Sotsiologiyasi


partiyalar, uyushm alar, m arkazlar faoliyat yuritayotganli-



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)


partiyalar, uyushm alar, m arkazlar faoliyat yuritayotganli- 
gi pluralizm ijtim oiy kuch kasb etganligi, referendum lar 
o ‘tkazilayotganligi, qolaversa, davlat boshlig‘i - Prezidentning 
alternativ - m uqobillik asosida um um xalq tom onidan saylani- 
shi m ustaqil m am lakatim izda sotsiologik tadqiqotlar uchun ijti­
m oiy em pirik baza k o ‘lam larining kengayib, to ‘laqonli m azm un 
kasb etib borayotganligiga to ‘la asos b o ‘la oladi. Sotsiologiya 
fani jam iyatda ro ‘y berayotgan yirik ijtim oiy-siyosiy voqealar, 
xususan, jam oatchilik fikri hodisasini shunchaki qayd etish bi­
lan cheklanm aydi, balki uning m otivatsion m axraji m azm unan 
va tarkibiy jihatlarini ham atroflicha ochib beradi. Demak, ja ­
m oatchilik fikrini bevosita o ‘rganishda sotsiologiya ijtimoiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


fanlar orasida o ‘zining aniq va konkretligi, zim m asidagi masa- 
lalarga beradigan javoblarning ilmiyligi atroflicha asoslangan- 
ligi, qayta-qayta tekshirilinganligi bilan ham qimmatlidir.
U m um an olganda, ijtim oiy fikrga m unosabatning garchi na- 
zariy negizlari rasm an G ‘arbiy Yevropada yuzaga kelgan b o ‘lsa- 
da, uning tub ijtim oiy-tarixiy ildizlarini Sharq falsafasida k o ‘proq 
topamiz. Xususan, ulug‘ m utafakkir Abu N asr al-Farobiy tafak- 
kur san’atiga doir ilm sohalarida, jam iyatning turli jabhalarida, 
konkret individlar xatti-harakatlarida ro ‘y beruvchi o ‘zgarishlar 
ilmiy asoslarda, m antiqiy tugal.talablar doirasida o ‘rganilishini 
tavsiya etadi. A kadem ik M. X ayrullayevning ulug‘ faylasuf 
m erosiga b ag ‘ishlagan kitobidan jam oatchilik fikrini sotsiologik 
o ‘rganishga bevosita aloqador quyidagi o ‘gitlarni o ‘quvchi 
e ’tiboriga havola etamiz:
1. Turli m asalalar xususida fikr yuritish, ularning tarkibi, farq- 
li jihatlari, ehtim olli va m utlaq bildiriluvchi m ulohazalarni tiniq, 
puxta tahlil etish.
2. Keskin va mutlaq, y a ’ni e ’tirozga o ‘rin qoldirm aydigan 
m ulohazalar xususida fikr yuritish.
3. Bir-biriga qaram a-qarshi bo ‘lgan va qaram a-qarshi tur- 
m aydigan m ulohazalar farqlari xususida fikrlash va ularning 
qanday holatlarda qaram a-qarshi kuchlarga aylanib qolishi 
xususida o ‘ylash.
4. Bir-biriga qaram a-qarshi fikrlar, m ulohazalarning qancha 
k o ‘rinishlarga ega ekanligini qayd etish.
5. H aqiqiy kriteriy asosida har bir m ulohazalarning to ‘g ‘ri 
yoki noto‘g ‘riligini tekshirib k o ‘rish va ularning qanday ahvolda 
b o ‘lishi xususida o ‘ylab k o ‘rish.
6. 0 ‘zgaruvchan va o ‘zgarm as mulohazalar, o ‘zgaruvchan 
m ulohazalarning o ‘zgarish m a’nolari va sabablarini bilib olish;
7. M a’lum b o ‘lgan um um iy fikrdan kelib chiqm aydigan m u­
lohazalar k o ‘rinishlari xususida fikrga ega b o ‘lish;
www.ziyouz.com kutubxonasi


8. 
Turli qarashlarning ta ’rifi, ularning nim alarga asoslani- 
shi, nim alardan tarkib topganligi xususida ilmiy ta saw u rg a ega 
b o ‘lish.
U lu g ‘ m utafakkim ing jam iyat hayotini, xususan, jam oatchilik 
fikrini o ‘rganishga doir yuqoridagi konseptual yondashuvidan 
k o ‘rinib turibdiki, ijtim oiy holatlar, um um iy va har bir individ 
fikri tadqiqotchi nazaridan chetda qolm asligi, uning aniq tahlili 
va sintezidan o ‘tkazib o ‘rganilm og‘i lozim.
Garchi sotsiologiya fani nisbatan yosh hisoblansa-da, uning 
tarixiy shakllanish jarayoni o ‘ziga xos tarixga ega. Utopist Sen- 
Sim on sotsiologiya fanini kuzatishga asoslanagan fan darajasiga 
k o ‘tarishni ilgari surgan edi. M arksizm asoschilari o ‘z asarlarida 
em pirik xarakterdagi ochiq sotsiologik tadqiqotlar rivojiga baho 
berib, m azkur tadqiqotlar burjua ilmining m uayyan k o ‘rinishi 
ekanligini qayd etib, bu ilmni keraksiz hisoblanadigan kapitalis- 
tik davlatlar ilmi, deb ta’kidlashgan.
Jam iyatni ilmiy boshqarish, ijtimoiy m uhit va fikrni shakllan- 
tirish bilan b og‘liq m asalalarni pozitiv hal qilishga moyil G ‘arb 
sotsiologiyasi so‘nggi yillarda bir necha oqim larga b o ‘linib ketdi. 
Klassik yoxud a n ’anaviy pozitivizm pozitsiyasida turgan olim lar 
sotsiolgik tadqiqotlarni o ‘tkazish jarayonida faqat tabiiy fanlar 
metodologiyasini q o ‘llashni talab etadilar. Bu y o ‘nalishning 
yirik nam oyandalari O. Kont, G. Spenser o ‘z asarlarida ijtimoiy 
hodisalarga baho berishda faqat naturalistik yondashuvgina 
yagona to ‘g ‘ri ilmiy xulosalar chiqarish im konini beradi, deb 
hisoblaydilar. XX asr o ‘rtalariga kelib, asl m ohiyatida mantiqiy 
pozitivizm yotuvchi neopozitivizm oqimi keng yoyila boshlandi. 
N eopozitivizm ning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Ijtimoiy hodisalar hatnm a uchun um um iy b o ‘lgan tabiat qo- 
nuniyatlari, ijtim oiy-tarixiy qoidalar asosida am alga oshadi.
2. Sotsiologik tadqiqot m etodlari aniq, tabiiy fanlar metodlari 
kabi obyektiv, konkret v a aniq b o ‘lishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. Inson xatti-harakatlaridagi “subyektiv jih atlar” faqat kuzatish 
uchun qulay b o ‘lgan tashqi xatti-harakatlarga k o ‘ra o ‘rganilishi 
mum kin.
4.T adqiqotnatijalari em pirik tarzda tek shiru v dan o‘tkazilgandan 
keyingina haqiqiy deb topilishi lozim.
5. B archa ijtim oiy hodisalar miqdoriy k o ‘rsatkichlarda ifodala- 
nishi lozim.
K o‘rinib turibdiki, pozitivistik va neopozitivistik oqim na- 
m oyandalarining maqsadi sotsiologiya fani im koniyatlarini 
chegaralab, uni tarix yoki antropologiya singari ijtimoiy konkret 
fanlar sirasiga q o ‘yishdir. Bu oqim lar orasida geografik va sot- 
sial-darvinizm y o ‘nalishlari ham alohida o ‘rin tutadi. Geografik 
y o ‘nalish o ‘z ichi-ga irq iy -a n tro p o lo g ik (J. G o b in o , X. 
C h e m b e rle n , O. A m m on, J. Launj va boshqalar) va biorganik 
m aktab (P. Lilienfeld, A. Sheffle, R. Vorms, A. Fule va boshqa- 
lar)ni oladi. X IX asr oxiridan boshlab psixologik m aktabning 
instinktivizm , bixeviorizm y o ‘nalishlari keng rivojlandi.
Bixeviorizm oqimi m ohiyat e ’tiboriga k o ‘ra, inson xatti- 
harakatlari tizim iga o ‘z tadqiqot obyekti sifatida qaraydi. 
Bixeviorizm psixologiyadagi m exanik y o ‘nalishni davom et- 
tirib, ruhiy hodisalarni organizm xatti-harakati bilan b og‘liq, 
deb hisob-laydi, ong va xatti-harakatlarni uzviy va yagona narsa 
sifatida baholaydi.
Hozirgi zam on bixeviorizmi ehtiyoj-reaksiya qoidalariga qis- 
m an o ‘zgartirishlar kiritib, oraliq holatlar atam asini qabul qi- 
lishdi va ana shu asosda faoliyat yurita boshlashdi. Bu oraliq 
holatlar o ‘z zam iriga ongli ehtiyoj, hissiyotning kuchayishi 
yoki pasayishi darajalari tushunchalarini qam ragan b o ‘lishiga 
qaramay, bixeviorizm ning idealistik va m exanik mohiyatini 
o ‘zgartirm aydi.
H ozirgi zam on G ‘arb sotsiologiyasidagi eng katta oqimlar- 
dan biri - em pirik sotsiologiyadir. Em pirik sotsiologiya naza- 
riyotchilari sotsiologik tadqiqotlar o ‘tkazishdan maqsad jam i-
www.ziyouz.com kutubxonasi


yat hayotining ayrim jihatlarini xarakterlab berishdan iborat, 
deb biladilar. M azkur oqim tarafdorlari (E. Landsberg) jam iyat 
taraqqiyotining obyektiv taraqqiyot qonuniyatlarini inkor etadi 
va ijtim oiy hodisalar m ohiyatiga kirib borishni xohlashm aydi. 
Jam iyatni esa ijtimoiy hodisalarning m exanik y ig ‘indisi, deb 
qaraydilar. G archi em pirik sotsiologiya tarafdorlari ham o ‘z 
tadqiqotlarida anketa, intervyu, statistik m ateriallarga tayansa- 
da, bu usullar ijtimoiy jarayonlar-ning ilmiy nazariyasi b o ‘lgan 
konkret va aniq m etodologiya asosida izohlab berilmaydi.
N azariy-m afkuraviy chegaralanm agan, faqat um um insoniy 
tam oyillarga tayanib faoliyat yurituvchi sotsiologiya inson- 
ni to ‘laqonli tizimi sifatida tadqiq etadi. A dabiyotlarda ko‘p 
m artalab ta ’kidlanganidek, to ‘laqonli shaxs to‘laqonlilikni 
ta ’m inlovchi, organik uy g ‘un jihatlar, um um ning ajralmas 
qism lari y ig ‘indisidan iboratdir, degan nuqtayi nazar predm et 
mohiyatini atroflicha ifodalay olmaydi. To‘laqonlilik, bizning- 
cha, shaxsning intellektual-hissiy barkam olligi chegaralarini 
belgilaydi. Zero, shaxs m uayyan m adaniy-m a’naviy, axlo­
qiy m uhit sharoitidagina hissiy barkam ollikka erishadi. Hissiy 
barkam ollik insonni tabiatan estetik idrok etishga, insoniy mu- 
loqotlar qadriga yetishga va uni e ’zozlashga, m ehnatga g o ‘zallik 
va ezgulik yaratish m anbayi deb qarashga, borliqqa m uhabbat 
q o ‘yishga undaydi.
Sotsiologiya fani shaxs m a’naviyati yoki jam iyat m uammo- 
larini tadqiq etar ekan, albatta, m uayyan nazariy model, y a ’ni 
o ‘ziga xos konseptual yo^nalish asosida faoliyat yuritadi. Tad- 
qiqot natijasida olingan em pirik m anbalar m azkur nazariy bi- 
lim lar asosini boyitib, ijtimoiy m uam m olarni am aliy hal etish 
tavsiya-takliflarini ilgari suradi, shu boisdan ham sotsiologiya u 
yoki bu ijtim oiy m uam m oga m urojaat etar ekan, ana shu empirik 
m anbani atroflicha o ‘rganib chiqadi.
M asalan, m adaniyat m uam m olariga b o ‘lgan jam oatchilik fik­
rini o ‘rganish ilmiy m aqsad qilib q o ‘yilsa, m adaniyat va san’atga
www.ziyouz.com kutubxonasi


m adaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan yondashuv talab etilib, 
m adaniyatning tarkibiy qism lari orasidagi o ‘zaro m unosabatlar- 
ni boshqaruvchi umumiy qoida-qonuniyatlam i va m azkur mu- 
nosabatning tarixiy jarayonda ham ijtim oiy-axloqiy m akonadagi 
o ‘zgarishlam i izohlovchi qonuniyatlarni mufassal o ‘zlashtirish 
talab etiladi.
Shu nuqtayi nazardan, shaxs m a’naviy olam iga madaniy- 
m a’rifiy faoliyat ta ’siri va jam oatchilik fikri o ‘rtasidagi mu- 
tanosiblik m uam m osiga q o 4 urar ekanm iz, m adaniyat muas- 
sasalaridagi m ehnat faoliyati spetsifikasi, m ehnatkashlam ing 
b o ‘sh vaqtini oqilona va foydali uyushtirish, ularning samarali 
dam olishini tashkil etish, dam olish va ijodiyot uylari moddiy- 
texnika bazasini m ustahkam lash, boyitish, barkam ol tarbiya 
beruvchi tom m a ’nodagi tarbiyachilar - tashkilotchilarga ega 
b o ‘lish, m ehnatni progressiv ilmiy asosda tashkil etish, m ehnat 
va odam lar bilan m unosabat jarayonida um um insoniy talab va 
burchni sinfiy talab va burchdan nechog‘li yuqori q o ‘ya bilish va 
boshqalarni e ’tibordan chetda qoldirm asligim iz zarur.
M uam m oni o ‘rganish jarayonida m adaniyat sotsiologiyasi ki- 
shi qiziqishi, ehtiyojlari, m aqsadlari tizimi, qobiliyati, iste’dodni 
o ‘stirish m uam m olari, shaxsning axloqiy va goyaviy-siyosiy 
xislatlari, siyosiy faolligi, fuqarolik insoniy pozitsiyasining 
barqarorligi, um um iy va professional bilimlari doirasidagi turli 
xil m uam m olar bilan ham faol shug‘ullanadi.
Sotsiologik tadqiqot natijasida tarbiya ishini yaxshilash, mil- 
liy-m ahalliy shart-sharoitlarni hisobga olish, aholi turli qatlam- 
larining demografik xususiyatlarini chuqur tadqiq etish va shu 
asosda to ‘laqonli tarbiya va m a ’rifiy jarayon olib borish muhim 
aham iyat kasb etadi.
Sotsiologik tadqiqotlar nazariy asoslarini ishlab chiqish va 
faktlam i y ig ‘ish bir paytda am alga oshirilm aydi, ammo ular 
m ushtarak birlikda bo‘ysungan holda am alga oshiriladi. D astum i 
ishlab chiqish jarayonida ikki asosiy talabga rioya qilish muhim
www.ziyouz.com kutubxonasi


aham iyatga ega. Birinchidan, ishlab chiqilgan nazariy umum - 
lashm alardan real tadqiqot o ‘tkazishga o ‘ta bilish va, ikkinchi- 
dan, olingan natijalar, faktlar, y ig ‘ilgan em pirik m ateriallardan 
nazariy um um lashm alarga, ilmga qayta bilish k o ‘nikm alariga 
ega b o ‘lish ana shu talablar mazmunidir. Bu ikki talabga rioya 
qilish, bir jihatdan, real sotsiologik tadqiqotlar o ‘tkazishni tizim- 
li y o ‘lga q o ‘yish, jam iyat ijtim oiy m uam m olarini tadqiq etish 
ishlarini uzluksiz am alga oshira borishni ta ’m inlasa, ikkinchi j i ­
hatdan, ilm-fanning turli sohalari uzviy rivojlana borishi uchun 
keng im koniyatlar ochiladi.
Sotsiologik tadqiqot izlanishlari to ‘g ‘ri natija berishi uchun 
esa ilmiy m uam m o to ‘g ‘ri q o ‘yilm og‘i lozim. Ilm iy m uam m on- 
ing q o ‘yilishi m uayyan soha uchun kerakli b o ‘lgan bilim lar 
doirasidan chetga chiqish, bu bilim lar chegarasini kengaytirish 
demakdir. Zero, m uayyan va hozirgacha m a’lum bo‘lgan b i­
limlar doirasida ham isha ham ijtim oiy m uam m o vaziyatlari hal 
etilaverm aydi. Shu boisdan ham k o ‘pincha bilim larga b o ‘lgan 
ehtiyojlar o ‘sa boradi. K o‘pincha sotsiologik tadqiqotlar nafaqat 
nazariy um um lashm alar ishlab chiqadi, balki m azkur ijtimoiy 
muam m o vaziyatni hal etishning konkret am aliy tavsiyanom a- 
larini ishlab chiqadi.
M asalan, m adaniy-m a’rifiy m uassasalar kadrlarining q o ‘nim- 
sizligi v a unga b o ‘lgan jam oatchilik fikri m asalasini o ‘rganishga 
bag‘ishlangan sotsiologik tadqiqotda nazariy um um lashm alar 
bilan birga, amaliy, y a ’ni bir necha m asala o ‘rtaga tashlanib, 
tadqiq etilishi mumkin. B ir jihatdan, m azkur ijtim oiy muam m o 
vaziyatini keltirib chiqargan shart-sharoitlar atroflicha tahlil 
etilib, nazariy xulosalar ilgari surilsa, ikkinchi jihatdan, bu vazi­
yatni baratraf etishning y o ‘l-yo‘riqlari tavsiya etiladi.
Yuzaga kelgan ijtim oiy m uam m o m a’lum b o ‘lgan am aliy 
vositalar bilan hal etilm agan holatda ilmga, tadqiqot o ‘tkazishga 
m urojaat qilinadi. Bu m urojaat ilm da ijtim oiy buyurtm a deb ata- 
ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1. Jamoatchilik fikrining jam iyat hayotidagi roli.
2. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi va lining asosiy yo'nalishlari.
3. 0 ‘zbekistonda jam oatchilik fikrining rivojlanishi.
4. 0 ‘zbekistonda ekologik vaziyatning sotsial muammolari.
5. Mahallaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni.
6. Mahalla va o ‘z-o‘zini boshqaruv sotsiologiyasi.
7. Jamoatchilik fikri hodisasining 0 ‘zbekiston m iqyosid ao‘rganilish da- 
rajasi va sifati.
8. Jamoatchilik fikri jam iyat a’zolarining madaniy holatidan darak 
berishini asoslab bering.
9. Jamoatchilik fikrini o‘rganish bilan shug‘ullangan qanday olim va 
sotsiologlarni bilasiz? Ularning jam oatchilik fikrini o ‘rganishga doir 
usullarini asoslab bering.
10. 0 ‘zbekistonda jam oatchilik fikrini o ‘rganadigan qanday markazlar 
mavjud?

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin