodiy nazariya tamoyillariga, ya’ni tenglik, adolatlilik, soliqqa tortishni samaradorligi tamoyillariga asoslanganligi.
Birinchi belgi qisman yoki to’liq soliq islohoti ko’rinishida amalga oshiriladi. Bunda yangi soliqlarni joriy etilishi, soliq bazasini o’zgartirilishi, soliqlar bo’yicha yangi imtiyozlarni joriy etilishi, progressiv yoki proporsional soliqqa tortish tartibini o’rnatilishi, soliq yukini taqsimlanishi va hokazolar bo’lishi mumkin.
Ikkinchi belgi haqida to’xtaladigan bo’lsak, bunda soliq tizimlari bir xil emas va bunda davlatning soliq tizimi u yoki bu iqtisodiy nazariyaga asoslanganligiga bog’liq bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan bu tamoyillar umumiy xarakterga ega. Umuman olganda, bu tamoyllarni yuqoridagi tahlil bo’yicha tushuntirish mumkin.
Soliqlar va yig’imlar davlat tomonidan soliq to’lovchilardan olinadi.
Shuning uchun ham soliqlar majburiy xarakterga egadir.
Rivojlangan mamlakatlarda quyidagi asosiy soliqlarni amal qilishini ko’rishi-miz mumkin: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, iste’mol soliqlari, ijtimoiy sug’urta fondiga badallar, mahalliy soliqlar.
Soliqlar — bozor iqtisodiyotining eng muhim vositasi bo’lgani uchun ham g’arbdagi yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar xo’jaliklarini boshqarishda ulardan foydalanish tajribasi biz uchun ham qiziqarlidir. Yangi soliqlar joriy etib, qaysidir oldingi soliqlar va yig’imlarni bekor qilib, stavkalarni oshirib yoki pasaytirib, boshqa vositalardan foydalanib, davlat, faqat o’z milliy budjetinigina shakllantirib qolmay, balki jamiyatda tegishli iqtisodiy, axloqiy va siyosiy vaziyatni, fuqarolarning mehnat faolligini rag’batlantiruvchi muhit yaratadi va mana shu ma’noda soliqlar mamlakatning farovonlikka erishishi uchun zamin yoki bu yo’lda unga to’siq xizmatini o’tashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarda soliqlar va soliqqa tortish jarayonlari soliq tushunchasi yaratilgandan to hozirgi kungacha rivojlantirilib kelinmoqda. Buni, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar misolida ko’rishimiz mumkin.
AQSh soliq tizimi. AQShning soliq tizimi va soliqqa tortish jarayonlari haqida gapiradigan bo’lsak, hozirgi kunda Amerika Qo’shma Shtatlari soliq tizimi takomillashgan bo’lib, bunda soliqlar faqatgina budjetni to’ldirish, ya’ni fiskal funksiyani bajaribgina qolmay, balki iqtisodiy rivojlanishning asosiy tayanch elementlariga aylangan. AQSh katta tarixga ega boy davlat bo’lganligi uchun uning soliq tizimi chuqur o’rganilgan, nazariy asoslangan va amaliyotda keng miqyosda sinalgan. Bu tizim bir necha asrlar davomida amaliy xususiyatlarini saqlab, ularni rivojlantirib kelmoqda.
AQSh konstitutsiyasiga binoan federal va shtat hukumatlari mustaqil soliq siyosati yuritish huquqiga ega. AQSh soliq tizimi uch darajali bo’lib, ular: federal, shtat va shahar soliq tizimlariga bo’linadi, ya’ni soliqlar federal, shtat hukumatlari va mahalliy organlari hukumati tomonidan yig’iladi. AQSh moliya tizimining asosiy bo’g’ini hisoblanadigan soliqlar federal hukumatning budjet mexanizmi hisoblanadi. Yirik va doimiy tushumga ega bo’lgan soliqlar federal budjetga yo’naltiriladi. AQShning 70% dan ortiq daromad va xarajatlari federal budjet hissasiga to’g’ri keladi.
Soliqlarning zarurligi, mazmuni va ahamiyati ko’pchilik AQSh iqtisodchilari tomonidan nazariy jihatdan asoslangan. Bu sohaga Kempbell, Makkonel, Stenli Bryu va boshqa iqtisodchilar katta hissa qo’shganlar. Qator kamchiliklar, qarama- qarshi-liklar, iqtisodiyotning ko’p tarmoqliligi xususiyatlarini va amalda bo’lgan soliq qonunchiligini murakkabligini hisobga olib, hozirgi vaqtda AQSh soliq kodeksi-ning yangi loyihasi tayyorlangan.
Federal budjet daromadlarining asosiy qismini to’g’ri soliqlar tashkil etadi.
Shtat va mahalliy hukumat budjetlariga egri soliqlar ko’proq tushadi.
AQShda iqtisodiyotni budjet-soliq orqali boshqarish juda keng miqyosda qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda 25% ga ichki milliy mahsulot budjet orqali qaytadan taqsimlanadi.
AQSh budjet tizimini har bir shahobchasi alohida soliqlarga asoslangan. Masalan, federal budjetni to’ldirishda asosiy manba aholidan va korporatsiyalar- dan olinadigan daromad solig’i hisoblanadi. Shtatlar budjeti sotishdan olinadigan soliqqa va mahalliy (shu jumladan, munitsipial) hukumat budjeti ularning hududida joylashgan mulk qiymatidan olinadigan soliqqa asoslangan.
Mamlakatimiz va AQSh soliq tizimini solishtiradigan bo’lsak, bizda soliq tizimi 2 pog’onali (umudavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar), AQShda esa, ta’kidlaganimizdek, 3 pog’onali. Mamlakatimizda doimiy tushum-ga ega bo’lgan va budjetda muhim o’rin tutadigan soliqlar umumdavlat soliqlari hisoblanadi. AQShda esa asosiy soliqlar federal budjet soliqlari hisoblanadi va faqat to’g’ri soliqlardan tashkil topadi. Bizning soliq tizimimizda esa umumdavlat soliqlari tarkibida egri soliqlarning ulushi ko’proq. Biz aynan shu jihatga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Ya’ni umumdavlat soliqlari tarkibida to’g’ri soliqlar hamda egri soliqlarni tarkibini optimallashtirish, ya’ni ularni budjet daromadlaridagi ulushini muvozanatlashtirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bunda soliqqa tortish jarayonlarini yanada kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Soliqlar va soliqqa tortish jarayonlarini boshqarishda iqtisodiyotni soliqlar orqali tartibga solish holati ham yuzaga keladi. Barchamizga ma’lumki, iqtisodiyotni tartiblash har bir davlatning oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishning turli xil usullari tarixdan bizga ma’lum. Hozirda ham har bir davlat o’ziga xos tartibga solish usullaridan foydalangan holda mamlakat iqtisodiyotini tartibga soladi.
Buyuk Britaniya soliq tizimi. Buyuk Britaniya ham soliqlar va soliqqa tortish jarayonlari borasida ancha ilg’or tajribaga ega davlat hisoblanadi. Bu yerda soliq tizimi mukammal darajada ishlab chiqilgan va samarali faoliyat yuritmoqda. Buyuk Britaniyaning soliq tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Markaziy soliqlar: aholidan olinadigan daromad solig’i, korporatsiyalardan olinadigan daromad solig’i (korporatsiya solig’i), neftdan olinadigan daromadga soliq, merosdan olinadigan soliq va egri soliqlar (QQS, aksiz, bojlar va gerb yig’imlari).
2.“Mahalliy soliqlar ( mulk soliqlari) 10% nigina tashkil qiladi”14.
Soliqlar Angliya davlat budjeti daromadlar qismini shakllantirishda asosiy rolni (qariyb 90% atrofida) o’ynaydi.
Buyuk Britaniyada jismoniy shaxslarni soliqqa tortish jarayoni o’ziga xos. Jumladan, jismoniy shaxslar daromad solig’i jami daromad bo’yicha emas, balki alohida qismlar - shedullar bo’yicha undiriladi. Soliqqa tortish 6 xil shedul bo’yicha amalga oshiriladi:
-A shedul bo’yicha yer binolar va hokazolardan olinadigan daromadlar soliqqa tortiladi;
-V shedul bo’yicha tijorat maqsadlarida foydalaniladigan o’rmon massivlaridan olinadigan daromadlar soliqqa tortiladi (agar ular D shedul bo’yicha soliqqa tortilmasa);
-S shedul bo’yicha Buyuk Britaniyada chiqariladigan hukumat qimmatli qog’ozlari va Buyuk Britaniyada foizlar to’lanadigan xorijiy hukumatlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlari soliqqa tortiladi;
-D shedul bo’yicha ishlab chiqarish tijorat faoliyatida olinadigan foyda (savdoda, sanoatda, qishloq xo’jaligida, transportda), erkin kasb egalarining daromadlari, S shedul bo’yicha soliqqa tortilmaydigan qimmatli qog’ozlardan daromadlar, qarzlar bo’yicha foizlar ko’rinishida olingan, xorijda olingan va Buyuk Britaniyaga olib kelingan daromadlar soliqqa tortiladi;
-E shedul bo’yicha mehnat daromadlari, ish haqi, xizmatchilarning maoshlari va nafaqalar soliqqa tortiladi;
-F shedul bo’yicha dividendlar va boshqa taqsimlangan kompaniya daromadlari soliqqa tortiladi.
Ko’rib turganimizdek, Buyuk Britaniyada jismoniy shaxslarni soliqqa tortish shedullar bo’yicha undiriladi. Daromad solig’i summasini aniqlashda, haqiqatda olingan yillik daromaddan soliq imtiyozlari chegirib tashlanadi. Bizning mamlakatimizda ham jismoniy shaxslardan daromad solig’i undirilganda imtiyozlar chegiriladi. Ammo mamlakatimiz soliq tizimida jismoniy shaxslarni daromadini soliqqa tortish jarayoni har oyda amalga oshiriladi.
Buyuk Britaniya soliq qonunchiligini asoslari asosan quyidagilardan iborat hisoblanadi: aholidan olinadigan va korporatsiyalardan olinadigan daromad soliqlari bo’yicha 1970-yilda chiqarilgan qonuniy akt, qo’shilgan qiymat so’lig’i bo’yicha 1979-yilda chiqarilgan akt va korporatsiyalardan olinadigan soliq bo’yicha 1996-yili chiqarilgan aktlar.
Britaniya Parlamenti soliqlarni mamlakatda yig’ish bo’yicha qonuniy hukmronlikka ega. Parlamentni yuridik huquqi Angliya, Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaga qo’llaniladi va tarqatiladi.
Hukumat G’aznachilik (Moliya vazirligi) yordamida mamlakatdagi soliqlar va soliqqa tortish jarayonlari tashkil etiladi hamda boshqariladi.
“Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyada qo’shilgan qiymat solig’ining 3 ta stavkasi amal qilmoqda - 0; 8; va 17,5 %”15. Mening fikrimcha, mamlakatimizdagi QQS stavkalarini ham ma’lum % larga tushirish lozim. Buni afzalligi shundaki, avvalo, narxlar pasayadi va aholi bundan manfaat ko’radi, shuningdek, milliy valutaning qadri ham yanada barqarorlashadi.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, Buyuk Britaniya soliq tizimi boshqa rivojlangan davlatlar soliq tizimlariga qaraganda murakkabroq. Hatto aholi ham bu tizimni to’liq tushunib yetmagan. Bu esa salbiy holat. Aholi, avvalo, to’layotgan har soliq summasi nimaga asosan hisoblanayotganligini bilishi lozim.
Germaniya soliq tizimi. Rivojlangan xorijiy davlatlar ichida Germaniya Federativ Respublikasining soliqlar va soliqqa tortish tizimini alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.
Germaniyadagi mavjud soliq turlarining har biri (daromad, hunarmandchilik, korporatsiya va qo’shilgan qiymat solig’i) bo’yicha maxsus qonunlar ishlab chi-qilgan bo’lib, ular soliq va soliqqa tortish jarayoni bilan bog’liq barcha muayyan masalalarni tartibga solib turadi.
Germaniya soliqlar va soliqqa tortish jarayoni qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan belgilanadi hamda ijro organlari tomonidan soliqlarning undirilishi va soliqqa tortish jarayonlarining tashkil etilishi hamda boshqarilishi amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda soliq tizimi davlatning moliyaviy zahiralarini ta’minlashga qa-ratilgan. Asosiy soliqlarga daromad solig’i, jumladan, ish haqidan undiriladigan soliq, yer solig’i, korporatsiya soliqlari, kapital daromadga solinadigan soliq, aksizlar va qo’shilgan qiymat soliqlari kiradi. Ushbu soliqlar mazkur mamlakatning budjeti daromadlarini shakllantirishda yuksak ahamiyatga ega bo’lgan soliqlar hisoblanadi.
Germaniya va O’zbekiston soliq tizimini solishtirganda bir qancha o’xshash va farqli jihatlar e’tiborimizni tortadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mamlakatimizda soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linsa, Germaniyada federal, yer (hudud) lar va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Bu davlatning o’z tuzilish tamoyillaridan kelib chiqqan holda belgilangan desak yanglishmaymiz. Germaniyada qo’shma soliqlar, ya’ni bir vaqtning o’zida bir nechta budjetga tushadigan soliqlar mavjud. O’zbekistonda esa bu holat kuzatilmaydi va har bir soliq turi to’laligicha bitta budjetni shakllantiradi.
Germaniya soliq tizimi O’zbekiston soliq tizimiga nisbatan ancha rivojlangan va soliq turlari ham mamlakatimizdagidan birmuncha ko’p. Germaniyada O’zbekistonda bo’lmagan, o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan soliqlar: cherkov solig’i, it egalariga soliq va boshqa turdagi soliqlar mavjud. Shu bilan birga, O’zbekistonda amalda bo’lgan mol-mulk solig’i ushbu davlatda qo’llanilmaydi.
Germaniya soliq tizimi O’zbekiston soliq tizimiga nisbatan anchayin murakkab tuzilishga ega. Buni yer solig’i, jismoniy shaxslar daromadiga soliq misolida ko’rishimiz mumkin.
Germaniyada korporatsiyalar daromadiga soliq solishda soliqqa tortilmaydigan minimumlar mavjud. Korporatsiyalar daromadini soliqqa tortishda daromadlar ikkiga
bo’linadi: taqsimlanadigan va taqsimlanmaydigan daromadlar.
O’zbekistonda bu soliq yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’i deb yuritiladi. Yuridik shaxslarni faoliyatidan kelib chiqib, kichik korxonalar hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovi joriy etilgan. Qolgan yuridik shaxslar umumiy tartibda soliq to’laydilar.
Yuqorida Germaniyada mol-mulk solig’i qo’llanilmasligini aytib o’tgandim. Ushbu yurtda mol-mulk solig’i o’rniga jismoniy shaxslarga meros va sovg’aga soliq joriy qilingan. “Bunda merosga qoldirilgan yoki sovg’a qilingan mol-mulk qarindoshlik darajasiga qarab 3% dan 70% gacha bo’lgan stavkada soliqqa tortiladi”16. O’zbekistonda meros va sovg’aga soliq bir martalik yig’im sifatida joriy qilingan.
Germaniyada yer solig’ini undirishda yerdan foydalanish maqsadi inobatga olinadi. Yurtimizda esa yer solig’i yuridik shaxslarga alohida va jismoniy shaxslarga alohida qo’llaniladi. Germaniyada QQSni pasaytirilgan stavkalari amal qiladi. “Mamlakatimizda QQSning 20% hamda 0% stavkalari mavjud”17. Germaniya soliq tizimi va O’zbekiston soliq tizimi o’rtasidagi o’xshashlikka to’xtaladigan bo’lsak, har ikki davlatda ham bir qancha mohiyati jihatidan bir xil bo’lgan soliqlar mavjud. Ularga misol tariqasida QQS, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i, aksiz solig’i va boshqa turdagi soliqlarni keltirishimiz mumkin.
Yaponiya soliq tizimi. Ikkinchi jahon urushidan keyin soliqqa tortish tizimini yaponcha modeli tizimi kuchli ijtimoiy siyosatni yuqori iqtisodiy samaradorlik bilan mukammal darajada qo’shib olib borish bilan ifodalanadi. XX asrning 60-80-yillariga to’g’ri keladigan davrda yapon jamiyatining ijtimoiy tarkibida keskin o’zgarishlar yuz berdi. G’arbiy davlatlarda tabiiy hisoblangan, yollanib ishlovchilarning aholi tarkibidagi salmog’i oshgani alohida ahamiyatga ega. Bu guruh aholi soni jihatidan asosiy o’rinni egallab, boshqa davlatlardagi yo’nalishlardan farq qilib, Yaponiyada aniq namoyon bo’ldi.
XX asrning 80-yillari oxirida bir qator rivojlangan mamlakatlar kabi Yaponiyada ham soliq islohoti o’tkazilgan. 1989-yil 1-yanvardan buyon Yaponiyada hozirgi zamon soliq solish tizimi qo’llanilib, unda to’g’ri soliqlarni roli nisbatan pasaytirilib, egri soliqlarni ahamiyati ko’tarilgan. Soliq olish dara-jasi bo’yicha ushbu mamlakat ko’pchilik rivojlangan davlatlardan past keladi.
Yaponiya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, kam daromadli shaxslarga yengilroq va boy kishilarga og’irroq darajada soliq solish tartibi qo’llaniladi.Boshqa mamlakatlarda kabi Yaponiyada ham soliqlar to’gri va egri soliqlarga bo’linadi. Darvoqe, mamlakatimizda ham ushbu holat kuzatiladi. “Yaponiyada to’g’ri va egri soliqlar o’rtasidagi o’zaro nisbat taxminan 64:36 ni tashkil qiladi”. To’g’ri soliqlarni asosiy qismi, ya’ni 35% i daromad solig’iga to’g’ri keladi”18. Soliqning asosiy og’irligi mamlakatda aholining asosiy qismini tashkil qiladigan o’rtacha daromadga ega bo’lgan shaxslar zimmasiga tushadi.
Yaponiya soliq siyosati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini hisobga olgan holda tashkil qilingan.
Yaponiya soliq tizimi soliqlar deklaratsiyasi tamoyiliga asoslangan. Bu tartib soliq to’lovchidan mustaqil ravishda o’zining soliq solinadigan bazasini, soliq majburiyatlarini hisoblab, mahalliy soliq inspeksiyasi boshlig’iga oxirgi soliq deklaratsiyasini topshirishini talab qiladi. Soliqlarni yig’ish ham asosan soliq to’lovchilarni ixtiyoriy ravishda to’lashlari tartibida amalga oshiriladi.
Yaponiyani soliq tizimi AQSh va Yevropa mamlakatlari kabi soliq turlari ko’pligi bilan ta’riflanadi. Har bir davlatda bo’lgani kabi mazkur mamlakatda ham soliqlar va soliqqa tortish jarayonlari qonun asosida tashkil etilib va boshqarilib kelinmoqda. “Mamlakatda hammasi bo’lib 25 ta davlat va 30 ta mahalliy soliqlar qo’llaniladi”. Ularni 3 ta yirik guruhlarga bo’lib tasniflash mumkin:
-jismoniy va yuridik shaxslarga solinadigan to’g’ri daromad soliqlari; mol-mulkka solinadigan to’g’ri soliq;
-to’g’ri va egri iste’mol soliqlari.
Mamlakatda soliqlar va soliqqa tortish jarayonlarini, umuman, mamlakatning butun soliq tizimini Bosh soliq boshqarmasi (BSB) boshqaradi. Ushbu boshqar-ma Moliya Vazirligining soliq departamentini soliq yig’ish funksiyasini ajratib berish asosida yuzaga kelgan. BSB mamlakatda amalda bo’lgan barcha soliqlarni hisoblash va yig’ishni amalga oshiradi. Bundan faqat bojxona boji, tonnaj yig’imi va maxsus tonnaj yig’imi mustasno. Moliya Vazirligining soliq departamenti soliq tizimini o’rganish, rejalashti- rish va ishlab chiqish uchun javobgar hisoblanadi. Yuqoridagi kabi ishlarni (bojxona boji, tonnaj yig’imi va maxsus tonnaj yig’imi bo’yicha) hamda ularni hisoblash va yig’ish bo’yicha Moliya Vazirligining bojxona departamenti va unga qarashli bojxona bo’limlari olib boradi.
Hozirgi kunda Bosh soliq boshqarmasini tarkibi uchta shahobchadan iborat: Bosh soliq boshqarmasi, regional (hududiy) soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyalari.
Yaponiya va mamlakatimiz soliq tizimi haqida xulosa beradigan bo’lsak, ikkala davlatning soliq tizimida bir-biriga o’xshash jihatlar ko’p. Shunga qaramasdan Yaponiya mamlakatining soliq tizimi nafaqat mamlakatimiz, balki rivojlangan chet mamlakatlar soliq tizimlari ichida ham ancha barqaror soliq tizimlaridan biri hisoblanadi. Lekin biz ham yaqin yillar ichida bu darajaga yetamiz. Buning uchun yurtimizda keng ko’lamli ishlar izchil davom etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakatning, hoh u rivojlangan davlat bo’l- sin, hoh rivojlanayotgan yoki qoloq davlat bo’lsin, o’zining strategik maqsadlari va davlat tuzilishiga ko’ra soliq tizimini yaratadi, soliq siyosatini ishlab chiqadi. Biz yuqorida ko’rib o’tgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar sirasiga kiradi. Mazkur davlatlarda amal qilayotgan soliqlar va soliqqa tortish tizimi juda ko’p mamlakatlarning soliq tizimlarini yaratilishiga asos bo’lib xizmat qilgan desak yanglishmaymiz.
Mamlakatimiz mustaqilligining ilk yillarida ham rivojlangan davlatlarning soliq tizimi o’rganilib, o’zimizni soliq tizimimizni yaratishda foydalanildi. Bu esa o’z samarasini tez orada berdi va mana shunday qisqa muddat ichida mamlakatimizning soliq tizimi amaliyotga joriy qilindi. Albatta bu yo’lda ancha mehnat qilindi. Prezidentimiz va hukumatimizning sa’yi harakatlari tufayli zamonaviy soliq tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Qilingan mehnatlarning samarasi ko’rinib, hozirga kelib soliq mexanizmi ancha samarali ish olib bormoqda.
Shu kungacha erishgan yutuqlarimiz maqtovga loyiqdir, ammo bu bilan cheklanib qolish kerak emas. Biz bundan keyin ham rivojlangan mamlakatlarning soliq va soliqqa tortish jarayonlaridagi o’zgarishlarini muntazam ravishda o’rganib borishimiz lozim. Chunki chet el mamlakatlari biz bosib o’tayotgan yo’lni ancha oldin bosib o’tishgan. Ularda bu borada tajriba amaliyoti yetarli. Biz esa rivojlanayotgan yosh davlatlar sirasiga kiramiz. Ularning tajribasi hozir bizga qo’l
keladi. Lozim bo’lganda ularning tajribalarini mamlakatimiz soliq tizimida qo’llab, ushbu sohada yanada yangidan-yangi yutuqlarga erishishimizga zamin yaratish maqsadga muvofiqdir. Biz aynan tanlagan yo’limizdan og’ishmay harakat qilishimiz lozim. Shundagina, yaqin yillar ichida biz ham rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olamiz.
Xulosa Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish hamda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish sharoitida soliqlar va soliqqa tortish jarayonlarini to’g’ri va aniq tashkil etish hamda uni boshqarish mamlakatimizning strategik muhim vazifalaridan biri desak yanglishmaymiz. Chunki har bir davlat o’zining budjet daromadlariga ega bo’lmog’i lozim. Shundagina xarajatlarni amalga oshira oladi. Mamlakatimizda davlat budjeti daromadlarining qariyb 90% dan ortig’i aynan soliqlardan to’planadi. Basharti shunday ekan, yurtimizda soliqlarga va soliqqa tortish jarayonlariga bo’lgan e’tibor katta bo’lishi tabiiy bir xoldir. Biz yuqorida mamlakatimizda mustaqillik yillarida ishlab chiqilgan soliq siyosati, o’zini oqlab kelayotgan soliq tizimi, amalda bo’lgan soliqlar va ularning tarkibi, soliqqa tortishning o’ziga xos xususiyatlari haqida batafsil to’xtalib o’tdik. Mavzuning dolzarbligi shundaki, biz hali yosh davlatmiz. Mustaqillikka erishganimizga endigina 30 yil to’lmoqda. Yosh davlat bo’lganligimiz sabab bizga bu borada tajriba juda ham muhim. Biz har bir sohada, tarmoqda bo’lgani kabi soliqqa tortish jarayonini boshqarishda ham tez-tez islohotlar o’tkazib turishimiz, soliqqa tortish jarayonini boshqarishning yangidan-yangi ustuvor yo’nalishlarini aniqlab va belgilab olishimiz lozim. Mazkur ishimda aynan mana shu jihatlarga alohida e’tibor berishga, mavzuning naqadar dolzarbligini his qilgan holda uni yoritib berishga harakat qildim. Bunda menga ustozlarimdan olgan bilimlarim asqotdi.
Mavzuni chuqur o’rganib chiqqan holda soliqlar va soliqqa tortish jarayonini boshqarishni yanada takomillashtirish, mamlakatimizni kelgusida bundanda yuksak yutuqlarga erishishiga amaliy ko’mak berish maqsadida men ham bir nechta taklif va mulohazalarimni berib o’tmoqchiman:
-Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarini ixchamlashtirish lozim.
-To’g’ri soliqlarning ahamiyatini oshirish va katta e’tiborni resurslardan keladigan soliqlarni ahamiyatini oshrishga qaratish zarur.
-Soliqdan imtiyozlar va preferensiyalar berish orqali yuridik shaxslar faoliyatlarini yanada erkinlashtirish va ularning faoliyatlari samarasi oshishiga imkoniyat yaratish.
-Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisoblanishi va budjetga o‘tkazilishi ustidan uzviy nazoratni amalga oshirish (bu borada internet va lokal tarmoqdan foydalangan holda uzviylikni ta’minlash).
-Yuridik shaxslar tasarrufida bo’lgan uzoq muddatli mol-mulklar amortizatsiyasi bo’yicha mavjud muammolarni bartaraf etish uchun mol-mulklarni eskirish muddatlarini belgilangan muddat tugagandan keyin qo’shimcha ravishda uzaytirish yo’llarini ko’rib chiqish.
-Soliq solinadigan bazaning aniqlanishi bo‘yicha va borada soliqlardan qochish imkoniyatlarini kamaytirish bo‘yicha bir qator tadbirlarni ishlab chiqish.
O’ylaymanki, yuqoridagi takliflar soliq mexanizmida mavjud muammolarni hal qilish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni ko’p yillik rivojlanishida soliqlar va soliqqa tortish jarayonlarini samarali boshqarishning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Chunki soliqlar va soliqqa tortish jarayonlarini samarali boshqarmay turib soliq siyosatini amalga oshirib, mamlakatning soliq tizimini yaratib bo’lmaydi. Soliqlarsiz esa mamlakatning iqtisodiyotini umuman tasavvur qilishning iloji yo’q. Qo’shimcha ravishda shuni ham ta’kidlab o’tishimiz joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan budjet-soliq siyosati samarasi o’laroq xususiy sektorga keng imkoniyatlar eshiklari ochilgan. Xususan, soliq yukining yildan-yilga kamaytirilayotganligi soliq to’lovchilarga bu borada yanada ko‘proq mablag’ni o‘z faoliyatida qayta foydalanish imkoniyatini yaratayotgan bo’lsa, ularga berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalar evaziga esa faoliyatni yanada samarali tashkil qilish hamda yangi innovatsion g’oyalarni amaliyotga tadbiq etish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Bu esa mamlakatimizning kelajakda yanada rivojlanishi uchun samarali hisoblanadi.