So'z boshi


-§. Rim huquqining eksplutasiyaga asoslangan davlatlar huquqining



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
rim huquqi (1)

 
 
2-§. Rim huquqining eksplutasiyaga asoslangan davlatlar huquqining 
rivojlanishidagi roli
 
Qadimgi Rim huquqi insoniyat huquqi tarixida noyob o'rinni egallaydi. U 
antik jamiyatda va umuman butun qadimgi va o'sha davrga nisbatan eng yuqori 
darajada rivojlangan huquqni aks ettiradi. Qachonlardir, Rim huquqini «yozma 
aql» deb ataganlar.
 
Rim huquqi avvalo juda xilmaxil ijtimoiy munosabatlar va hodisalarni g'oyat 
darajada keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi. 
 


U juda katta bilim va yuksak hayotiy tajribalar asosida o'sha davrning 
mashhur olimlari, yuristlari tomonidan yaratilgan.
 
Haqiqatdan ham, Rimda birinchi bo'lib cheklanmagan xususiy  mulkchilik 
huquqi, eng mukammal huquq shakli ishlab chiqilgan va rivojlantirilgan. Bu huquq 
tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqi bo'lib 
hisoblanadi.
 
Tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqini 
oddiy tovar egalari o'rtasidagi muhim huquqiy munosabatlarning hammasi (xaridor 
va sotuvchi, kreditor va qarzdor, shartnoma, majburiyat va hokazo) tafsili bilan va 
juda aniq qilib ishlab chiqilgan. Rim huquqini fuqarolik huquqini o'rganishda asos 
qilib olmoq ham mumkin. 
 
«Bu huquqiy tizimning mukammalligi dunyoga chuqur huquqiy tahlil etish 
va nafis yuridik texnik namunalarini beruvchi yurisprudensiyada ham o'z ifodasini 
topgan»[1]. Rim fuqarolik xususiy huquqida xususiy mulk egalarining mulkni 
egallash, foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog'liq munosabatlari hamda 
ishtirokchilar manfaatlarini himoya qilishning xilma-xil usullarini mohirona va 
ustalik bilan ishlab chiqilgan.  Shaklan milliyligi bilan ajralib turuvchi Rim huquqi 
o'z zamirida juda boy huquqiy madaniyatni vujudga keltirib, u sivilizasiya 
taraqqiyotining keyingi bosqichlarida insoniyatning muqaddas  umumiy boyligi 
bo'lib qolgan. 
 
Rimda birinchi bo'lib yuksak obro', izzat-ikromga ega bo'lgan yuristlar 
jahonda huquqshunoslik (yoki huquq) reseptlarini ishlab chiqdilar, ya'ni barcha 
huquqlar vujudga kelishi, ularning takomillashib borishini hamda kelajakda barcha 
huquq sohalarining rivojlanishini belgilab berganlar.
 
Yuristlar bularni oldindan ko'ra bilganlar, shu sababli qadimgi Rim 
huquqshunoslarini «huquq ijodkorlari» deb atashgan. Bu yuristlarning o'ziga xos 
xususiyati shundan iborat bo'lganki, ular qonunlarni har tomonlama talqin 
qilganlarida ham, huquqlarning kafolatlarini ta'minlashga asosiy e'tiborni 
qaratganlar. 
 
Miloddan avvalgi III asr o'rtalarigacha, dastlab kvirit (fuqarolik) huquqi 
tanho hukmron huquqiy tizim bo'lib kelgan. U o'zining muqaddas xarakteri, ko'p 
darajada an'anaviyligi, qadimgi Rim huquqi (kvirit  fuqarolik) odat normalari va 
marosimlarining bog'liqligi bilan ajralib turgan. Bu xususiyatlar, ayniqsa XII 
Jadval qonunlarida ham o'z ifodasini topganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Kviritlar 
Rimning tub fuqarolari bo'lib hisoblanib, urug'doshlik tizimidan kelib chiqqan 
hamda natural xo'jalik, ya'ni oddiy dehqonchilik davlati, jamoa shartnomalari 
belgilarini o'zida aks ettirgan. 
 
Bu huquq o'z rivojlanishining dastlabki bosqichlarida faqat Rim fuqaroligiga 
ega bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanilgan va Rim fuqarosiga barcha imtiyozlarni 


yaratib berganligi bilan ajralib turgan. Dastlab, kviritlar huquqi Rim fuqarolariga 
ko'p vakolatlar, xususan respublika siyosiy hayotida ishtirok etish, davlat fondidan 
yer uchastkasi ajratib olishlik kabi imkoniyatlarni bergan edi. Bunday huquqlarga 
ega bo'lmagan plebeylar butun ilk respublika davrida patrisiylar bilan huquqlarini 
tenglashtirish uchun kurash olib borganlar. Natijada fuqarolik huquqida ko'zda 
tutilgan barcha imtiyozlardan plebeylar ham foydalanadigan bo'lganlar.
 
Kvirit (fuqarolik) huquqi ilk sinfiy jamiyatning oddiy natural 
munosabatlarini o'zida aks ettirgan. U uzoq vaqt kohinlar-pontifiklar faoliyati bilan 
bog'liq bo'lgan edi. 
 
Rim huquqining taraqqiyotida va uning shakllanishida qohinlar muhim 
o'rinni egallaganlar. Ayniqsa, ular ichida pontifiklar ajralib turgan. Pontifiklar 
ma'lum bir davr mobaynida sud ishlari bo'yicha yuridik faoliyat bilan bog'liq 
munosabatlarni tartibga solib turganlar. 
 
Ijtimoiy munosabatlarning yanada takomillashuvi natijasida, Rim huquqida 
asta-sekin dunyoviy asoslar kuchayib borsada, lekin o'zida ko'pgina dabdabalikni 
va marosimiylikni hamda dastlabki odat normalarini saqlab qolgan. Shu bilan birga 
u talabchanligi bilan, hatto shafqatsizligi, aniq ta'kidlanganligi bilan ajralib turgan. 
Arxaik Rim fuqarolik huquqining o'ziga xos xususiyati mulkiy munosabatlarni, 
birinchi navbatda xususiy mulk huquqini aniq tartibga solganligi bilan ajralib 
turgan. Xususiy mulk huquqi mulk egasining o'z ashyosi ustidan to'la 
hukmronlikni ko'rsatgan. Lekin fuqarolik jamoasi yerlarni va boshqa xo'jalik 
huquqi uchun muhim va oilaviy xarakterga ega bo'lgan mulklarni tasarruf etish 
oliy nazorat qilish huquqini uzoq vaqtgacha o'zida saqlab qolgan. 
 
Kvirit (fuqarolik) huquqida tantanali sud odatlariga yoki sud prosessi o'tkazish 
tartiblariga qat'iy amal qilish katta ahamiyatga ega bo'lgan. Shu bois, bu davrda 
shakl mazmundan, sud jarayoni esa,  moddiy huquqdan ustun turgan. 
Rasmiyatchilik ilk sinfiy jamiyatda hayotning patriarxal tizimining saqlanib 
qolishi va qaytadan tiklanishi uchun yordam beradigan mustahkam huquqiy 
tartibotni ushlab turish shartlaridan biri bo'lgan edi. Lekin u ob'yektiv jihatdan 
faqat xususiy mulkchilik munosabatlarining rivojlanishini to'xtatibgina qolmay 
balki, ijtimoiy va siyosiy hayotning demokratik shakllarini ham to'xtatib 
qo'ygan.
 


Rim quldorlik davlatining fuqarolik huquqi o'zining ijtimoiy mohiyatiga 
ko'ra konservativ xarakterga ega bo'lgan bo'lsa ham, ammo tashqi savdo huquqiy 
munosabatlarning yanada takomillashishi, o'sishi natijasida quldorchilik tizimining 
ehtiyojlari bilan qaramaqarshilikka uchray boshlagan va bu munosabatlarda chet el 
fuqarolariga yoki Rim jamoasi fuqaroligiga ega bo'lmagan shaxslarga ham biroz 
huquqlar berilgan, ya'ni xalqlar huquqlari (ius gentium- yus gensium)ni keltirib 
chiqarganlar. Shunday qilib, biroz chegaralangan holda bo'lsa ham, ozod bo'lgan 
shaxslar va boshqa fuqarolar o'rtasida tenglik vujudga kelgan. Bu tenglikni 
miloddan avvalgi 212 yilda imperator Karakalli o'zining farmoni bilan 
mustahkamlagan. 
 
Rim davlatining asosiy huquqlaridan biri bo'lgan Rim fuqarolik huquqi 
asoslari o'zining individual xarakteri, ya'ni xususiy mulk huquqi institutining 
chegaralanmaganligi bilan, iqtisodda hukmron bo'lgan sinflarga  quldorlarga, 
savdogar boylarga keng huquq va imkoniyatlarni yaratishligi bilan ajralib turgan. 
 
Uning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri  shartnoma institutining keng 
asosda qo'llanilishidir. Shartnomalarning yangi shakllarini ishlab chiqarish, 
amaliyotga tadbiq etish, shartnoma shartlarini real va lozim darajada bajarishlikni 
ta'minlash, ayniqsa shartnoma sub'yektlarining teng huquqliligini e'tirof etish, 
shartnomani bajarmagan shaxsga, ya'ni qarzdorga eng og'ir bo'lgan mulkiy 
javobgarlikni qo'llash asosida kelib chiqqan.
 
Rim fuqarolik huquqi, ayniqsa individualizm (hatto o'zi tomonidan 
o'rnatilgan bo'lib), («ota hukmronligi» institutiga ham o'xshab ketadigan) tamoyili 
nihoyatda mustahkam, o'z huquqlarini va harakat doiralarini mustaqil 
belgilaydigan, o'z mulkiga, oila mulkiga, jamoasi mulkiga oila boshlig'ining 
hukmronligini ta'minlash, faqat o'zi tomonidan mulkni egallash va undan 
foydalanishni belgilash, hatto tasarruf etishning ham o'zi bilan yoki mulk 
huquqining mutloq egasi bilan bog'liq bo'lib, o'z hukmronligi va o'zining manfaati 
orqali amalga oshiriladi. 
 
Individuallik, hatto  uy boshqaruvchiligida, mulk egaligida, quldor 
ekanligida va boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarda va harakatlarda ham 
yaqqol ko'zga ko'ringan.
 
Rim huquqi munosabatlarida ayniqsa, so'zlarni, tushunchalarni o'z joyida va 
maqsadga muvofiq ishlata bilishlik, huquqning aniqlilik darajasi va amaliyot bilan 
bog'liqligi, bulardan tashqari barcha vujudga kelgan munosabatlarning iqtisodda 
hukmron bo'lgan sinfning erki, irodasini va manfaatini ko'zlashligi bilan boshqa 
huquqiy sohalardan farq qilgan.
 
Qadimgi Rim fuqarolik huquqi hozirgi (Angliya va Amerika qonunlaridan 
tashqari) barcha burjua mamlakatlari huquqlaridan, qonunlaridan o'zining quyidagi 
xususiyatlari bilan farq qilgan:
 


a) Rim huquqida huquq ijodkorligi eng yuqori cho'qqiga ko'tarilgan. 
Pretorlar o'z ediktlari orqali yangi qonunlarni, huquqiy normalarni vujudga 
keltirgan. Rim huquqshunoslari har bir masalani (kazusni) hal qilayotgan davrda 
aniq (aniq predmetli bo'lgan) bir fikrga kelib, huquqiy normalarni qabul qilganlar, 
ya'ni ularda «xalqning tirik ovozi» jaranglab turgan. To'g'ri, burjua davlatlarida 
ham kodekslar, konstitusiyalar, novellalar yoki shunga o'xshash qonun to'plamlari 
mavjud bo'lgan, ammo ularning ko'pchiligi aniq (konkret) bo'lgan sud ishlarini 
yoki boshqa huquqiy munosabatlarni ko'rib chiqish asosida vujudga kelmaganlar;
 
b) Burjua davlatlarida, MDH davlatlarida, Sharq mamlakatlarida ham har bir 
sohalar bo'yicha konkret qonunlar, asoslar, kodekslar, ulojeniyalar(tuzuklar) va 
boshqa qonunlar tusiga ega bo'lgan hujjatlar qabul qilingan bo'lsa-da, ammo ular 
abstrakt normalar asosida vujudga kelgan. Rim yuristlari tomonidan qabul qilingan 
qonunlar va normativ hujjatlar amaliyotga yaqinroq asosda bog'liqligi bilan hamda 
Rim yuristlari  fikr, mulohazalari pretorlarning zaruriy  qarorlari asosida 
mustahkamlanib yanada yuqori mavqega ega bo'lgan. Yuristlarning o'zlari ham 
pretor tomonidan qabul qilingan ediktlarning mazmunini, tuzilishini, qonunlar 
talablariga mos holda keltirishlik uchun yordam berganlar va ular obro'sining 
doimo o'sib borishini ta'minlaganlar; 
 
v) Qadimgi Rim fuqarolik huquqi asoslarida konservatizm tamoyili mavjud 
bo'lsa ham, ammo uning tez orada ilg'or, yetuk munosabatlarni, ijobiy harakatlarni 
tezda qabul qilishligi va eski normalar, bugungi vujudga kelgan munosabatlarga 
to'liq javob bera olmay qolsa, yuristlar eski qonunlarni yo'qqa chiqarmasdan, uning 
o'rniga yangi normalarni o'ylaganlar, ba'zan pretorlar orqali o'z ediktlariga 
o'zgartirish kiritish yoki qonunlarni, odat normalarining mohiyatiga ta'sir 
etmasdan, o'zlari qonunlarni to'ldiruvchi, unga qo'shimcha kirituvchi yoki 
o'zgartiruvchi fikrlarni, jumlalarni, takliflarni kiritib, hukmron bo'lgan sinfning 
manfaatini amalga oshirishlikni ta'minlab berganlar.
 
Xuddi shunday qilib, sivil mulki qatorida bonitorlar yoki pretorlar mulki, 
fuqarolik asosida meros qoldirish, vorislik munosabatlarini hal etish bilan 
birgalikda meros huquqiy munosabatlarini tartibga solishda pretor tizimi ham 
yordamga keldi. 
 
Rim fuqarolik huquqi  xususiy huquq sifatida doimo izchil asosda, eski 
normalarning o'rniga yangi qonun qoidalarni kiritib, amaliyot bilan uzviy 
bog'langan «xalqning tirik ovozi»ni e'tiborga olib rivojlangan huquq tizimi sanalib 
jahon tarixining huquqiy elementi sifatida o'z o'rniga egadir.
 
Yuqorida qayd qilinganidek, Rim huquqi  qadimgi quldorlik jamiyatining 
dastlab yagona rivojlangan huquq tizimi bo'lib e'tirof etilgan. 
 
Rim huquqi quldorlik tuzumining iqtisodiy asosini mustahkamlashda, 
qullarning yoki boshqa shaxslarning mehnatidan foydalanishda, yirik xususiy 
mulklarning vujudga kelishida va tovar pul munosabatlarining rivojlanishida 


muhim rolni o'ynagan bo'lsa ham, ayniqsa uning huquq resepsiyasi sifatidagi 
funksiyasi hozirgi vaqtga qadar davom etib kelmoqda. Rim fuqarolik xususiy 
huquqining huquq resepsiyasi shundan iborat bo'lgan-ki, quldorchilik hamda 
feodalizm ijtimoiy  iqtisodiy formasiyasining vujudga kelishligida, feodal va 
burjua huquqiy munosabatlarining rivojlanishida asosiy manba bo'lib hisoblangan. 
Bu huquq resepsiyasini qo'llashlikda jahon mamlakatlari quyidagi asoslardan kelib 
chiqqan va chiqmoqda, ya'ni Rim xususiy huquqining huquqning rivojlanishdagi 
roli ikki holat bilan izohlanishligi: 
 
1.
        
Rimliklar birinchi bo'lib, cheklanmagan xususiy mulkchilik huquqini 
ishlab chiqqanlar va rivojlantirganlar;
 
2.
           
Bu huquqda shartnoma masalalari atroflicha ishlab chiqilib, turli xil 
shartnomalar (oldi-sotdi, qarz, zayom va boshqa) munosabatlarning 
barchasi tartibga solingan.
 
 Rim xususiy huquqi odatlar, an'analar, qonunlar, senatorlarning qarorlari, 
senatus-konsultlar, magistrlarning ediktlari, farmoyishlari, farmonlari, 
imperatorlarning konstitusiyalari, Rimning ko'zga ko'ringan yuristlarining 
asarlari, yangitdan ijod etgan normalari va qoidalari asosida vujudga 
kelganligini e'tirof etganlar.
 
Dastlab, Rim fuqarolarining huquqiy holati Rim xalqining ya'ni kviritlarning 
an'analari, dini, urf-odat normalari bilan chambarchas bog'liqligi, hatto kviritlarga 
berilgan imtiyozlardan kelib chiqqan holda aniqlangan, shuningdek, plebeylarning 
o'ziga xos bo'lgan odat normalari, turmush an'analari, qoidalarining mavjudligini 
va xalqlar huquqlarining vujudga kelishini ham e'tiborga olib Rim huquqining 
resepsiyasidan foydalanganlar. 
 
Haqiqatdan ham, XII asrlardan boshlab, G'arbiy Yevropa mamlakatlari va 
boshqa mamlakatlar o'zining savdo-sotiq, sanoat va boshqa sohalarining yanada 
rivojlanishi natijasida o'zaro hamkorlikni, shartnomaviy munosabatlarni ko'proq 
amalga oshirish imkoniyati zaruriyatga aylandi. Bu esa yangi huquqiy ustqurmaga 
asoslanishlikni talab etar edi.
 
Ko'pchilik davlatlarning munosabatlari davlatlararo huquqiy munosabatlarni 
talab etib, ilgarigi odat huquqiy normalari chegarasidan chiqishlikni, aynan bu 
odat normalari ijtimoiy rivojlanish uchun to'siq bo'lib qolganligi, ulardan chiqib, 


yangi huquqiy normalarga asoslanishni taqozo etdi va bu huquqiy normalar  
Rim xususiy huquqi timsolida tashkil topdi.
 
Rim xususiy huquqi Rim davlatining ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishining 
yanada takomillashgan davrida o'zining milliyligi, hududiyligi, hamda odat 
normalaridan holi bo'lganligidan va barcha xalqlar o'rtasidagi ho'jalik huquqiy 
munosabatlarni tartibga sola olishligi bilan farq qilib, bir necha davlatlar o'rtasida 
qo'llana olishligi mumkin bo'lgan davlatlararo yoki davlatlar uchun «umumiy 
huquq» asosida tan olina boshlandi. 
 
Rim davlatining xususiy huquqi Rim davlatining yemirilishi oqibatida bir 
necha yuz yillar o'tgandan so'ng, feodal va burjuaziya huquqiy munosabatlarining, 
ayniqsa Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari huquq sohalarining vujudga 
kelishligi uchun ham poydevor bo'lib hizmat qildi. 
 
Darhaqiqat, bu davlatlarning huquqini rivojlantirishda asosan Rim xususiy 
huquqining resepsiyasi kuchli bo'ldi. Ayniqsa, huquq resepsiyasi Germaniya 
huquqida to'liq o'z ifodasini topdi, ya'ni Germaniya «Muqaddas Rim imperiyasi» 
degan nomni o'ziga o'tkazib oldi. XVII-XIX asrlarda Angliya, Fransiya va boshqa 
ko'pgina g'arbiy mamlakatlarda ko'p sonli qonunlar qabul qilindi. Bulardan eng 
muhimi va eng mukammal qonunlar deb XIX asr boshlarida Napoleon davrida 
Fransiyada qabul qilingan fuqarolik va jinoyat kodekslarini tilga olsak bo'ladi va 
ularda Rim huquqining ta'siri katta edi[1].
 
Napoleon Bonapart esa davlatga kelishdan oldin, Rim imperiyasida 
qo'llanilgan konsul, birinchi konsul mansablariga erishishlikni orzu-havas qilgan. 
Boshqa davlatlarda senatning tashkil topishi, imperator titulining ko'p davlatlarda 
qo'llanishligi Rim quldorchilik davlatining xususiy huquqi tomonidan erishilgan 
yutuqlarning boshqa mamlakatlar tomonidan qabul qilib olinishining ifodasi edi.
 
Albatta, feodal va burjua huquqlari rivojlanishida,  Rim xususiy huquqiga 
asoslanishida ba'zi bir to'siqlarga uchrab,  huquqiy normalarni yangi vujudga 
kelgan ijtimoiy munosabatlarga moslashtirib olishlik bilan amalga oshirildi. Bu 
davrda Rim huquqini nazariy asosda ishlash bilan birgalikda  uni zamon talabiga 
moslashtirish, hayot tajribasi asosida uning resepsiyasini qabul qilish, 
modifikasiyani amalga oshirish, zamonaviy fuqarolik oborotini huquqiy tartibga 
solishlik uchun harakatchan huquqqa aylantirish vazifasi kun tartibida turardi. 
Shunday harakatlardan biri sifatida  Germaniyada XVI-XVII asrlarda Pandektlar 
huquqi va sistemasi vujudga keldi. Rim huquqining ba'zi  normalarini  biroz bo'lsa-
da,  mazmunan buzgan holda  «Zamonaviy Rim huquqini» (modernus 
Pandectarum - modernus Pandektarum) vujudga keltirdi. Rim huquqining 
manbalariga qayta sharhlar, rasmiy bo'lmagan qayta ishlashlar amalga oshirila 
boshlandi[1].
 


Rim xususiy huquqi butun jahonda universitetlar, institutlarda «Rim huquqi 
tarixi», «Rim xususiy huquqi», «Rim fuqarolik huquqi» degan nomlar bilan 
o'qitilyapti. Hatto birlashgan Germaniyada Pandektlar tizimi bilan Gay  
Institusiyalari alohida fan sifatida o'qitiladi. Afrika, Sharqiy Osiyo, Shimoliy 
Amerika davlatlarida, Xitoy Xalq Respublikasida, Kuba Sosialistik Respublikasida 
va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida universitetlar o'quv rejalariga «Rim xususiy 
huquqi»ni kiritganlar.
 
G'arbiy Yevropa mamlakatlarida Rim xususiy huquqi fuqarolik va savdo 
huquqiy sohalari qonunlarini ishlab chiqishlikda, ularni takomillashtirishda 
normativ asos sifatida ishlatib kelinmoqda. 
 
Sharqiy Amerika mamlakatlarida esa, Rim xususiy huquqi o'zining 
fuqarolik, savdo va boshqa iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda o'zining 
asosiy manbalari bilan qo'shimcha manba sifatida qo'llanilmoqda.
 
  Shunday qilib, yangi vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar, ishlab 
chiqarish munosabatlari yangi huquqiy normalarga asoslanishni taqozo etdi va 
XVII  XIX asrlardagi burjua fuqarolik huquqining rivojlanishiga Rim xususiy 
huquqi ham nazariy, ham amaliy  huquqiy asos bo'ldi. 
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin