Sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon



Yüklə 49,96 Kb.
səhifə6/11
tarix01.05.2023
ölçüsü49,96 Kb.
#105700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу

Fanning siyosat vositasidagi funksiyasi jamiyatning mafkuraviy ehtiyojlariga javob berishda amal qiladi. Markscha mafkura fanni to‘la va yalpi nazorat qilgani, kibemetika, genetika, matematik mantiq va kvant nazariyasiga qarshi kurash olib borgani XX asr fani tarixidan yaxshi ma’lum. Markscha fan rivojlanishining bu jihatiga baho berar ekan, E.Agatstsi shunday xulosa chiqaradi: ≪Mafkura fanni unga mafkuraviy fikrlashga nisbatan ustunlikni ta’minlagan obyektiv bilim imidjidan mahrum etishga harakat qildi... Markschilar fan, ayniqsa, ilmiy faoliyat amaliy sohalarda va hokimiyat bilan munosabatlarda (pragmatik daraja) ijtimoiy jabhaga bog‘liq ekanligini qayd etardilar, bundan tashqari, fanni texnologiya bilan tenglashtirishga moyil edilar≫1.
Rasmiy fan jamiyatning asosiy mafkuraviy mo‘ljallarini qo'llabquvvatlash, mavjud hokimiyat va mafkura o‘zining imtiyozli mavqeini saqlashiga yordam beruvchi intellektual dalillar va amaliy vositalar taqdim etishga doimo majburdir. Bu jihatdan fan mafkuradan ≪ruhlanishi≫, uni o‘zida mujassamlashtirishi lozim. T.Kun ta’biri bilan aytganda, ≪olimlar boshqotirmalami echishni o‘rganadilar va buning orqasida katta mafkura turadi1. Shu sababli fanning betarafligi haqidagi xulosa doimo qizg‘in munozaraga sabab bo‘ladi.
Mafkurani o‘zlashtirish ongsiz darajada, birlamchi ijtimoiylashuv jarayonida yuz beradi, shu sababli fan, garchi u har qanday mafkuradan butunlay xoli boMishga harakat qilsa-da, mafkura ta’siridan hech qachon to‘la xalos bo‘la olmaydi. Mafkuraning xususiyatlari qatoriga mafkurachilar uning haqiqatni ataylab buzib ko‘rsatishi, dogmatizm, murosasizlik, falsifikatsiyalanmaslikni kiritadilar. Fan mutlaqo qaramaqarshi tamoyillarga amal qiladi: u borliqni aniq va to‘g‘ri aks ettirishga harakat qiladi, raqobatdosh nazariyalar bilan ko‘pincha murosaga keladi,
hech qachon erishilgan natija bilan kifoyalanmaydi va falsifikatsiyalanishga moyildir.
Mafkuraning fanga munosabati quyidagi modellarda amal qiladi:
1) qoralash;
2) befarqlik (u yoki bu fan о ‘z holicha rivojlanishiga yo 7 qo ‘yib beradi);
3) rahnamolik va ekspluatatsiya qilish. Bund a muayyan yo‘nalishlami rivojlantirish, rivojlanish jarayonini sekinlashtirish yoki to‘xtatishga qaratilgan mexanizmlar ishga solinadi.
Fanning ijtimoiy funksiyasi fan metodlari va uning та 'lumotlaridan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning keng ko'lamli rejalarini tuzish uchun foydalanilishini nazarda tutadi. Fan o‘zini ijtimoiy kuch funksiyasida davrimizning olamshumul muammolarini (tabiiy resurslaming kamayishi, atmosferaning ifloslanishi, ekologik xavf miqyosini aniqlash) hal qilish chog‘ida namoyon etadi. 0 ‘zining bu funksiyasida fan ijtimoiy boshqaruv bilan bog‘lanadi.
Jamiyat muttasil ta’sirining sezilishi bugungi' kunda fan ≪ijtimoiy buyurtma≫ni bajarishga majburligi bilangina izohlanmaydi. Texnologik ishlovlarning qo ‘llanish oqibatlari uchun katta axloqiy mas ’uliyat har doim olim zimmasiga yuklanadi. Aniq fanlarga nisbatan maxfiylik xususiyati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, xususan, harbiy sanoat sohasida maxsus buyurtmalarni bajarish bilan bog'liq. Darhaqiqat, shunday texnologiyalar va ishlovlar mavjudki, insoniyat uchun ulardan foydalanish о ‘ziga-o ‘zi ziyon etkazishyoki о ‘zini-o ‘zi qirg'in qilish bilan barobar.
Fanni belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy tadqiqot kontekstiga tarixiy va ijtimoiy ong haqidagi tasavvurlami, olimning shaxsi va ma’naviy qiyofasi, bilishning kognitiv mexanizmlari va lining faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar haqidagi mulohazalami kiritishni taqozo etadi. Ular fanni sotsiologik o‘rganish majburiyatini yuklaydi, chunki fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, o‘z rivojlanishining nafaqat ijobiy, balki salbiy oqibatlari bilan ham tavsiflanadi. Faylasuflar fanning qo'llanilishi o‘zining axloqiy va insoniy mazmunini yo‘qotishidan ehtiyot boMishga chaqiradilar. Bu holda fan qattiq tanqid obyektiga aylanadi, olimlar faoliyati ustidan nazorat o‘matish muammolari muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 49,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin