Kislotabardosh buyumlar. Bunday buyumlar odatdagi sopol buyumlardan farq qiladi, ular zich, shuningdek, mexanik jihatdan mustahkam, issiqqa chidamli sopol qatlamlidir. Ular kislota va ishqorlarning uzoq davom etadigan ta’siriga turg‘unligi bilan ajralib turadi. Sopol buyumlarning bu guruhiga kislotabardosh g‘isht, issiqqa va kislotaga chidamli plita hamda quvurlar kiradi.
Kislotaga chidamli g‘isht 230x113x65 mm o‘lchamli to‘g‘ri burchakli parallepiped va ponasimon ko‘rinishda tayyorlanadi. Ular kimyoviy uskunalarning poydevorlarini terish, uskunalar ichiga va gaz yo‘llarini qoplash, kimik va sellyuloza-qog‘oz sanoati korxonalarining pol va tarnovlariga yotqizish uchun ishlatiladi.
Issiqlik-kislotaga chidamli plitkalar kvadrat, to‘g‘ri burchakli va ponasimon bo‘lishi mumkin, tomonlarining o‘lchami 50 dan 200 mm gacha qalinligi 10 dan 50 mm gacha bo‘ladi. Kislotaga chidamli plitkalar, uskunalar, gaz yo‘llari va tarnovlar ichki yuzasini qoplash, zararli mo‘hitli sexlarda pol materiali sifatida, issiqlik va kislotaga chidamli plitkalar esa, bundan tashqari, pishirish qozonlarining ichki yuzalarini qoplash uchun ishlatiladi.
Kislotaga chidamli quvurlar qovushgan zich qatlamga ega bo‘lib, ularning tashqi va ichki tomonlari kislotaga chidamli sir bilan qoplanadi. Ular asosan kimiyo sanoati korxonalarida ishlatiladi.
Sanitariya-texnikasi buyumlari–(qo‘l yuvgich, unitaz, vanna yuvish idishchalari va h.) asosan oq gildan, fayans yoki yarim chinni esa turli qorishmalardan tayyorlanadi. Qorishma massasi tarkibiga kaolin, olovbar-doshli gil, kvars, shamot(pishirilgan loy) kiradi. Buyumlar gips qoliplarda quyish usulida qoliplanadi. Qolipdan chiqarib olingandan keyin buyumlar quritiladi.
Bilimni mustaxkamlash uchun savollar.
Sopol materiallar qanday sinflarga bo‘linadi.
Gilning tarkibi qanday mineriallardan tashkil topgan.
Gilning asosiy xossalariga nimalar kiradi.
Sopol materiallar xom ashyosiga qanday qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Sopol materiallar uchun ishlatiladigan xom ashyolar qanday tayyorlanadi.
Sopol materiallar va buyumlar qanday usullarda qoliplanadi.
Qoliplangan sopol buyumlar qanday quritiladi.
Buyumlarni yuqori xaroratda pishirish qanday rejimlarda amalga oshiriladi.
Sopol buyumlar pishiriladigan o‘choqlarning texnologik tizimlarini aytib berining.
Devorbop sopol g‘ishtlar qanday markalarda ishlab chiqariladi.
Nima sababdan g‘ishtlarning ichi kovakli qilib tayyorlanadi.
G‘isht devorli panellar qanday maqsadlarda ishlatiladi.
Pardozbop qoplama sopol plitkalar qanday maqsadlarda ishlatiladi.
Ichki devorlarga qoplanadigan sopol plitkalar qanday o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Polbop sopol plitkalarning o‘lchamlarini aytib beriining.
Maxsus sopol materiallar va buyumlar qanday maqsadlarda ishlatiladi.
Olovga drenaj quvurlari qanday o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Kislotabardosh sopol buyumlarga qanday ishlov berish orqali chidamligi oshiriladi.
Olovbardosh sopol materiallar qanday olinadi.
Sopol material va buyumlarni qurilishda ishlatilishning samaradorligini tushintirib bering.