Xulosalar. Fan faqat o£zi olgan haqqoniy bilimlarga va muayyan natijalarga tayanishi unda o‘z muammolari va ≪ochiq≫ masalalari mavjud emasligini anglatmaydi. Biroq aniq, shak-shubhasiz javoblarga ega bo‘lmagan falsafiy masalalardan farqli o'laroq, ilmiy masalalar bilimdonlik qilishni emas, balki puxta o‘ylashni talab qiladi, zero, ular pirovardida dastlabki taxminlami rad etuvchi yoki ishonchli bilimlar doirasini kengaytirib tasdiqlovchi muayyan yechimlar olish real yoki potensial imkoniyatiga egadir.
Shu tariqa vujudga keladigan fanlar qaynayotgan suvdagi ko‘piklar kabi kattalashib, falsafiy mushohada yuritish jabhasini, anglab yetilgan narsalar anglanmagan narsalar bilan yuzma-yuz keluvchi sohani ham kengaytiradi, chunki tabiatshunoslik doirasida javob berishning iloji bo'lmagan yangi masalalami yuzaga keltiradi.
Tajribaviy amaliy matnlar Texnogen sivilizatsiya, fanning mikrokonteksti va makrokonteksti, fanning funksiyalari, tavsiflash, tushuntirish, prognoz, dogmatizm, murosasizlik, falsifikatsiyalanmaslik.