Sopol materiallar va ularning sinflari Sopol materiallar uchun xom ashyolar Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish


Maxsus sopol materiallar va buyumlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/9
tarix17.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#99534
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sopol materiallar va ularning sinflari Sopol materiallar uchun x

Maxsus sopol materiallar va buyumlar. Bunday sopol materiallar va buyumlarga cherepitsalar, oqava va drenaj quvurlari, kislotalarga chidamli buyumlar, sanitariya-texnika buyumlari va shu kabilar kiradi. CHerepitsa tomga yopiladigan material bo‘lib, oson suyuqlanadigan gillardan xom ashyoni qoliplash, quritish va pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda sopol korxonalari cherepitsalarning bir necha turini: o‘yiqli qoliplangan, o‘yiqli tasmasimon, tasmasimon yassi va konkisimon turlarini ishlab chiqarmoqda (3.7-rasm).
CHerepitsa tomga yopiladigan mustahkam, chidamli va olov bardoshli materialdir. Undan yopilgan tom tez-tez ta’mir talab qilinmaydi. Ushbu cherepitsaning kamchiligi massasining kattaligi, suv oqib tushish uchun ancha nishabli qilib qurish zarurligi, shuningdek, tom yopish uchun ko‘p mehnat sarflanishidir. CHerepitsa hozir qurilishning barcha sohalarida ishlatil-moqda.



3.7-rasm. CHerepitsa turlari. a-o‘yiqli qoliplangan; b-o‘yiqli tasmasimon; v-tasmasimon yassi; g-konkisimon


Oqava va drenaj quvurlari. Oqava quvurlari olovbardosh yoki qiyin suyuqlanadigan gillardan tayyorlanadi. Quvurlar birikadigan joylari bilan birga presslarda qoliplanadi. Quritilgandan keyin quvurlarning tashqi va ichki yuzalari sirlanadi va pishiriladi.
YUpqa sir qatlam quvurlarning suv o‘tkazmasligi va kislotalar hamda ishqorlar ta’siriga chidamli bo‘lishini ta’minlaydi. Oqava quvurlarining ichki diametri 150-600 va uzunligi 800-1200 mm ga teng. Sopol quvurlar kimyoviy jixatdan juda barqaror bo‘lib, tarkibida ishqor va kislotalari bo‘lgan sanoat korxonalari suvlarini chiqarib yuborish uchun keng foydalaniladi.
Drenaj quvurlari silliq yuzali va suv o‘tkazuvchanligini oshiruvchi ikki tomonida ochiq ariqcha yoki kesiklari bo‘lgan sirlanmagan sopol buyumdir. Uning uzunligi 500 mm gacha, ichki diametri esa 25-250 mm ga teng bo‘ladi. Quvurlar to‘g‘ri silindrik shaklga ega, ichki yuzasi silliq mexanik jihatdan etarli mustahkam bo‘lishi kerak. Ular oson suyuqlanadigan gil va qumoq tuproqlardan yasaladi. Drenaj quvurlaridan botqoqlangan erlarning suvini quritish uchun, shuningdek, er osti suvlari satxini pasaytirish uchun foydalaniladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin