So’z boshi


 Kodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/103
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192820
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

3.9. Kodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
Raqamli uzatish tizimi (RUT) ning liniyaviy trakti bo‘yicha uzatish 
uchun ishlatiladigan kod quyidagi asosiy talablarni qondirishi zarur:
- liniyaviy signalning spektri o‘zgarmas tashkil etuvchisini o‘z ichiga 
olishi kerak emas, bu simmetriyalashtiradigan transformatorlardan 
foydalanish imkonini beradi va o‘zgarmas tok bilan regeneratorlarni 
masofadan manbalashni ta’minlaydi;
- signalning energetik spektri iloji boricha chastotalarning tor yo‘lagini 
egallashi lozim, bunda bu spektrning maksimumi nisbatan quyi chastotalar 
sohasida yotgani ma’qul. Bu regenerasiyaning katta uzunlikdagi qismlarini 
olish imkonini beradi, chunki nisbatan qo‘yi chastotalar sohasida 
kabelning so‘nishi va o‘tish ta’siri kamayadi;
- regeneratorlarning bir me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan taktli 
chastota signalini ajratish imkonini ta’minlashi lozim;
- kodning tuzilmasi shunday bo‘lishi zarurki, unda regenerasiya 
jarayonida xatoliklar yuz berishi hisobiga uning buzilishi holida, ishlatish 
jarayonida xatoliklar koeffisiyentini nazorat qilishni amalga oshirish 
mumkin bo‘lsin.
Davrli sinxronizm 
Davrli sinxronizatsiyani yo`qligi 
A(
jd)
A(
jd)
A(
td)
A(
jd)
A(
jd)
A(
jd)
A(
jd)
A(
td)
A(
jd)
A(
jd)
A(
jd)
A(
td)
A(
td)
A(
тд

A(
td)


83 
3.10. Ma’lumotlar oqimini liniyaviy kodlashning amaliy usullari 
Kanal uzatish muhiti bo‘lishini nazarda tutib (elektrik, optik, yoki 
radiokanal) olingan ketma - ketlikni xech bo‘lmasa interfeys orqali uni 
o‘tkazishda optimallashtirish uchun ikki marotaba kodlashga to‘g‘ri keladi 
(interfeysli kodlash). 
Kvantlash va ikkilamchi kodlash (kodifikasiya) natijasida olingan 
bitlar oqimi, kvantlash xatoliklarini kamaytirish nuqtai nazaridan 
optimaldir, lekin quyidagi bir qator sabablarga ko‘ra aloqa kanalidan 
uzatishga yaroqsizdir:
- chiquvchi raqamli oqim keng spektrga ega bo‘lgani uchun, uni o‘tkazish 
yo‘lagi cheklangan aloqa kanali bo‘yicha uzatish qiyinlashadi va kanalda 
uzatilayotgan 
sinxronlash 
signalini 
regenerasiyalash 
jarayonini 
murakkablashtiradi, ayniqsa bu hol yo‘qolgan sinxronlashni tiklashda ro‘y 
beradi.
- signal spektri sezilarli darajada quyichastotali tashkil etuvchilarni o‘z 
ichiga olgan, ular uzatilayotgan quyichastotali tashkil etuvchilar bilan 
interferensiyalanishi mumkin;
- spektr katta o‘zgarmas tashkil etuvchini o‘z ichiga oladi, bu hol tarmoq 
ta’minoti kuchlanishining filtrasiyasini murakkablashtiradi.
Aloqa liniyasiga uzatilayotgan signal spektrini optimallashtirish uchun 
liniyaviy kodlash ishlatiladi. U quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- nolli chastotada minimal spektral zichlikni va uni qo‘yi chastotalarda 
cheklash;
- spektrning uzluksiz qismida oson ajratiladigan diskret tashkil etuvchisini 
ko‘rinishida uzatilayotgan signalning taktli chastotasi to‘g‘risidagi 
axborot;
- buzilishlarsiz aloqa kanali orqali signalni uzatish uchun yetarli 
ravishdagi tor yo‘lakli uzluksiz spektr;
- aloqa kanalida uzatishning nisbiy tezligini kamaytirish uchun signal 
kichik o‘lchamga ega bo‘lishi;
- disparitetlikni (kodli kombinasiyalarda "1" va "0" sonlarning tengsizligi) 
va takrorlanuvchi belgilar ("1" yoki "0") bloklarining mumkin bo‘lgan 
minimal uzunliklari.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin