So'z boshi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
rim huquqi (1)

 
 
4-§.  Yuristlar faoliyati
 
Milodning IIII asrlarida ( miloddan oldingi 17 yildan  melodiy 235 yillarini 
o'z ichiga oladi) sinfiy (prinsipiat) davrda Rim huquqi rivojlanishining juda muhim 
va o'ziga xos manbai - yuristlarning faoliyati bo'lib qoldi. Rim yuristlari, qadimgi 
Rimning  butun  huquqiy  tizimini  izchil  va  yaxlit  rivojlanishining  ta'minlanishiga 
katta  hissa  qo'shganlar.  Rim  yurisprudensiyasi  plebeylar  pontifiki  Tiberiy 
Korunkaniyadan  boshlangan.  U  birinchi  bo'lib,  huquqiy  masalalar  bo'yicha 
konsultasiyalar bera boshlagan. Uning bergan huquqiy  maslahatlari, sof dunyoviy 
xarakter kasb etib, birinchi marta ommaviy va ochiq xarakterga ega bo'lgan. 
 
Sinfiy  davrning  eng  mashhur  yuristlaridan  biri  aristokratlar  oilasidan 
chiqqan  Labeondir.  U  huquqlar  bo'yicha  novator  va  Prokulyanlar  huquq 
maktabining asoschisidir.
 
Sabinyan  huquq  maktabining  asoschilari  Kapiton  va  Sabin  fuqarolik 
huquqining birinchi sharhlovchilari sifatida tanilgan. 
 


Sabinyan  huquq  maktabining  o'qituvchisi  mashhur  Gay  Institusiyasining 
muallifi  Gay,  II-III  asr  yuristlari  Emiliy  Papinian,  Pavel  va  Ulpianlar  huquq 
ijodkorlari bo'lib yetishib chiqqanlar.
 
Huquq  maktablarining  o'qituvchilari  Sabin,  Yulian,  Prokul  va  Selsalar 
mashhur,  yuridik  fanlarni  rivojlantiruvchi,  aholini  huquqiy  madaniyat  bilan 
tanishtiruvchi 
olimlardan, 
ziyolilardan 
hisoblanilgan.Ayniqsa, 
Labeon 
respublikachilar  tarafdori  bo'lib,  u  o'z  maktabiga  hamda  huquq  sohasiga  ko'p 
yangiliklarni  kiritdi,  u  o'zining  so'nmas  iqtidoriga  va  fanlarga,  ilmga  bo'lgan 
ishonchi bilan Kapitondan ajralib turadi.
 
Sivil  huquqlarining  yuqori  darajada  rivojlanishi  imperator  Avgust  davri 
bilan  chambarchas  bog'liqdir.  Imperator  Avgust  tomonidan  kiritilgan  ko'p 
o'zgartirishlar qonun tusiga ega bo'la boshlab, ayniqsa shaxslar huquqlariga, oila va 
meros  huquqiga  va  shartnomalar  javobgarligi  bo'yicha  qat'iy  bo'lgan  normalarni 
kiritib,  bu  huquqni  milliy  huquq  darajasiga  ko'targan.  Shu  davrda  ayniqsa, 
fuqarolik huquqiga beqiyos bo'lgan o'zgartirishlar, to'ldirishlar kiritilgan. 
 
Imperator  Avgust  yuristlar  bilan  munosabatlarini  yaxshilab,  ularni  davlat 
ishlariga,  pretoriyalar  prefektlariga  ko'proq  jalb  qilgan  va  ba'zi  yuristlarni  shahar 
boshlig'i mansablariga  o'tkazgan. 
 
Mashhur  yuristlardan  biri  Sabin  didaktik  asar  -  "Ius  civili"  (fuqarolik 
huquqi)  nomli  3  kitobdan  iborat  bo'lgan  asarni  yaratdi.  Bu  asar  quyidagi 
qismlardan iborat bo'lgan:
 
1.
    
Meros huquqi haqida;
 
2.
    
Shaxslar huquqi:
 
3. Majburiyat huquqi va ashyoviy huquqlar to'g'risida. 
 
Har  biri,  mavzusiga  taalluqli  bo'lgan  ko'pgina  savollar  va  javoblar  bilan 
to'ldirilgan.
 
 II  asrning  mashhur  yuristlaridan  biri  Florentin  yaratgan   institusiya  12  ta 
kitobdan iborat edi.
 
Ayniqsa,  diqqatga   sazovor  bo'lgan  yuristlardan  Selsaning  Digestlari  va 
ularning  sharhlari  39  ta  kitobdan  iborat  bo'lgan,  shuningdek,  eng  kuchli  va 
mashhur  yuristlardan  yana  biri  Yulianning  Digestlari  esa  90  ta  kitobdan  iborat 
bo'lgan. 
 
Bu  asarlardan, Rim  sinfiy  davrining  mashhur  yuristlari  Gay, Pavel, Ulpian, 
Papinianlar  hamda  Yustinian  kodifikasiyasini  amalga  oshirgan  barcha  yuristlar 
foydalanganlar.
 


Yurist  Marsella  tomonidan  31,  Ssevola  tomonidan  40  ta  kitob  hajmida 
Digestlar yaratilgan. 
 
Jahon yurisprudensiyasida o'z o'rnini qoldirgan eng mashhur bo'lgan yurist, 
«ulug'»  yurist  Papinian  ikkita  asar  yaratgan:  birinchisi  37  ta  kitobdan,  ikkinchisi 
«Resronsa»  deb  atalib,  19  ta  kitobdan  iborat  bo'lgan,  bu  asarlardan  Yustinian 
kodifikasiyasida to'liq foydalanilgan. 
 
Ulpian o'quvchisi bo'lgan Modestin ham «Resronsa» degan asar yaratib , u 
ham 19 ta kitobdan iborat bo'lgan.
 
 Respublika  davrining  yuristlari,  sud  amaliyotida  o'zlarining  katta  ta'sir 
doirasiga  ega  bo'lgan  va  ular  sud  jarayoni  masalalari  bo'yicha  mutaxassis 
bo'lganlar.  Huquqiy  javoblarni  aniq  ifodalab,  yuridik  hujjatlarni  sharhlaganlar  va 
shartnomalar  loyihalarini  tuzganlar,  qator  hollarda  sud  jarayonining  o'zida 
tomonlardan  biriga  yordam  ko'rsatib  ishtirok  etganlar.  Respublika  davrining 
yuristlari,  odatda  aristokratlar  doirasidan    senator  zodagonlardan  shuningdek, 
suvoriylardan  ham  chiqqan.  Ularning  ichida  eng  mashhurlari  Eliya  Peta  Kata, 
Mark  Maniliy,  Alfen  Var,  Kvint  Musiy  Ssevola,  Publiy  Musiy  Ssevola,  Serviy 
Sulpisiy, Ruf va boshqalar bo'lgan.
 
Qadimgi  Rim  quldorchilik  davlatida,  yurisprudensiya  o'zining  taraqqiyot 
darajasining  eng  yuqori  cho'qqisiga  chiqdi.  Bu  davrda  xususiy  mulkka  bo'lgan 
huquq qat'iy himoya qilinib, Rim  huquqi nihoyatda ravnaq topdi.
 
Bu  davrlarning  yuristlari,  huquqiy  nazariyaning  va  amaliyotning 
rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Shundan kelib chiqib, II asrni «oltin asr» deb 
ataganlar. Chunki,  II  asrda  mashhur  va  yetuk  yuristlar  o'z  faoliyatlari  bilan  jahon 
tarixida  muhim  yuridik  xazinalar  va  yodgorliklarni  yaratganlar,  bu  xazinalar 
bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
 
Bu vaqtda yuristlar sivil huquqi va pretor huquqining sharhlarini yoritishga, 
shuningdek sivil va pretor huquqini sintez qilishga urinib, turli huquqiy masalalar 
bo'yicha   asarlar,  digestlar  yozishdi  va  bu  faoliyatlari  bilan  katta  shuhrat 
qozonishdi. 
 
Digestlarni  yozishda  yuqorida  ko'rsatilgan  mashhur  yuristlarning  yoki 
boshqa  mualliflarning  ancha  qadimiy  asarlaridan  («Savollar»,  «Javoblar»  va 
boshqalar) parchalardan (ko'chirmalardan) foydalanilgan, shu bilan birga, huquqiy 
materiallar qat'iyan aniq tartibda joylashtirilgan (digesta  «tizimga solingan» degan 
mazmunni anglatishi bejiz emas). Rim yuristlarining asarlari ichida Rim huquqini 
o'quv  maqsadlarida  tizimli  bayon  qiluvchi  institusiyalar  muhim  o'rin  egallagan. 
Ayniqsa, 143 yilgi Gay Institusiyalari juda mashhur bo'lgan. Ularda keng huquqiy 
materiallarning  to'liq,  lo'nda  va  mantiqan  izchil  joylashtirilgan  bayoni  berilgan. 
Gay  Institusiyalari  asosan  fuqarolik  huquqiy  munosabatlarni  hal  qilishga 
bag'ishlangan. Gay Institusiyasi boshqa Rim yuristlarining institusiyalaridan ancha 


to'la  va  aniq  bayon  qilinganligi  bilan  farq  qiladi.  Ularda  fuqarolik  huquqining 
izchil  va  mantiqiy  bo'linishi  berilib,  uni  shunday  deb  ta'riflagan:  «biz 
foydalaniladigan  barcha  huquq  yo  shaxslarga,  yoki  ashyolarga,  yohud  da'volarga 
taalluqli».  Garchi  ko'p  olimlar  Gay  tomonidan  foydalanilgan  tizimni  orginal  deb 
hisoblamasada  ham,  u  huquqni  tushunishda  olg'a  tashlangan  muhim  qadam 
bo'lgan. Bu yerda ilk bor moddiy huquq jarayondan, individual (alohida) huquqlar 
ularni himoya qilish vositalaridan ajratilgan.
 
Yurist  Gay  mashhur  huquq  o'qituvchilaridan  va  iqtidorli  yozuvchilardan, 
o'zining  Institusiyasi  bilan  jahonga  tanilgan.  Rim,  Konstantinopol,  Beyrut 
universitetlarida  uning  mashhur  Institusiyasi  asosida  darslar  o'tilgan,  o'zining 
ziyrak qobiliyati bilan ajralib turgan yuristlardan biri bo'lib hisoblangan.
 
Yurisprudensiyaning  eng  yuqori  rivojlanish  cho'qqisiga  yetishishda  yurist 
Gayning  mislsiz  xizmati  borligini,  uning  yorqin  ovozlari  har  tomondan  jaranglab 
eshitilishi,  asarlarini xalq sevib o'qishini Rimliklar tan olganlar. Gay haqida uning 
tug'ilganligi, familiyasi, qaysi provinsiyada faoliyat ko'rsatganligi noma'lum.
 
Rimda  imperatorlik  boshqaruvining  o'rnatilishi  bilan  yuristlarning  amaliy 
faoliyati    huquqiy  maslahatlar  berishi  faollashgan.  «Javoblar»  deb  nomlangan  bu 
konsultasiyalar  (maslahatlar)  sudyalarga  katta  ta'sir  o'tkazgan. Sudyalar  ko'pincha 
obro'li  yuristlarning  fikrlariga  rioya  qilar  edilar.  Imperator  Avgust  rasmiy 
ahamiyatga ega bo'lgan (ius respondenti) javoblar berishni faqat ma'lum darajadagi 
yuristlarga ruxsat  etib, ularning faoliyatini bir  muncha  yagona  shaklga keltirishga 
harakat  qilgan.  Shundan  asarlari  va  fikrlari  ilgarigidek  huquq  manbai  sifatida 
ko'riladigan sinfiy yuristlarning soni qisqargan. 426 yilgi «O sitirovanii yuristov» 
degan  qonunga  binoan  faqat  beshta  yurist  :  Papinian,  Pavel,  Ulpian,  Gay  va 
Modestinning  asarlari  ko'proq  yoki  yuqoriroq  yuridik  kuchga  ega  ekanligi  tan 
olingan.  Ba'zi  huquqiy  masalalarni  hal  qilishda  ovozlar  teng  bo'lib  qolsa,  unda 
mashhur  yurist  Papinianning  fikri  ko'proq  e'tiborga  olingan.  Imperator  Avgust 
davrida senatga ko'proq chinovnik yuristlar a'zo qilingan bo'lib, ular senat a'zolari 
sifatida yuqori maoshlar bilan ta'minlanib, ularning faoliyati davlat xizmatlari bilan 
tenglashtirilgan.
 
Eng  mas'uliyatli bo'lgan  mansablarga  yuristlar  qo'yilar  ekan, ular  imperator 
nomidanligiga  o'xshash  sud  prosesslarida  qarorlar  qabul  qilganlar,  bu  qarorlar 
yozma  ravishda  berilib,  yuristlarning  o'z  tamg'alari  bilan  tasdiqlanib,  imperator 
devonxonasida saqlanuvchi jurnallarga yozib qo'yilgan.
 
Mashhur  yurist  Ulpian  tomonidan  bir  nechta  qonunlarga,  odat  normalariga 
va  shu  jamiyatdagi  mavjud  bo'lgan  qoidalarga  sharhlar  yaratilgan.  Uning 
yordamchisi  Yuliy  Pavel  esa  Rim  davlatining  oldingi  o'tgan  yuristlarining 
asarlariga o'zining tanqidiy qarashlarini yaratdi. 
 
Mashhur yurist Ulpian voyaga yetmagan imperator Aleksandr Sever davrida 
peretoriya perefekti mansabiga erishib, chinovnik, zodagonlar guruhiga o'tkazildi. 
 


Sudyalar   masala  yuzasidan  yuristlarning umumiy  fikrini  aniqlashlari  lozim 
bo'lgan.  Agar  yuristlarning  o'rtasida  turlicha  fikr  mavjud  bo'lsa,  ko'pchilikning 
fikriga  qaralgan,  agar  ovozlar  teng  bo'lsa  Papinianning  fikri  hal  qiluvchi  deb  tan 
olingan.  Agar  bunday  holda  Papinian  fikr  bildirmasa,  sudya  mustaqil  harakat 
qilishi mumkin bo'lgan. 
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin