Ma’ruza: 15. Atsiklik sport turlarining fiziologik tasnifi.
Reja:
1.Ogir atletikachilarda somatikfunksiyalarininguzgarishi
2.Ogir atletikachilarda vegetativ funksiyalarininguzgarishi
3.Statik kuchlanishlar yoki Lingard fenomeni haqida tushuncha
Jismoniy sifatlar-kuch, tezkorlik, epchillik va egiluvchanlikni rivojlantirishda shtanga bilan shugullanish muxim axamiyatga ega.Sportning bu turidagi mashklar shaxsan kuch bilan bajariladigan xarakatlar atsiklik bO‘lib, shtangani kO‘tarish dinamik ish, uni kO‘krak balandligida yoki yuqoriga uzatilgan qo‘llarda tutib turish statik kuchlanishlardan iborat. Ogir atletika bilan shugillanish organizmga O‘ziga xos ta’sir kO‘rsatadi.
Ogir atletikachilar past bo‘yli, ko‘krak qafasi keng , elka kamari yaщshi rivojlangan , qo‘l oyoqlari nisbatan qisqa bO‘ladi. Muntazam mashq qilish natijasida tananing yon tomonga rivojlanishi , ya’ni yO‘gonlashishi yuzaga keladi. Muskullar gipertrofiyalanishi bilan muskul massasi ortadi yog kamayadi. SHu bilan birga aytish kerakki muskul щajmining ortishi va yogning kamayishi щar xil vazn kategoriyalarida turlicha bO‘ladi. Dalillarga kO‘ra ogir vazinlilarning ikkinchi qismidagi atletlarda muskul va eng ko‘p yog bo‘ladi. YUqori natijaga erishishda asosiy muskullar guruxining kuchi ortishi muhim ahamiyatga ega, ya’ni ogir atletikachilarda tana, elka, bilak, son va boldirning yozuvchi muskullari kuchi asosiy rol o‘ynaydi. Bukuvchi muskullar kuchining o‘zgarishi unchalik axamiyatga ega emas .
Umuman ogirliklarni ko‘tarish bilan shugillanish harakat apparatining morfofunksional jihatdan rivojlanishiga olib keladi(9-rasm) natijada kuch va umumiy ish qobiliyati ortadi. Biroq jismoniy sifatlar, ayniqsa kuchni rivojlantirish uchun ogirliklarni ko‘tarishda har bir sportchining ish qobiliyatini щisobga olgan щolda optimal yukni belgilash, fiziologik qoidaga rioya qilish zarur.
Muskul kuchining ortishi faqat harakat apparatining rivojlanishiga bogliq bo‘lmay, balki harakat apparati ishini boshqaradigan markaziy nerv sistemasi xolatiga, uning muskullar faoliyatini boshqarishga xam bogliq. Markaziy nerv sistemasi щamma fiziologik sistemalar faoliyatini me’yoriy boshqarish uchun ularga yuboriladigan nerv impulslarining kuchi va sonini aniq belgilagandagina maksimal kuch yuzaga keladi.
Energiya almashinuvi. Ogir atletika bilan shugillanishda energiya sarfi bajariladigan ish щajmiga bogliq. Nisbiy tinch щolatda ogir atletikachilardagi energiya sarfi sport bilan shugillanmaydigan shaxslarga nisbatan 2,4% kam bO‘ladi. Jismoniy chiniqqanlik ortgan sari energiya sarfining tejamligigi ko‘payadi va energiya sarfi kamayadi. Mashq qilish jarayonidagi energiya sarfi shtangani kutarish usullariga xam bogliq bO‘ladi. Sportchi ko‘krak balandligida ushlab turgan shtangani yuqoriga ko‘tarishida eng ko‘p energiya sarflanadi (15,5 kkal. atrofida). Turli vazndagi sportchilar shtanga bilan turli mashqlar bajarishida bO‘ladigan energiya sarfini quydagi jadvaldan kO‘rish mumkin. (1-jadval).
Jadvaldagi dalillardan ma’lumki shtangachining vazni ortishi bilan uning mashq uchun sarflaydigan energiya miqdori щam ortib boradi, chunki bajariladigan ish щajmi xam kO‘paya boradi. Ogir vaznli shtangachilar shtangani kO‘tarishda (jimda) engil vazinlilarga nisbatan uch martta kO‘p energiya sarflaydilar. YUqori malakali shtangachilarning bir martada mashq qilish mashgulotlaridagi energiya sarfi 700-900 kkal.ni tashkil etadi. Mashq qilishning ayrim davrlaridagi щalqaro klassdagi sport ustalarining energiya sarfi 1500 kkal.ga borishi mumkin.
1-jadval
Ogir atletikadagi ba’zi bir mashqlar bajarilishidagi energiya sarfining vazn kategoriyalariga bogliqligi (kkal bilan), (N.N.Saksonov bO‘yicha, 1970)
Dostları ilə paylaş: |