Fanning funksiyalari. Fan funksiyalarining tasnifi muammosi hanuzgacha bahsli bo‘lib qolmoqda. Bu holat qisman fan o‘z zimmasiga yangi va yangi funksiyalami olib rivojlangani, qisman u ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida amal qilib, obyektiv va shaxssiz qonuniyat haqida emas, balki fan-texnika taraqqiyotining barcha yutuqlarini amalga tatbiq etish haqida o‘ylay boshlagani bilan izohlanadi. Fanning ijtimoiy funksiyalari haqidagi masala alohida va ustuvor ahamiyatga ega muammo sifatida qayd etiladi.
Fanning asosiy maqsadi doim obyektiv bilimlami yaratish va tizimga solish bilan bog‘liq bo'lgani tufayli, fanning zaruriy fimksiyalari tarkibiga borliq jarayonlari va hodisalarini fanda kashf etilgan qonnnlar asosida tavsiflash, tushuntirish va bashorat qilish kiritilgan. Fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, ко ‘p sonli mmosabatlar, shu jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, mafkuraviy, ijtimoiy-tashkiliy munosabatlarni o ‘z ichiga oladi. Bilish faoliyati madaniyat borlig‘i bilan mushtarakdir.
V Haqiqiy bilimni yaratish funksiyasi fan binosini qurmchi asosiy funksiya hisoblanadi. U kichik funksiyalar: tavsiflash, tushuntirish, prognoz qilishga bo 'linadi. Fanning loyihalash-konstruksiyalash funksiyasi borliqni amalda о ‘zgartirish bosqichidan oldin keladi va har qanday darajadagi intellektual izlanishning ajralmas qismi hisoblanadi. Loyihalashkonstruksiyalash funksiyasi mutlaqo yangi texnologiyalami yaratish bilan bog‘liq bo‘lib, bu bizning davrimizda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi1.
Fanning madaniy-texnologik funksiyasi insonning bilish faoliyati subyekti sifatida materialga ishlov berish, uni o'zlashtirish va bilish jarayoniga jalb qilish bilan bog ‘liqdir. Faming madaniy funksiyasi faqat samarali natija, y a ’ni ilmiy faoliyat natijalari madaniyatning umumiy salohiyatini ham tashkil etishi bilan bog'liq emas. Fanning madaniy funksiyasi o'zining protsessualligi bilan kuchli. U awalo, insonni faoliyat va bilish subyekti sifatida shakllantirishni nazarda tutadi. Individual bilishning o‘zi faqat madaniyatda qabul qilingan va mavjud bo‘lgan madaniylashtirilgan, ijtimoiy shakllarda amalga oshiriladi. Individga bilish vositalari va usullari tayyor holda taqdim etiladi. Individ ular bilan ijtimoiylashuv jarayonida tanishadi. Tarixan u yoki bu davrning kishilik jamiyati doimo borliqni o'rganishning umumiy leksik vositalariga ham, umumiy vositalarga ham, maxsus tushunchalar va taomillarga ham ega bo‘lgan.
Ilmiy bilim hayotga chuqur kirib, odamlar ongi va shakllantirishning muhim negizini tashkil etib, shaxsning shakllanishi yuz beruvchi ijtimoiy muhitning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.
Fan jamiyatdagi jarayonlarni ijtimoiy tartibga solish fimksiyasini bajaradi. U jamiyat ehtiyojlariga ta’sir ko'rsatadi, oqilona boshqarishning zaruriy shartiga aylanadi. Har qanday yangilik dalillar bilan ilmiy asoslashni talab qiladi. Fanni madaniy-ijtimoiy tartibga solish mazkur jamiyatda shakllangan ta’lim va tarbiya tizimi orqali hamda tadqiqotchilik faoliyati va fan etosiga jamiyat a’zolarini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Fanni olimlar hamjamiyati rivojlantiradi. Shu sababli fan muayyan ijtimoiy va kasbiy tashkilotga, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga ega bo‘ladi. Frensis Bekon o‘z davrida shunday deb qayd etgan edi:
≪Fanning takomillashuvini biron-bir odamning qobiliyati yoki uddaburonligidan emas, balki bir-birining o'rniga keluvchi ko‘plab avlodlaming izchil faoliyatidan kutish lozim≫. Olim - doim u yoki bu ijtimoiy-madaniy muhit vakili. Mavjud ilmiy-ijodiy imkoniyatlarga butun ijtimoiy-madaniy maydonning ta’siri fan preparatining ≪soflik≫ darajasini ko'rsatadi.
Fanda haqiqatni izlash, tanqid, bahs, munozara ham qo‘llabquvvatlanadi. Olim o‘zining kasbiy mahoratini maqolalar, asarlar e’lon qilish, ilmiy davralarda ma’ruzalar bilan chiqish, fanga doir malakaviy talablarga javob berish orqali muttasil tasdiqlaydi va ko‘pincha o‘z opponentlari-hamkasblari bilan ham, jamoatchilik fikri bilan ham murakkab munosabatlarga kirishadi. Olim jholiyatining e ’tirof etilishi unga ilmiy daraja va umonlar berilishi bilan bog'liq. Fanda eng nufuzli mukofot Nobel mukofoti hisoblanadi. Albatta, shaxsning ijodiy imkoniyatlari ro‘yobga chiqmasligi yoki ijtimoiy tizim bunga imkoniyat bermasligi ham mumkin. Biroq ixtiro qilish, biror yangi narsani kashf etishga jamiyat emas, balki faqat teran aql va zarur bilimlarga ega bo‘lgan individgina qodirdir. Fan va texnika taraqqiyoti davrida fanning o‘mi va ahamiyati tinimsiz o‘sib bordi. Natijada uni ichki differensiatsiyalashning yangi shkalasiga ehtiyoj tug‘ildi. Katta fanda ayrim olimlar evristik izlanish faoliyatiga - yangi g'oyalami ilgari surishga, ayrim olimlar analitik va eksplikatsion faoliyatga - mavjud g‘oyalarni asoslashga, ba’zi olimlar - ulami tekshirishga, yana bir toifa olimlar esa - olingan ilmiy bilimni amalga tatbiq etishga ko‘proq moyil ekanligi ayon bo‘lib qoldi.
Sotsiologlaming hisob-kitoblariga ko‘ra, fan bilan aholining faqat 6-8% shug‘ullanishga qodir. Ba’zan tadqiqotchilik faoliyati va oliy ta’limni qo‘shib olib borish fanning asosiy va empirik jihatdan aniq belgisi hisoblanadi. Bu fan kasbiy faoliyatga aylanib borayotgan sharoitda juda o‘rinlidir. Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati zarur va barqaror ijtimoiy-madaniy an’ana sifatida e’tirof etiladi. Bu faoliyatsiz jamiyat normal mavjud bo‘lishi va rivojlanishi mumkin emas. Fan har qanday ma’rifatli davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
Fanning bunyodkor kuch funksiyasi jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun o ‘z imkoniyatlarini bevosita royobga chiqaradi. Bunda и odamlar xojalik-madaniy rivojlanishining muhim omili sifatida amal qiladi. XVIII-XIX asrlardagi sanoat to'ntarishi natijasida yuzaga kelgan yirik mashinali ishlab chiqarish fanning bevosita bunyodkor kuchga aylanishi uchun moddiy negiz bo‘lib xizmat qildi. Har bir yangi kashfiyot ixtiro uchun asosga aylanadi. Ishlab chiqarishning rang-barang tarmoqlari fanning turli tarmoqlari ma’Iumotlarining bevosita texnologik qo'llanilishi sifatida rivojlana boshlamoqda. Bu tarmoqlarga tijorat keng kirib kelmoqda. Boshqa erkin kasblardan farqli o‘laroq, fan bir lahzada iqtisodiy foyda keltirmaydi va bevosita naf ko‘rish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas, shu sababli tirikchilik uchun mablag'lar topish muammosi olim uchun har doim juda muhim bo'lgan. Hozirgi zamon fanining rivojlanishiga ko‘p miqdorda mablag‘lar kiritish va bunda ular o'zini tez oqlashiga umid qilmaslik talab etiladi.