«Sof» fan tarafdorlari fundamental fan ham ijtimoiy foydali ekanligini isbotlab, jamoatchilik fikriga ta ’sir ko'rsatishga harakat qiladilar. Ulaming fikricha, fundamental tadqiqotlaming foydasi ular bilimlaming umumiy o'sishiga, dunyoqarash va madaniyatning rivojlanishiga ko'maklashishi bilangina belgilanmaydi. Mazkur tadqiqotlar amaliy-utilitar maqsadlarda ham zarur, zero, ular darhol bevosita foyda keltirmasa-da, lekin keyinchalik amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar tayanishi uchun ilmiy zamin yaratadi.
Ammo fan va jamiyat o‘rtasidagi bu keskinlikni bartaraf etish oson ish emas. Mazkur keskinlik fan rivojlanishining postklassik davrida ham saqlanib qoladi, bizning davrimizga kelib esa fundamental tadqiqotlaming yanada qimmatlashishi munosabati bilan hatto kuchayadi.
Hozirgi vaqtda fanga jamiyat xarajatlari fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar o‘rtasida tegishli ravishda 1:10:100 nisbatda taqsimlanadi. Mazkur sohalardan band bo‘lgan fan kadrlari sonining nisbati ham taxminan shuncha. Ya’ni ≪sof≫ ilmiy haqiqatning tagiga etish yo‘lidagi izlanishlar jamiyatga-fanning bevosita foydali natijalarini olishga qaraganda yuz marta arzonroq tushadi. Shunday qilib, hozirgi zamon ≪katta fani≫ xodimlari va unga ajratiladigan mablag‘laming asosiy qismi fan rivojlanishining utilitar yo‘nalishida
jamlangan. Bu uning ijtimoiy-madaniy mo ‘Ijallarida «foydaga xizmat qilish» tamoyili «haqiqatga xizmat qilish» tamoyilidan ustun qo ‘yilishini anglatadi. Fan va falsafaning mutanosibligi. Fan rivojlanishning yuksak darajasiga erishgan bo‘lsa-da, lekin amalda falsafa bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ular faol o‘zaro ta’sirga kirishib, bir-birining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu hoi shu bilan izohlanadiki, falsafa daliliy materialga, sinovdan o‘tgan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, o‘zining mavhum g'oyalarini borliq bilan taqqoslash imkoniyatiga ega, fan esa, dalillami qayd etish va tavsiflash bilan cheklanmay, yanada asosliroq xulosalar chiqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
XXI asr boshiga kelib jahonda olimlar soni qariyb olti millionga yetdi, taxminan shuncha odam fanga xizmat ko'rsatuvchi mehnat bilan band (laborantlar, texniklar, nashriyotlaming xodimlari va h.k.). Yerda qadim zamonlardan boshlab to XXI asming boshiga qadar yashagan olimlaming umumiy sonini olsak, ularning o‘ndan to‘qqiz qismi bizning zamondoshlarimiz ekanligi ayon bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy xodimlar soni mehnatga qobiliyatli aholining qariyb 10% ni tashkil qiladi, fanni ta’minlashga milliy daromadning 5% dan ko‘prog‘i sarflanadi.
Hozirgi zamon fani jamiyat, texnika, iqtisodiyot, madaniyat, turmush va kundalik hayotni yo‘lga soluvchi qudratli kuchga aylandi. Ayni vaqtda odamlar bugun fanning qudratinigina emas, balki u bilan bog‘liq bo‘lgan xavflami ham yaxshi anglaydilar. Hozirgi dunyo o‘z yutuqlari va o‘zining jo ‘shqinligi uchun fan oldida mas’uliyatli. Ammo ilmiy haqiqat o‘z holicha odamlaming ehtiyojlariga befarq. U beparvo va rahm-shafqatsiz, chunki u uchun inson omili ikkinchi darajali. Ammo I. A. Karimov ta’biri bilan aytganda, ≪Kuch-bilim va tafakkurda≫ bo‘lsa, bu kuch ortib borgani sari insoniyatga ziyon etkazmaslik uchun undan yanada ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur.
Shuni tan olish lozimki, hozirgi zamonda jamiyat ko‘p jihatdan fanning ulkan yutuqlari tufayli o‘zini o‘zi yo‘q qilish yoqasiga kelib qoldi. Bu ilmiy taraqqiyotni to‘xtatish kerak, degani emas. Ammo ilmiy izlanishni insoniy, axloqiy munosabatga bo‘ysundirish va balki uning qaysidir yo'nalishlarini cheklash zarurligi to‘g‘risidagi masala kun tartibiga qo'yilmoqda. Ilmiy izlanishning insonparvarlashuvi, uning yo‘llari va oqibatlariga axloqiy munosabat - bu davrimizning muhim muammolaridir.
Ayni shu hoi falsafa bilan ham, undan muayyan fanlar ilgari falsafiy tusga ega bo‘lgan tadqiqot predmetlari bilan ajralib chiqqanida yuz berishini taxmin qilish o'rinli bo‘ladi. Biroq bunday hoi yuz berayotgani yo‘q. Tarix fan falsafadan qancha ko‘proq ajralsa, unda shuncha ko‘proq masala va muammolar paydo bo‘lishini, ya’ni falsafa nafaqat kamaymasligi, balki aksincha, ko‘payishini ko‘rsatadi. Buning sababi nimada? Bu savolga javobni fan va falsafaning o'ziga xos xususiyatlaridan, ulami alohida-alohida tavsiflovchi masalalar va ulaming echimlari o‘rtasidagi tafovutdan qidirish, o‘rinli bo‘ladi.