Sopol materiallar va ularning sinflari Sopol materiallar uchun xom ashyolar Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish
Ochiq silindrik kovaklarning diametri 16 mm gacha, tirqishsimon kovaklarning eni 12 mm gacha bo‘lishi kerak. G‘isht va toshlardan terilgan tashqi devorlar qalinligi kamida 250 mm, kovak sopol buyumlarning suv shimib olishi kamida 6% bo‘lishi kerak. Sovuqqa chidamligi bo‘yicha g‘ishtlar F 15, 25, 35 va 50 markalarga bo‘linadi. G‘ishtli devor panellar-muayyan o‘lchamli sanoat buyumlari bo‘lib, ular aloxida g‘isht yoki sopol tosh va sement-qum qorishma bilan yaxlit qilib sementlab briktiriladi. Vazifasiga ko‘ra tashqi va ichki devorlar uchun moslangan panellar, shuningdek, maxsus panellar (poypeshbop, ventilya-siyabop va boshqalar) bo‘ladi. Tashqi devorlarning g‘isht panellari bir, ikki va uch qatlamli qilib, 140-280 mm qalinlikda tayyorlanadi. Yirik kovakli va tirqishli katta toshlardan yasalgan bir qatlamli panellar istiqbolli hisoblanadi, bino ichki devorlarning panellari oddiy g‘ishtdan bir qatlamli qilib teriladi va metall sinchlar bilan armaturalanadi. Panellarning umumiy qalinligi 140 mm bo‘lib, bunga g‘isht qalinligi (120 mm) va ikki tomondagi qorishma qatlami (10 mm dan) xam kiradi. Ikki qatlamli panellarning bir qavati 1/2 g‘isht (qalinligi 120mm) va ikkinchi qavati issiq saqlovchi materialdan (qalinligi 120mm gacha) tayyorlanadi. Uch qatlamli panellarda ichki va tashqi qatlamlari g‘ishtdan bo‘lib, har birining qalinligi 65mm, o‘rtadagi qatlam qalinligi 17...130 mm bo‘lib issiq saqlovchi materialdan qilinadi. Panellarning mustaxkamligini oshirish va zilzilabardoshligini ta’minlash uchun ularning girdi hamda deraza romlarining atrofi po‘lat armaturali sinchlar bilan armaturalanadi. Panellarni terishda markasi 75 dan kam bo‘lmagan sementli qorishmalar ishlatiladi. Panellar yuzasini pardozlash uchun ko‘pchilik xollarda gilam-mozaika plitalar ishlatiladi. G‘isht panellarning g‘isht yoki sopol toshlarga nisbatan qator afzalliklari bor, jumladan, materiallar sarfi tejaladi, korxona sharoitlarida yirik o‘lchamli panellarni tayyorlash, ularni qurilish maydonchasida zamonaviy mexanizmlar vositasida tiklash qulay, shuningdek, konstruksiyaning tannarxi 10-15% gacha arzonlashadi. Yüklə 0,62 Mb. Dostları ilə paylaş: |