Qo‘shilmalar. Plastik sergil xom ashyo sopol materiallar ishlab chiqarishda kam ishlatiladi, chunki quritish va pishirish jarayonida ular sezilarli hajmiy kichrayadi, buning natijasida yoriqlar hosil bo‘ladi. Hajmiy kichrayishni kamaytirish uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga gilni kamaytiruvchi materiallar (qum, shlak, qattiq yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan kul, maydalangan sopol sinig‘i, shamot va boshqalar) kiritiladi.
G‘ovakligi yuqori va issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan engil sopol materiallar olish uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga kukun hosil qiluvchi qo‘shilmalar kiritiladi, ular pishirish jarayonida yonib ketadi (qipiq, ko‘mir kukuni, torf va boshqalar).
Boyituvchi va plastiklovchi qo‘shilmalar (yuqori plastik va bentonitli gillar, ko‘mir qazib chiqarishdagi chiqindilar, sulfat-spirtli barda, (qog‘oz ishlab chiqarish chiqindisi va boshqalar) tuproq gil xom ashyosini boyitish, uning plastikligini oshirish, gillarning qoliplanish va qurilish xossalarini yaxshilash uchun qo‘shiladi.
Sopol materiallar va buyumlar turli-tuman o‘lchamga, shaklga, fizik-mexanik xossalarga ega bo‘ladi va turli maqsadlarda foydalaniladi. Ammo ularni ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy bosqichlari taxminan bir xil bo‘ladi va xom ashyo materiallarni qazib olish, xom ashyo massani tayyorlash, qoliplash, quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish va omborda saqlashni o‘z ichiga oladi.
Gil qazib olish. Sopol materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun gil, odatda, bevosita korxona yaqinida joylashgan ochiq konlardan ekskovatorlar va boshqa mashina hamda mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Korxonaga gil kuzovi ag‘dariladigan vagonetkalarda, rels yo‘llarda, avtosamosvallar, tasmali transporterlar, kanat yo‘l vagonetkalari va transportning boshqa turlari bilan tashiladi.
Xom ashyo massasini tayyorlash va qoliplash. Kondan qazib olingan va korxonaga tashib keltirilgan gil tabiiy holatda, odatda, buyumlarni qoliplash uchun yaroqsiz bo‘ladi va tabiiy tuzilishini o‘zgartirish zararli aralashmalardan tozalash, yirik aralashmalarni maydalash, gilga qo‘shil-malar aralashtirish, shuningdek, qulay qoliplanadigan massa hosil qilish uchun esa uni namlash kerak.
Xom ashyo aralashmasi plastik, nim quruq va xo‘l (shliker) usullarda qoliplanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash xom ashyo materiallarining xossalariga, sopol massasining tarkibiga va buyumlarni qoliplash usuliga, shuningdek, ularning o‘lchamlari va vazifasiga bog‘liq.
Plastik usulda xom ashyo materialari tabiiy namlikda aralashtiriladi yoki namligi 18-23 % bo‘lgan gil qorishmasi hosil bo‘lgunga qadar suv qo‘shiladi. Xom ashyo materiallarini maydalash va qayta ishlash uchun turli turdagi jo‘valar va tegirmon toshidan, aralashtirish uchun esa gil- qorgichlardan foydalaniladi.
Ushbu usulda qoliplash-buyumlarni plastik gil massalardan presslarda tayyorlash qurilishbop sopol buyumlar ishlab chiqarishda eng ko‘p tarqalgan usuldir.
Namligi 18-23% qilib tayyorlangan gil massasi tasmali pressning qabul qilish bunkeriga yo‘naltiriladi. Massa shnek yordamida qo‘shimcha aralashtiriladi, zichlanadi va almashinuvchi mushtuk bilan jixozlangan pressning chiqish teshigi orqali brus ko‘rinishida siqib chiqariladi. Mushtukni almashtirib, shakli va o‘lchamlari turlicha bo‘lgan brus olish mumkin. Pressdan to‘xtovsiz chiqayotgan brusni tayyorlanayotgan buyumlarning o‘lchamiga muvofiq avtomatik kesish qurilmasi alohida qismlarga qirqib ajratadi.
Zamonaviy tasmali presslar vakuum kamera bilan jixozlangan bo‘lib, ularda gil massasidan qisman havo chiqarib yuboriladi. Massa vakuumlanganda uning plastikligi ortadi va qoliplanish namligi kamayadi, xom ashyoni quritish vaqti qisqaradi va bir yo‘la mustahkam bo‘ladi.
Nim quruq usulda xom ashyo materiallari quritiladi, bo‘laklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi. Gil odatda, quritish barabanlarida quritiladi, quruqlayin tuyish mashinasida, dezintegrator-lar yoki sharli tegirmonlarda maydalanadi, kurakli aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Press - kukunning namligi 9-11% ga teng bo‘lib, u to kerakli namlikka ega bo‘lmaguncha suv yoki bug‘ bilan namlanadi.
Bunday usulda har bir buyum aloxida yuqori unumli maxsus presslarda qoliplanadi, bunda press kukuni (gilli aralashmalar) qoliplarda 15 MPa gacha bosim stida ikki tomonlama presslanadi. Ushbu usulda plastikligi past, kam gilli xom ashyolardan g‘isht va boshqa buyumlar tayyorlash mumkin, natijada qurilishbop sopol buyumlar ishlab chiqarishning xom ashyo bazasi kengayadi. Nim quruq usulda qoliplashning plastik usulda qoliplashga nisbatan mo‘him afzalligi-
Dostları ilə paylaş: |