Sport faoliyati



Yüklə 409 Kb.
səhifə10/12
tarix05.04.2023
ölçüsü409 Kb.
#93756
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1Lazizjon diplom ishi

4. Xavsizlik texnikasi


Jismoniy tarbiya o’qituvchisi harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishda quyidagi asosiy vazifalarni nazarda tutishi lozim: 1. O’qituvchilarning jismoniy jihatdan normal o’sishlariga, salomatliklarining yaxshilanishiga, chiniqishlariga, organizmlarining va umumiy ish qobiliyatlarining o’sishiga yordam berish. 2. O’quvchilarga harakar faoliyatining xilma-xil sharoitlarida erkin harakat qila olish imkonini beradigan zaruriy bilimlar berish va ularda kerakli harakat malakalari hosil qilish. 3. O’quvchilarda turmush faoliyatiga yordam beradigan aqliy va irodaviy xislatlar tarbiyalash. 4. O’quvchilarda turli o’yinlarga, jismoniy mashqlarga, shuningdek, rejimga rioya qilishga qiziqish uyg’otish. 5. O’quvchilarda harakatli o’yinlarni mustaqil ravishda tashkil qilish va o’tkazish uchun zaruriy bilim va malakalar hosil qilish. O’qitish jarayonida bunday vazifalarni amalgam oshirish bilan bir qatorda o’quvchilarda ahloq normalarining tarkib topishi, shuningdek, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarining ham bajarilishiga erishish lozim. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda o’qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi roli juda mas’uliyatlidir. O’yinni o’rgatish jarayoni shunday uyushtirilishi kerakki, unda bolalarga o’zaro o’rtoqlarcha munosabatda bo’lish, vatanparvarlik, ijtimoiy foydali mehnatga to’gri munosabatda bo’lish tuyg’ulari singdirilsin. O’yinni to’g’ri tanlash va o’quvchilar bilan uni to’g’ri o’tkazish juda muhim ahamiyatga egadir. Ammo o’yinni tanlash va o’tkazishning o’zi hamma vaqt ham tarbiyaviy vazifalarni hal qilavermaydi. Tarbiyaviy ish sohasida yaxshi natijaga erishish uchun o’qitish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish zarur. Bunda harakatli o’yinlar tashkil qilinishi va o’tkazilishining doimo tarbiyaviy xarakterga ega bo’lishi juda muhimdir. O’yin rahbari bolalar jamoasini yaxshi bilgan, har o’tkaziladigan o’yinning mazmun va qoidalari bilan mufassal tanishgan, o’qitish jarayonida esa yuksak pedagoglik mahoratni namoyish qila olgan taqdirdagina har bir o’yinni ta’lim-tarbiya nuqtai nazaridan to’g’ri yo’lga qo’yishi mumkin. Bolalar o’yin jarayonida o’z xarakterlari va shaxsiy xususiyatlarini namoyish qiladilar. Bu o’qituvchi uchun bolalarning turli xislatlari bilan tanishish hamda ularning uyushqoqsizlik, o’ta ta’sirchanlik, o’yin qoidalarini buzish kabi salbiy xislatlarining o’z vaqtida oldini olish imkonini beradi. Bu bilan o’qituvchi o’yinni muayyan yo’lga solib, o’quvchilarda sofdillik, mardlik, o’zaro o’rtoqlik munosabatida bo’lish hamda jamoa oldida o’z burchini sezish tuyg’ularini tarbiyalaydi. Shu bilan birga, o’qituvchi bolalarning o’yin qoidalarini buzmagan holda ijodiy tashabbus ko’rsatishlariga har jihatdan yordam beradi. Ba’zan o’qituvchi o’z oldiga hal qilinishi qiyinroq bo’lgan vazifani, masalan, o’quvchilarga basketbol va boshqa o’yinlardagidek to’pni uzatish va ilib olish, savatga tashlash, yerga uriburib to’gridan va yo’nalishni o’zgartirib olib yurishni o’rgatish vazifasini qo’yishi mumkin. Demak, bolalar uchun harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish jarayoni tarbiyaviy xarakterga ega bo’lishi kerak. Harakatli o’yinlarni o’rgatish metodikasi qanday bo’lishi lozim? Bunda o’yin rahbari nimalarga e’tibor berishi kerak? O’qituvchi o’yinlarni o’rgatish jarayonida didaktik prinsiplardan fotdalanishi va ularning doimo amalgam oshirilishiga erishishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarga har bir o’yinni o’rgatish paytida o’yinning mazmuni, vazifalari va qoidalarini tushuntirib beradi. O’yinga ongli munosabatda bo’lish, uni to’g’ri o’rganib olish, o’z xatolari va muvaffaqiyatlarini to’g’ri tushunish va o’zining harakatlarini o’rtoqlarining harakatlariga bog’lab tahlil qilish imkonini beradi. O’yin yoki ayrim mashqlarni o’rganishda o’qituvchiga ko’r-ko’rona taqlid qilaverish yaramaydi. O’qituvchi tomonidan o’rgatiladigan va o’quvchilar tomonidan tushunib qilinadigan harakatlar bolalarda tashkilotchilik ko’nikmalarini tarbiyalashga yordam berishi kerak. Bunga o’yinni o’tkazish uchun o’quvchilardan hakamlar va hakam yordamchilari tayinlash yo’li bilan erishiladi. O’qituvchi bolalarga o’ynatiladigan o’yinlar biror maqsadga erishishda muayyan qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lishi uchun o’yin jarayonida bajariladigan har bir vazifaning amalgam oshirilishiga erishishi va to’siqlarning qanday yengilayotganiga qarab, ularni murakkablashtirib borishi zarur. Bu bolalarni mehnatsevarlikka o’rgatadi, ularning irodasini mustahkamlaydi. O’qituvchi o’yinni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish jarayonida o’yinning konkret vazifalarini belgilab chiqadi. Bu vazifalar bolalarning yoshiga to’g’ri keladigan, ya’ni ular bajara oladigan bo’lishi kerak. O’yinni tashkil qilish va o’tkazishda o’quvchilarni imkon boricha tashabbus ko’rsatib o’ynaydigan o’yinlarda tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo’lgan aktiv kishilar tarbiyalanadi. Belgilangan maqsadga erishish uchun o’rtog’iga yordam berish, mustaqil ravishda yoki o’rtoqlari bilan birgalikda darhol qaror qabul qilish – ijodiy tashabbuskorlikdir. Agar bolalar o’yinni ilgariroq o’zlashtirib olgan bo’lsalar, o’yin paytida ularning aktivligi yanada ortishi mumkin. O’yin paytida bolalarning aktivlik ko’rsatishi o’qituvchining bu o’yinni o’tkazishga qanchalik tayyorlanganligiga ham bog’liq bo’ladi. O’qituvchi o’yinni aniq va Ravshan tasavvur qilishi, o’yin paytida o’ynovchilar o’rtasida bo’ladigan o’zaro munosabatni tushunishi lozim.


Yüklə 409 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin