157
GLOSSARI
1 Millim xalq harakatli o`yinlari -
asosan obrazli o`yinlar
tarkibiga mansub bo`lib, ularning mazmunida xalq milliy an`analari,
rasm-rusumlari, milliy qadriyatlar, udumlar va hokazolar namoyish
etiladi hamda o`zlashtiriladi.
2 Umumxalq harakatli o`yinlari
- ushbu yo`nalishga doir o`yinlar
mazmunida turli xalq va elatlar hayot tarixida shakllanib kelgan o`ziga
xos milliy qadriyatlar, an`analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar aks
ettiriladi.
3 Harakatli o`yinlar -
qisqa ma’noda tabiiy, hayotiy zarur harakat
ko`nikmalari va malakalari, turli taqlidiy – o`xshatma harakatlardan
iborat bulib, jismoniy ruhiy va sportga xos xislat hamda sifatlarni
shakllantirishga xizmat qiladi?
4 Harakatli o`yinlar -
keng ma’noda insonning dunyoqarashi, ong,
xotira, diqqat, idrok, tafakkur, iroda kabi psixofiziologik hislarni
shakllantiradi. Jasurlik, matonat, qahramonlik, o`zaro yordam, hurmat va
izzat, odob-ahloq, madaniyat, birdamlik, hamkorlik, hamjixatlik,
xalqparvarlik, tabiat va ekologik muhitni e’zozlash kabi milliy va
umumbashariy qadriyatlar sayqal toptirishga xizmat qiladi.
5 O‘yin -
ongli faoliyat bulib, musobaqa tariqasida o`tkaziladigan
vaziyatni harakatlardan tashkil topadi va turli vazifalar, yechimlar,
topishmoqlar, jumboqlarni hal etishga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: