Ushlashlar va undan chiqish
Tik turgan va parter hclatlarida har qanday texnik harakatni amalga oshirish uchun raqibni ushlash va qoidaga muvofiq ushlash muhim ahamiyat kasb etadi. Kurashchilar asosan ueh xildagi qo’llarni biriktirib ushlashni amalda qoMlashadi: 1. Barmoqlami qarama-qarshi qarmoqsimon ilish (9-rasm). 2. Panjalarni qarama-qarshi qarmoqsimon ilish. 3. Bir qo’l bilan ikkinchi qo’lning bilagini ushlash. Barcha ushlash turlarida tirsak va yelka asosiy hal etuvchi ahamiyatga e ga. Ushlashda tirsakning tanaga qanchalik yaqin bo’lishi shunchalik mahkam bo’lishini ta’minlaydi. Ushlashda barmoqlaming kuchi va chidamkorligi bellashuvda hal qiluvchi rol o’ynashi mumkir:.
Raqib bilagini, yelkasini, bo’ynini, qo’ltig’idan., belidan har xil holatda ushlashlar uchraydi. Ayrim tana a'zolarini ikki qo’l bilan ushlash mavjud. Masalan: bilagini ikki qo’l bilan ushlash; qo’lini ikki qo’l bilan ushlash. Yoki qo’l va bo’ynini ushlash; qo’l va belini ushlash v.k. Ushiashlarni har xil tomondan ko’rish mumkin. Masalan; oldindan, orqadan, o’ng tomonlama, chap tomonlama, ichkaridan, tashqaridan, old-tepadan va teskari ushlashlar mavjud. Shu bilan birgalikda ushlash qoidalariga zid ushlashlar ham mavjud. Bu holat kurash bilan shug’ullanuvchilarda faqatgina boshlang’ich davrlarida uchraydi, ya’ni barmoqlarni qarama-qarshi orasiga kirg’izib ushlash (10-rasm).
Yuqoridagi ushlashlardan chiqishning o 'z yo’llari yo’q emas. Ularni ushlash turiga qarab ishlatish kerak. Masalan, tik turgan bolatda bilakni ushlaganda, raqibning barmoqlarining uchi tomondan zarbaviy harakat bilan qo’lni o ’ziga tortib ushlashdan chiqarish mumkin (11-rasm). Yoki parter holatida belni ushlaganda - raqib qo’llari birikkan va ushlagan qismiga qorin mushaklari bilan bosib siljish oqibatida ushlashdan ozod bo’lish mumkin. Agar raqib bir qo’lni ikki qo’l bilan ushlab olganda, uning tirsagini ushlab tortish yo’li bilan chiqish mumkin (12-rasm).
Raqib ushlashidan qutilish yo’llaridan biri - bu uning qanday ushlashiga qarab qarshi texnik harakatni amalga oshirish yo’llaridir. Masalan, raqib qo'l va bo’yinni old-tepadan ushlayotganda sho’ng'ib. raqib orqasiga o’tish mumkin (13-rasm).
Yunon-rum kurashida ushlashlar juda katta aliamiyatga ega ekanligi bellashuvlarda namoyon bo’ladi. Texnik harakatlarni ushlamasdan amalga oshirib bo’lmaydi, agarda ushlamasdan texnik ballarga ega bo’lgan taqdirda ham, unga raqibning harakatlari yordam berishi mumkin. Mazkur sababga ko’ra kurashchi zarur ushlashni me’yoriga yetkazib ushlagan holda, raqibga ushlatmasdan o’z texnik harakatlar arsenalini foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |