Sotsiologiyasi


IV.  4. A n ’ana, urf-odat va



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

IV. 
4. A n ’ana, urf-odat va
m arosim lar ham da ijtim oiy (jam oatchilik) fikri
B iz yuqorda - uchinchi b o ‘lim da m arosim va a n ’ana haqida 
m a’lum otlar berib o ‘tganim izda, hali-hanuzgacha ilmiy adabi- 
yotlarda bu tushunchalar haqida noaniqlik k o ‘p b o ‘lib, ularning 
hech qaysisi to ‘liq ta ’rifga erishm aganligini ta ’kidlab o ‘tgan 
edik. Biz ham o ‘z izlanishlarim izdan im kon qadar kelib chiqqan 
holda bu tushunchalarga izoh berishga harakat qildik.
A n ’analar - m uhim ijtim oiy hodisa b o ‘lib, m uayyan xalq, 
ijtim oiy guruh hayoti v a faoliyatida o ‘z tarixiy о ‘m ini topgan, 
avloddan-avlodga o ‘tadigan, tabiiy takrorlanadigan hayotning 
barcha sohalarida qabul qilingan tartib va qoidalardir.
U rf-odat esa a n ’ana tushunchasidan m azm unan torroq 
b o ‘lsa-da, chuqur m a ’noga ega bo‘lgan m a’naviy hodisa sifa­
tida kishilam ing ehtiyojiga monand takrorlanib turuvchi va 
k o ‘pchilik tom onidan qabul qilingan harakat, k o ‘nikm alar ma- 
jm uyidir. Odatda, hayotning turli sohalarida, y a ’ni kishilar 
m ehnati, turm ushi, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabat- 
larida k o ‘proq zohir b o ‘lishi, ro ‘y berishda inertsion tarzda us- 
tunlik qilishi bilan xarakterlanadi.
M arosim - inson, jam iy at hayotidagi m uhim voqealam i in- 
soniy-lashtirishga qaratilgan, rasmiy va ruhiy k o ‘tarinkilik vazi- 
yatida o ‘tadigan ram ziy harakatlarga ega b o ‘lgan hayotiy tadbir-
www.ziyouz.com kutubxonasi


dir. Q aror topshirish, m ukofotlash, nikohdan o ‘tish kabi rasmiy 
va ram ziy harakatlarda tashkil topgan m a’naviy tadbirlarni m a­
rosim shakllariga kiritish mumkin. M a ’raka esa jid d iy g ‘oyaviy- 
intellektual m ohiyati, diniy-m afkuraviy m azm uni, inson hayo­
tining muhim sanasi va burilish lahzalarini shaxs ong-shuuridan 
tashqaridagi ilohiy-ram ziy qudratlar bilan b o g ‘lash maqsadlari- 
da nishonlanuvchi muhim ijtim oiy hodisadir.
Yuqorida izoh etilgan “an ’ana”, “odat”, “m arosim ” hodisa- 
lari ijtim oiy ongning o ‘ziga xos holati boMgan jam oatchilik 
fikri bilan cham barchas bog‘liq holda am al qiladi. A ksariyat 
jam oatchilik fikri ham aynan xalq m arosim lari va bayramlari 
o ‘tayotgan vaqtda shakllanadi. 0 ‘z navbatida, jam oatchilik fik­
ri xalq udum i va m a’rakalarining tarixan q at’iylashuvi, ijtimoiy 
hayotda m ustahkam lanishiga ham sezilarli ta ’sir k o ‘rsatadi.
M arosim va bayram lar jarayonida nam oyon b o ‘ladigan, 
kishilarning orzu-o‘ylari, m anfaati, e ’tiqodi va hissiyotlari aso- 
sida shakllanadigan jam oatchilik fikri ancha m ustahkam b o ‘ladi. 
Ayni vaqtda, m illiy an ’analar va jam oatchilik fikri hodisalari- 
ning o ‘zaro m uvofiqlashadigan yoki to ‘qnashadigan joylari k o ‘p 
b o ‘lib, qator m uam m olar yuzaga kelishi ham tabiiy. Xususan:
1. Jam oatchilik fikrining marosim va a n ’analarning tarkib 
topishi va taraqqiyotiga ta ’sir.
2. X alq a n ’ana, m arosim , bayram lari ja ra y o n id a j a ­
m o atch ilik fikrining shakllanishi va burilishi holatlarini chetlab 
o ‘tib b o ‘lmaydi. Shu sababli mazkur m uam m olam ing q o ‘yilishi 
va yechim i m asalalariga diqqatni ja lb ctishga harakat qilamiz. 
Avvalo, ta ’kidlash joizki, a n ’ana, m arosim va bayram lar ja ra ­
yonida jam oatchilik fikrining shakllanishi ijtimoiy, madaniy- 
m a ’rifiy, ruhiy omillar yordam ida sodir b o ‘ladi. M a ’lumki, uzoq 
tarixiy jarayo nd a m arosim , to ‘y -m a’raka va bayram lar aholi 
uchun nafaqat muhim, tantanavor yoki kom m unikativ ijtimoiy 
hodisalar, balki yangiliklardan xabar topish, fikr almashish, 
dardlashish vositasi ham boMgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M arosim lar ichida to ‘y m arosim lari o ‘ziga xosligi va ja ­
m oatchilik fikrining alm asha olish darajasi yuqoriligi bilan 
ajralib turadi. Chunki to ‘y m arosim lari ulam i rejalashtirishdan 
boshlab to tugagunga qadar o ‘zaro m uloqot va fikr alm ashinuv- 
dan iborat b o ‘ladi. A garda to ‘y m arosim larida suhbat qurila- 
digan m avzulam i klassifikatsiya qilib chiqsak, ular quyidagi 
kategoriyalarga b o ‘linadi:
- b o ‘lajak tadbirlar bilan b og‘liq b o ‘lgan m asalalar va o ‘zaro 
muloqotlar;
- turm ush tashvishlariga oid kundalik dolzarb m avzular va 
masalalar;
- oila va turm ush m uam m olariga oid mahalliy, xususiy m a­
salalar;
- dunyoviy va um um iynsoniy m uam m olar;
- m am lakat ichki va tashqi siyosatiga doir m asalalar bo‘yicha 
suhbatlar.
Taassufki, k o ‘pgina m arosim larda mol olish, mol berish, 
sarpo qilish, sovg‘a ulashish, qalin so ‘rash, ortiqcha xarajat- 
larga y o ‘l q o ‘yish, pul sochish singari xususiyatlarga birinchi 
galda e ’tibor qaratilib, odob-axloq, tarbiya, tom oshalar, kuy- 
q o ‘shiq va raqslar kabi m a’naviy atributlar ikkinchi navbatga 
tushib qolm oqda. M arosim lam i o ‘tkazish jarayonlarida mod- 
diy sarf-xarajatlarni m uayyan m e’yorlarga keltirish va, ayniqsa, 
m asalaning m a’naviy-tarbiyaviy jihatlariga jiddiy e ’tibor qara- 
tish lozim ligi kun tartibiga chiqmoqda. To‘yning salbiy tom on- 
lariga jam oatchilik fikrini qarshi q o ‘ym oq, m azku r ahvol xalq 
m a ’n av iy ati, m adaniyati tanazzulining m ahsuli ekanligini keng 
targ‘ib etmoq zarur. M a’lumki, nafaqat ijobiy ijtim oiy fazilatlar 
an ’ana tarzida avlod suradi, balki jam iyatning salbiy unsurlari 
ham avloddan-avlodga o ‘tib kelishi mumkin. X IX asr oxirida 
bosib olingan Turkiston o ‘lkasida yuzaga kelgan m a’naviy in- 
qiroz, xalqning axloqiy talab va tam oyillaridan birm uncha
www.ziyouz.com kutubxonasi


chetlashishi, ertangi kunga ishonchning susayganligi xalqim iz 
ziyolilari tom onidan o ‘z vaqtida ilg‘ab olingan edi.
X IX
asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston m a’naviy- 
m a’rifiy holatiga jadidchilardan biri boMmish B ehbudiy o ‘z mu- 
nosabatini bildirar ekan, u m illiy m arosim larim izdan jo y olgan 
to ‘y m arosim iga ham o ‘z bahosini berib o ‘tgan. M a’rifatparvar 
m a’naviy tanazzulning yaqqol belgilaridan biri sifatida ortiqcha 
to ‘y-hasham larga berilish ekanligini k o ‘rsatib, bunday illatdan 
tezroq forig‘ b o ‘lish va barcha diqqat-e’tiborni avval m a’naviy 
poklanish, ilm -m a’rifatga, keyin esa ozodlikka qaratm oq 
zarurligini q at’iy ta’kidlaydi: “H am vatanlarim iz m ulkini sotib 
to ‘y qilganlaridek, Sizda hatto lozim bo‘lganda mulkingizni 
sotsangiz-da, o ‘g ‘lingizning zam onga yarasha o ‘qim og‘iga say’ 
qilingiz. To‘yga isro f qilinaturg‘on aqchalarni o ‘qim oq yo‘liga 
sarf qilingiz” 1.
Demak, to ‘ylam i ularning a n ’ana, udum sifatida xalq 
m a’naviy merosi ekanligini unutm agan holda im kon boricha 
kam torona, yuksak m adaniy saviyada o ‘tkazishga intilish zarur. 
M e’yor saqlay bilmagan xalq nafaqat m a’naviy, balki jism oniy- 
fiziologik tanazzulga ham mahkumdir. Tarix guvohlik berishiga 
k o ‘ra, istalgan xalqning jangovor ruhini so ‘ndirish, vatanpar- 
varlik tuy g‘ularini y o ‘qotish, m anqurtga aylantirish uchun 
uning kasb-korlar mazmuni, bayram lari, turm ush tarzi, xullas, 
m a’naviyat y o ‘nalishlarini o ‘zgartirish kifoya. Bu haqida antik 
dunyo tarixchisi G erodot o ‘z asarida Eron shohi Kirga Krez to­
monidan qilingan murojaatni bayon qilib, Sord shahrini q o ‘lga 
olish uchun vayron qilmaslik, balki uning aholisini yoppasiga 
m anqurt xalqqa aylantirish ko‘proq sam ara berishi mum kinligini 
aytib, quyidagi y o ‘lni misol qilib keltiradi: “Ey, shoh! Sord shah- 
riga buyruq y o ‘llab, aholiga qurol ko‘tarishni taqiqlab q o ‘y, no- 
qulay va baland qo‘njli etik kiyish, uzun, yurishga xalal beruvchi
1 O y in a ju rn a li. 1914-y., № 21. Q arang: P ed ag o g ik a tarixidan xresto m atiy a. -
Т.: 0 ‘qituvchi. 1993-y., 116 - 117-betIar.
I ll
www.ziyouz.com kutubxonasi


k o ‘ylakar (bu erda, asosan, erkaklar nazarda tutilm oqda) kiyishni 
buyur. Bolalarga esa faqat m usiqa asboblarini chalishdan o ‘zga 
narsani taqiqlab q o ‘y. M ayda savdogarlik bilan shug‘ullanishga 
farm oyish ber. A na shunda aholi erkaklam ing ayolsifat kishilar- 
ga aylanib qolganligini, ozodlik to ‘g ‘risida hech qachon hech 
kim o ‘ylam ay qo‘yishini k o ‘rasan’n .
Shu o ‘rinda Turkiston bosqinidan keyin o ‘tgan sal kam bir 
yarim asr m obaynida Turon xalqlariga ham xuddi shunday yon- 
dashuv siyosati o ‘tkazib kelinganligini eslab, chuqur m ulohaza 
qilish joiz.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin