I
3.4-расм. Кўп рангли қилиб
сирланган сопол плиткалар
chki devorlarga qoplanadigan materiallar. Turar joy, jamoat va sanoat binolarining ayrim xonalariga sanitariya-gigiena va badiiy manzara berish, shuningdek, qurilma-larni nam va alanga ta’siridan himoyalash uchun devorlarga sopol plitkalar qoplanadi (3.4-rasm). Devorlarga qoplash uchun sirlangan qoplama (fayans) shuningdek, gilamnusxa-koshinkor plitkalar ishlatiladi.
Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar turli shaklda chiqariladi. Kvadrat plitkalarning o‘lchami 150x150 mm, to‘g‘ri to‘tburchakli plitkalarniki 150x100 va 150x75 mm, qalinligi 4-6 mm ga teng bo‘ladi.
Gilam nusxa-mozaika quyma plitkalarning 20 turdagi o‘lchamlari ishlab chiqariladi: chekkalari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm bo‘lgan kvadrat va 25x100 mm to‘g‘ri burchakli plitkalar va h. Qalinligi 2,5 mm va old yuzasi turli rangli bo‘ladi (3.5-rasm).
Plitkalardan tayyorlangan qurama gilamlar panellar yuzalarini qoplash va ko‘rinish joylarni pardozlash uchun qo‘llaniladi.
Polbop sopol plitkalar. Bunday plitkalar gil massasidan qo‘shilma-lar va bo‘yovchi aralashmalar yoki ularsiz zichlash va keyinchalik qovushgunga qadar pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
|
|
3.5-rasm. Gilam nusxa-koshinkor quy-ma sopol plitkalar
|
3.6-rasm. Pollar uchun mo‘ljal-langan yirik o‘lchamli sopol plitkalar
|
Sopol plitkalardan yasalgan pollar suv o‘tkazmaydi, ishqalanishga chidamli, kislota va ishqor ta’siriga turg‘un bo‘ladi. Sopol plitkalardan yasalgan pollarning kamchiligi: issiqni o‘ziga ko‘p oladi, zarblarga qarshiligi past va ancha sermehnatlidir. Sopol plitkalar jamoat binolarining kirish zallarida, korxonalarning ishlab chiqarish xonalarida va boshqa joylarda ishlatiladi.
So‘nggi yillarda sopol plitkalarning yangi turi – rasm seriografik usulda qoliplangan yirik o‘lchamli plitkalar (200x200x11 mm) jamoat binolarida pol materiali sifatida keng qo‘llanilmoqda (3.6-rasm).
Tomonlari 23 va 48 mm bo‘lgan kvadrat va to‘g‘ri burchakli mozaik plitkalarning qalinligi 6 va 8 mm bo‘ladi. Plitkalarning rangi oq, sariq, qizil, kul rang va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, suv shimuvchanligi 4% gacha. Korxonada mozaik plitkalar suvda eriydigan elimlar bilan kraft qog‘ozining kvadratli yuzalariga ma’lum rasmga ko‘ra taqsimlab yopishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |