Aytaylik, f(x) funktsiya [a,b] oraliqda 1.3-teoremaning barcha shartlarini bajarsin. Bu holda, f(x)=0 tenglama [a,b] oraliqda yagona x=t yechimga ega bo’ladi. Bu teorema asosida ildizni hisoblash uchun urinmalar usulini f(x)fo(x)>0 shart oraliqning qaysi chetida bajarilsa, shu tarafdan qo’llash kerakligini ko’ramiz. Bundan: f(a)foo(a)>0 bo’lganda, boshlang’ich yaqinlashishni chapdan a0 =a, aks holda o’ngdan b0=b deb olinadi. f(a) foo(a)>0 bo’lganda x=t yechimning taqribiy qiymatlaridan tuzilgan {an} ketma- ketlik quyidagicha topiladi. y=f(x) funktsiya grafigining A(a, f(a)) nuqtasiga urinma o’tkazamiz (1.4-rasm), so’ngra bu urinmaning tenglamasini tuzamiz. u-f(a)=f o(a)(x- a)