Sana………………………imzo………………………
10-LABORATORIYA ISHI. ALUMINIY GIDROKSIDINI OLISH, UNING KISLOTA VA ISHQORLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRLASHUVINI O‘RGANISH.
Maqsad:laboratoriya sharoitida aluminiy gidroksidini olish, uning kislota va ishqorlar bilan o‘zaro ta‘sirini o‘rganish.
Jihozlar: indikator qog‘ozi (1), shisha stakan (2), tomchi analizi uchun to‘pi am (3), shpatel (4), shisha tayoqcha (5), probirkalar P-16 (6), pipetka(7), polipropilen stakan 150 ml (8), plastik taglik (9), elektron tarozi,.
Reaktivlar:aluminiy xlorid tuzi, xlorid kislotaning 2 N eritmasi, natriy gidroksidning 2 N eritmasi.
Ishni bajarish tartibi: Probirkaga pipetka yordamida 5 ml suv solinadi.
Tarozida 1-2 g aluminiy xlorid tortib olinib, probirkadagi suvga qo‘shiladi.
Probirkadagi eritma yaxshilab aralashtiriladi.
Probirkadagi eritma ustiga natriy gidroksid (NaOH) eritmasidan ehtiyotkorlik bilan (cho‘km; hosil boigunga qadar) shoshilmasdan tomiziladi. Eritmaga indikator qog‘ozi botirib olinadi.
Cho‘kma 2 ta probirkaga ajratiladi.
6. Birinchi probirkaga xlorid kislota eritmasidan pipetka yordamida2-3 tomchi tomiziladi.
eritmaga indikator qog'ozi botirib olinadi.
7.Ikkinchi probirkaga - natriy gidroksid eritmasidan pipetkayordamida2-3 tomchi tomiziladi (cho‘kma to‘liq erib ketgunicha). Eritmaga indikator qog‘ozi botirib olinadi.
Hodisalar kuzatiladi.