So'z boshi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
rim huquqi (1)

IV BO'LIM
 
Rim fuqarolik huquqida shaxslar
 
1-§. Shaxslar tushunchasi.
 
2-§. Rim fuqarolarining huquqiy holati.
 
3-§. Lotinlar va peregrinlarning huquqiy holati.
 
4-§. Qullarning huquqiy holati.
 
5-§. Ozodlikka qo'yib (chiqarib) yuborilgan shaxslarning huquqiy holati.
 
6-§. Kolonlarning huquqiy holati.
 
7-§. Yuridik shaxslar tushunchasi.
 
IV bo'lim yuzasidan nazorat savollari
 
  
1-§.  Shaxslar tushunchasi
  


Rim fuqarolik huquqida va hozirgi zamon huquqiy sohalarida ham huquqiy 
munosabatlarni amalga oshiruvchi, ularni amaliyotga tadbiq etuvchilar  sub'yektlar, 
ya'ni shaxslardir.
 
Shaxslar huquqiy munosabatlarning sub'yektlari sifatida ikki qismga 
bo'lingan, jismoniy shaxs va yuridik shaxslar. 
 
Qadimgi Rim jamiyatida jismoniy shaxslar asosiy huquq sub'yektlari bo'lib 
hisoblanib, ular ommaviy va xususiy huquq asosida berilgan manfaatlarini amalga 
oshiruvchi individlardan iboratdir. 
 
Rim fuqarolik huquqida jismoniy shaxslarni keng ma'noda tushunishga katta 
e'tibor qaratilgan. Unga asosan, jismoniy shaxs deb,  har qanday individning 
qonunlar tomonidan berilgan huquq bo'yicha o'z daxlsizligini, yashash huquqini, 
ya'ni sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmatini, ularda mustahkamlangan huquqlari va 
erkinliklarini amalga oshira oladigan va uni kafolatlaydigan huquq va burchlarga 
ega bo'lgan shaxslar tushunilgan. 
 
Rim xususiy huquqida qatnashuvchi shaxs sub'yekt bo'lishligi uchun, uning 
mulkka egalik huquqi bo'lishligi, shartnomaviy munosabatlarga kirisha olishligi, 
o'ziga huquq va burchlarni vujudga keltira olishligiga tushunilgan.
 
Yuridik shaxslar deganda  jismoniy shaxslarning o'zaro birlashib, ularga o'z 
huquqlarini, vakolatlarini berish asosida tuzilgan birlashmalar, korporasiyalar, 
diniy ittifoqlar, hunarmandlarning kasaba uyushmalari, non yopuvchi tashkilotlar, 
sudnalarning yig'indisi boshqaruvi kabi tashkiliy birliklar yoki  ko'pchilik insonlar, 
odamlar, ya'ni jismoniy shaxslar o'rtasidagi amalga oshiriladigan munosabatlarning 
sub'yektlariga tushunilgan. 
 
Jismoniy shaxslar barcha huquqiy munosabatlarning sub'yektlari bo'lishi 
uchun, ular eng avvalo huquq layoqati carut (kaput)ga ega bo'lishliklari lozim. 
Huquqiy layoqat har bir insonning (fuqaroning) tug'ilishi bilan vujudga kelgan va 
uning o'limi bilan tugagan. Huquqiy layoqat insonning huquq va burchlariga ega 
bo'lish layoqatidir. Huquqiy layoqatdan tashqari har bir jismoniy shaxs muomala 
layoqatiga, ya'ni fuqaro o'z harakati asosida o'zi uchun huquq va burchlarni 
vujudga keltira olish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. 
 
Qadimgi Rim xususiy huquqining o'ziga xos xususiyatlaridan biri, farzand 
tug'ilmasdan oldin ham, ya'ni onaning homilalik davrida, otasi vafot etgan 
taqdirda, u otasidan qolgan merosdan o'z hissasini, ulushini olish huquqiga ega 
bo'lgan. Hatto tug'ilmagan farzandning otasi ozod bo'lgan Rim fuqarosi 
hisoblangan bo'lsa, onasi esa qul bo'lgan taqdirda ham, tug'ilishi lozim bo'lgan 
farzand «ozod inson», ya'ni Rim davlatining fuqarosi sifatida tan olingan. 
 


Jismoniy shaxslar barcha huquqiy munosabatlarning birinchi va markaziy 
ishtirokchisi sifatida qatnashib, o'z harakatlarini amalga oshirar ekan, o'zlari uchun 
huquq va burchlarni vujudga keltiradi, o'zgartiradi va bekor qiladi. 
 
Qadimgi Rim davlatida hamma insonlar ham bir me'yordagi huquqiy layoqat 
va muomala layoqatiga ega bo'lmaganlar. Jamiyat ijtimoiy munosabatlarining 
hamda ishlab chiqarish munosabatlarining yanada taraqqiy etishi natijasida, 
ayniqsa savdo munosabatlarining kuchayishi, Rim davlati hududidan tashqariga 
chiqish zarurati Rim davlatida yashab turgan va to'liq huquq va muomala 
layoqatiga ega bo'lmagan shaxslarning ham bu munosabatlarda qatnashishini talab 
etardi va natijada asta sekinlik bilan ular ham ma'lum layoqatlarga erishib, barcha 
fuqarolar kabi teng huquqlarga ega bo'la boshladi. 
 
Shuni qayd qilish kerakki, Rim davlatining quldorchilik xarakteri, 
ekspluatasiyaga asoslanganligi, arzon bo'lgan mehnatning mavjudligidan Rim 
davlati o'zida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning huquq layoqatini 
tenglashtirish tarafdori bo'lgan emas. 
 
Rim davlatining iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi, respublikanlar davridan 
monarxiyaga o'tish, prinsipiat va dominiat davrlarida yangi ekspluatasiya qilish 
shakllarining vujudga kelishligi, qullar institutining saqlab qolinishligi, ba'zi bir 
guruhlarning huquqlarini kengaytirdi, ba'zan esa ba'zi birlarining huquqlarini 
chegaralab, umrbod yer bilan bog'liq qilib, feodal munosabatlarini keltirib 
chiqarishlikka ham sabab bo'ldi. 
 
Rim davlati fuqarolik huquqining hamda siyosiy, oilaviy, iqtisodiy, mulkiy 
munosabatlarning to'liq huquq layoqatiga ega bo'lgan sub'yekti bo'lishlik uchun 
shaxs eng avvalo uchta talabga javob berishligi lozim edi:
 
1.
      
Ozodlik holatlari  Status libertatis (status libertatis), ozod bo'lgan 
shaxslar bo'lishligi lozim edi. Ya'ni qul bo'lmasligi;
 
2.
      
Fuqarolik holatlari  Status civitatis (status kivitatis), chet el fuqarolari 
bo'lmasdan Rim davlatining fuqaroligiga ega bo'lishlik;
 
3.
      
Oilaviy holati  Status familias (status familias), oila boshlig'i, 
boshqaruvchisiga qaram - ratria rotestas (patria potestas) bo'lmagan 
shaxslar bo'lishlik lozim edi. 
 
Rim xususiy huquqining sub'yekti yoki to'liq huquq layoqatiga ega bo'lishlik 
uchun esa ikki elementning vujudga kelishligi taqozo etilgan:
 
a) Rim huquqi bo'yicha nikohga kirishishlik va oila qurish huquqiga ega 
bo'lishlik;
 


b) Barcha mulkiy munosabatlarning sub'yekti va shartnomaviy 
munosabatlarga kirisha olishlik huquqlariga ega bo'lishlik majburiy edi.
 
Rim huquqi to'liq huquqiy layoqatga ega bo'lgan insonlar qatoriga ozod 
bo'lgan, ozod bo'lib tug'ilgan shaxslarni kiritgan. qullar huquqiy munosabatlarning 
sub'yekti sifatida tan olinmasdan, balki ularni ob'yekt sifatida, ya'ni «gapiruvchi 
qurol» sifatida e'tirof etganlar. Qullarning huquqiy holati ashyolar huquqiy holati 
bilan tenglashtirilgan. Hatto, Rim yuristlari «qulchilik bu qadimgi Rim davlatining 
yoki quldorchilik tuzimini boshdan kechirgan barcha davlatlarga taalluqli bo'lgan 
institutdir»  deb, ta'riflaganlar. 
 
Albatta, Rim davlatida ishlab chiqarish munosabatlarining o'sishi, 
rivojlanishi, ayniqsa savdo munosabatlarini kengayishi qullar huquqlarining, ya'ni 
ularning huquq layoqati o'zgarishiga olib kelgan. 
 
Rim fuqarolari va chet el fuqarolari hamda Rim davlatida ozod bo'lgan 
shaxslarning hammasi ham to'liq huquq layoqatiga ega bo'lavermagan. Chunonchi, 
ba'zi ozod bo'lgan shaxslar hech qanday huquq layoqatiga ega bo'lmaganlar. 
 
Ozod bo'lgan fuqarolarning ham Rim davlatining siyosiy, oilaviy va mulkiy 
munosabatlarida to'liq qatnashishligi uchun Rim davlatida yashab turgan, uning 
fuqaroligiga ega bo'lgan, cives romani quirites (sives romani kvirites) huquqiga 
erishgan shaxslar maqomiga ega bo'lishlik talab etilgan. 
 
Chet davlatlardan kelib qolgan ozod bo'lgan fuqarolar siyosiy, oilaviy yoki 
mulkiy munosabatlarda qatnasha olmagan, balki ularni hostis (xostis-dushman) deb 
hisoblaganlar. 
 
Ammo ular pretorlik munosabatlari orqali o'ziga patron ya'ni xo'jayin izlab 
topib, unga mijoz (kliyent) sifatida rasmiylashtirilib, patrondan huquqiy yordam, 
bitimlar tuzishlikda va o'zlarining huquqlarini sudda himoya qilishlikda katta 
yordam olib, xo'jayini ya'ni patroni orqali huquqiy munosabatlarga kirishganlar. 
Bunda patron chet el fuqarosining vakili sifatida emas, balki uning manfaatini 
himoya qiluvchi va o'z nomidan harakat qiluvchi shaxs bo'lib tanilgan. 
 
Rim davlatida yashovchi lotinlar siyosiy huquqlardan mahrum qilingan 
bo'lsada, ularning fuqarolik huquqi normalaridan foydalanishiga to'liq ruxsat 
etilgan, hamda sud ishlari, huquqlarini himoya qilishlik ham xuddi Rim 
fuqarolaridek amalga oshirilar edi. Ayniqsa, 212 yildagi imperator Karakalli 
tomonidan imperiyada yashab turgan barcha fuqarolarga Rim davlatining 
fuqaroligi berilishi va shu fuqarolarning barcha munosabatda rimliklar kabi teng 
huquq va burchlarga ega ekanligining e'lon qilinishi lotinlarning huquqlarini 
yanada kengaytiradi. 
 
Rim davlatida xalqaro savdo munosabatlarining yanada rivojlanishi 
natijasida va fuqarolik-huquqiy munosabatlarining takomillashuvi Rim fuqarosi 


bo'lmagan hamda lotinlarga taalluqli bo'lmagan (lotin bo'lmagan) fuqarolarning 
ham asta-sekinlik bilan huquqlarini kengaytirib peregrinlar bilan teng bo'lgan 
huquqlarga ega bo'lishini ta'minlaydi. 
 
O'z navbatida, peregrinlar siyosiy huquqlardan hamda «Rim nikohi»ga 
kirish huquqlaridan mahrum bo'lsa-da, ular o'ziga xos bo'lgan oilaviy hamda 
mulkiy munosabatlarga kirishishligi bilan Rim fuqarosining huquqiy layoqatiga 
qaraganda, bir muncha chegaralangan huquq layoqatiga ega bo'lganlar. 
 
Imperator Yustinian qonunlari xalqaro savdo munosabatlarining gurkirab 
o'sishligi asosida tovar egalarining millati va boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar, 
mulkdorlar sinflariga yaqin bo'lganligini e'tiborga olib, ularni ham Rim fuqarolari 
deb tanib, teng huquq va burchlarga ega bo'lish imkoniyatini yaratib berdi. 
 
Fuqarolarning to'liq huquq layoqatiga ega bo'lishligiga oilaviy holatining 
ham katta ta'siri bo'lgan. Rimda to'liq huquq layoqatiga ega bo'lgan oila deb  oila 
a'zolarining «ota hukmronligi» institutiga bo'ysunmaydigan, mustaqil hayoti, 
faoliyatini amalga oshiruvchi ittifoqiga aytilgan. Ota hukmronligi institutida 
yashovchi barcha shaxslar uy boshqaruvchisiga, ya'ni otaga bo'ysungan va 
shartnomaviy munosabatlarga kirishganda o'zlari uchun huquq va majburiyatlar 
vujudga keltirmasdan ota uchun vujudga keltirgan, lekin ota majburiyatlarni 
bajarishdan xalos bo'lgan.
 
Biroq shartnomaviy munosabatlarning kengayishi ota hukmronligi ostidagi 
shaxslarning ham ushbu munosabatlarga kirishishligini taqozo etib, ularni bu 
munosabatlarda qatnashishligini ta'minlagan, chunki ota hukmronligi ostidagi 
shaxslarning  harbiy urushlar natijasida ma'lum boyliklarga ega bo'lish, fuqarolik 
huquqiy munosabatlaridan foydalar olish kabi mulkiy huquqlarga ega 
bo'lganligining o'zi, ularni ma'lum bir huquqlar bilan ta'minlashlikni yuzaga 
keltirdi. Lekin Yustinian kodifikasiyasi  otani ya'ni «ota hukmronligi» barcha 
munosabatlarda to'liq asosda huquqiy layoqatga ega deb, uni fuqarolik xususiy 
huquqining sub'yekti deb tan olib, yanada mustahkamladi. 
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin