Sportda doping nazorati



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

O‘Z VAQTIDA ANIQLASH
juda qiyinlashadi. Undan tashqari, stimulyatorlarni 
isteʼmol qilganda uyqu buzilishi, xaddidan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik, 


36 
tashvishlanish xissining oshib borishi, arterial qon bosimining ko‘tarilishi, turli 
vegetativ buzilishlar (yurak sohasidagi og‘riqlar, puls miqdori oshishi, yurak ritmi 
buzilishi) paydo bo‘ladi. 
Shu guruhning eng ommabop preparatlarning biri kofein sanaladi. U, albatta, 
og‘ir toksik taʼsir ko‘rsatmaydi. Uning nojo‘ya taʼsiri katta dozalarni qabul 
qilganda namoyon bo‘ladi (200-500 mg va undan yuqori). Solishtirish uchun: 180 
ml eritiladigan kofe tarkibida 60-100 mg, 180 ml maydalangan kofe tarkibida esa 
100-150mg kofein mavjud. Peshobda 15 ml/l dan ko‘p miqdorda kofein aniqlansa, 
HOQ sportchini doping isteʼmol qilganida ayblaydi, shu bilan birga 2 piyola 
(chashka) kofe ichilganda, peshobda kofein miqdorida 6 ml/l dan yuqoriga 
ko‘tarilmaydi. Kofein katta dozada adashuvchi nervlar (n. vagus) markazlarini 
qo‘zg‘atish orqali markaziy asab tizimiga o‘ta faollashtiruvchi (giperstimulyatsiya) 
taʼsir ko‘rsatib, asab tolalarining charchashiga, yurak faoliyatida turli buzilishlar 
paydo bo‘lishiga (yurak sohasidagi og‘riqlar, qon bosimining ko‘tarilishi, pulsni 
tezlashishi) olib keladi. Shuningdek, oshqozon-ichak tizimida turli buzilishlar 
vujudga kelish ehtimoli mavjud: qabziyat, qayt qilish, najasni suyuqlashishi, ko‘p 
miqdorda va tez-tez peshob ajralishi. Kofeinning toksik dozasi – 1 g, letal (o‘limga 
olib keladigan) dozasi – 20 g ni tashkil etadi. 
Yana bir ommabop preparat – efedrin va tarkibi bo‘yicha unga yaqin bo‘lgan 
kimyoviy moddalar (izadrin, berotek, salbutamol va b.) 
Efedrin – efedra o‘simligi turlaridan ajratib olinadigan alkaloid bo‘lib, undan 
ruhiyatni faollashtiruvchi va nafas olishni yaxshilovchi (bronxlarni kengaytirish 
xususiyatiga ega bo‘lgani sababli) vosita sifatida foydalaniladi. Lekin shiddatli va 
uzoq muddatli jismoniy yuklamalar fonida o‘tkir zaharlanish belgilari kuzatila 
boshlaydi: o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik va jizzakilik, ko‘z qorachiqlarining kattalashishi, 
arterial bosimining ko‘tarilishi, pulsning tezlashishi. Bunday taʼsir 3-4 soat 
mobaynida saqlanib turib, keyinchalik keskin lanjlik, bo‘shashish, “zaiflik”, 
xafachan kayfiyat bilan almashadi, ishtahaning susayishi uzoq muddat saqlanib 
turadi, uyquga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qoladi. Efedrin xuddi kofein singari yog‘lar va 
mushak glikogenini sarflanishini kuchaytiradi – ularning “yog‘ yoquvchi” taʼsiri 
shunga asoslangan. Inyeksiya orqali kiritilgan preparatning taʼsir ko‘rsatish 
muddati 1-1.5 soat bo‘lsa, og‘iz orqali ichishda 3-4 soatni tashkil etadi. 
Fenamin (amfetamin) – markaziy asab tizimiga o‘ziga xos taʼsirga ega 
preparat. Chidamlilik va portlovchi kuchni oshiruvchi, charchoqni oluvchi vosita 
sifatida uxrat qozongan. Markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish jarayonlarini 
kuchaytiradi, quvvat kupayishi va ishchanlik oshishi xissini uyg‘otadi. Efedrindek 
maxalliy tomirlarni qisqartirib, arterial bosimni oshiradiadi, pulsni tezlashtiradi, 
natijada bosh aylanish, uyqu buzilishi, xalovatsizlik, keskin qo‘zg‘aluvchanlik, 


37 
yurak sohasidagi og‘riq bezovta qilishni boshlaydi. "Qayta zarba fenomeni" 
rivojlanadi – yaʼni preparatning taʼsir etish muddati tugagach umumiy lanjlik
“zaiflik”, o‘ta charchoqlik, depressiya xolati, shuningdek dispepsiya buzilishi 
(najas ajralishining buzilishi) kuzatiladi. Amfetamin taʼsirida modda almashinuvi 
jarayonining tezlashishi, quvvat zahiralarini ko‘p miqdorda sarflanishi glikogen va 
yog‘lar zahirasini favqulotda kamayishiga olib keladi. Toksik doza 15-30 mg, letal 
doza esa 400-500 mg ni tashkil etadi. Amfetamin jismoniy ish vaqtida organizm 
termoregulyatsiyasini izidan chiqaradi, shu sababli uni isteʼmol qilgan shaxslarda 
ko‘pincha issig‘i oshishi, yurak-qon tomir kollapsi, to‘satdan o‘lim xolati sodir 
bo‘ladi. 
Anabolik steroidlar testosteron va unga oid moddalarni ishlab chiqarish 
maqsadida 50-60 yillardan boshlab qo‘llana boshlandi. Ungacha ko‘plab 
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 1935 yili androgenlarning kastratsiya qilingan 
itlar organizmida azot muvozanatini ijobiy qilish orqali xayvonlarning tana vaznini 
oshirishi xususiyati aniqlangan edi.
Anabolik steroidlar va boshqa anaboliksimon gormonal vositalar quyidagi 
asosiy guruhlarga bo‘linadi: 

androgenlar 
(erkaklar 
jinsiy 
gormonlari): 
testosteron, 
testenat, 
metiltestosteron va b. 
- sintetik anabolik vositalar: metan, nerobol, vinstrol va b. 
- somatotrop gormon (o‘sish gormoni). 
- gipofizar gonadotrop gormon (xorionik gonadotropin). 
Steroidlar mushakka inyeksiya qilish yoki og‘iz orqali tabletka shaklida 
isteʼmol qilinadi. Inyeksiya qilinganida modda bevosita qonga tushadi, tabletka esa 
avval oshqozon-ichak tizimidan jigarga, undan o‘tib qonga so‘riladi va qon 
tomirlari yordamida ko‘plab steroid molekulalar butun tanaga tarqaladi. 
Molekulalarning har biri maxsus oqsil molekulalar bilan birikadi. Lekin har 
bir organizmda bu oqsil molekulalarning soni turlicha bo‘lib, ular genetik (tug‘ma) 
omillarga bog‘liq. Shu sababli ayrim shaxslar anaboliklarni xovuchlab isteʼmol 
qilsa ham, samara deyarli bermaydi, boshqalarda esa aksincha, minimal 
dozalarning o‘zida keskin “o‘sish” surati kuzatiladi. Anabolik steroidlarning xavfli 
tomoni shundaki, steroid va oqsil molekulalar majmuaga birikib, xujayraning 
yadrosiga yo‘l olib, DNK tuzilmasini o‘zgartiradi. Buning oqibatida organizmda 
ko‘plab biokimyoviy reaksiyalar kuchga kirishib, ularning asosiysi – o‘zgargan 
RNK sintezining kuchayishi sababli organizmning funksional xolati o‘zgaradi. Eng 
katta o‘zgarishlar mushak to‘qimalarida kuzatilib, ularda oqsil sintezi kuchayadi va 
shiddatli mashg‘ulotlar bilan birgalikda bu jarayon mushak tolalarining ko‘ndalang 
o‘lchamida o‘sishi bilan ifodalanadi. 


38 
Anabolik steroidlar kortizol retseptorlarini bloklashi natijasida organizmda 
ishlab chiqadigan kuchli katabolik gormon kortizolning faolligi yo‘qolib mushak 
xujayrasida esa oqsil saqlanib qoladi. Anabolik steroidlar taʼsirida mushak 
xujayrasida kreatinfosfatning sintezi kuchayadi, bu modda ATF ni tiklashda 
muhim o‘rin egallaydi. Maʼlumki, ATF – barcha mushak xarakatlarining asosi 
bo‘lib, mushak xujayrasi har qanday ish bajarishi uchun “yoqilg‘i” hisoblanadi. 
Anabolik steroidlar insulin ishlab chiqilishini ham kamaytiradi. 
Anabolik steroidlarni isteʼmol qilishda kuzatiladigan gipoglikemik effekt 
qondagi glyukozani glikogenga aylantiradigan oshqozonosti bezining maxsus beta-
xujjayralar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, anabolik steroidlar 
glyukozani xazm bo‘lishini kuchaytirib, uni aminokislotalardan xosil bo‘lishiga 
yo‘l qo‘ymaydi. Anabolik steroidlar isteʼmol qilinganda yog‘lar energetik modda 
almashuvida ko‘p miqdorda ishtirok etishi tufayli yog‘ning organizmdagi foiz 
ko‘rsatkichi ham qisqaradi. Anabolik steroidlar organizmga “mo‘jizakor” taʼsir 
ko‘rsatadi: steroid preparatlarni qabul qilgan sportchilarning ko‘pi bo‘g‘imlar va 
paylarda og‘riq qolganini, qonda xolesterin miqdori pasayganini, organizmning 
gipoksiyaga (kislorod yetishmovchiligi) chidamliligi ortganini (kislorodning 
o‘zlashtirilishi kuchayishi va eritrotsilarda gemoglobin miqdori ko‘payishi 
hisobiga) taʼkidlaydi. Anabolik steroidlar vena tomirlari bo‘ylab qon aylanishini 
yaxshilaydi, xarakatdagi mushaklarga qon oqimini kuchaytiradi. Buni sportchilar 
mushaklarni "to‘lib turishi" deb his etishadi. Anabolik steroidlar taʼsirida jarohatlar 
va og‘ir mashg‘ulotlardan keyin tiklanish vaqti qisqaradi. Shuningdek, 
mashg‘ulotlar davomiyligi ham uzayadi: steroidlarni qo‘llaganda bir kunda bir 
necha marta mashg‘ulot qilish mumkin, nisbatan og‘irroq yuklamalarni bajarish 
imkoniyati paydo bo‘ladi, mashg‘ulot qilish ishtiyoqi kuchayadi, turli og‘riqlarga 
chidamlilik vujudga keladi. "Mushak xotirasi" mustahkamlanadi: nafaqat avvalgi 
mashg‘ulot natijasini takrorlash, balki uni ancha yaxshilash yengillashadi. 
Lekin bittagina “mayda-chuyda” narsa hammasini vayron qiladi: gap 
shundaki, anabolik steroidlar va preparatlarning oddiy davo dozalari bunday 
samara berolmaydi! Anabolik effektga yetish uchun preparatning dozasi 10-20, 
hatto 40 baravar oshirish lozim! Modda almashuvi kuchaygan sari preparatning 
transformatsiyasi tezlashib uning taʼsir kuchi kamayib boradi. Bu o‘z navbatida 
doping dozasini doimiy ravishda ko‘paytirib borishni talab qiladi va ko‘plab 
asoratlarga sababchi bo‘ladi. Ko‘p sportchilar maksimal natijaga erishish 
maqsadida steroidlarni stacking-tartibda isteʼol qilishadi – preparatni qabul qilish 
kursi davomida steroidlar dozasini o‘zgartirib borish va turli preparatlarni 
aralashtirib isteʼmol qilish yoki anabolik steroidlarni boshqa moddalar guruhiga 
mansub preparatlar bilan qo‘shib qabul qilish (birinchi navbatda – testostepon va 


39 
diupetiklar bilan). Bunday sxemalardan foydalanish nojo‘ya oqibatlarni undan ham 
jiddiylashtirib yuboradi. Suvda eruvchi preparatlar buyraklar orqali, yog‘da 
eruvchilar esa (steroidlarning aksariyati) jigar orqali organizmdan ajralishi bois, 
nojo‘ya asoratlar ichida jigar va buyrakning ajratish va toksinlarni bartaraf qilish 
funksiyalari buzilishi ko‘p uchraydi. 
Jigar faoliyati buzilganda qonda transaminaza, ishqor fosfataza, bilirubin 
miqdori ko‘payadi, qon ppoteinogpammasi o‘zgaradi (qon ivishi tezlashishi va qon 
tomirlarda tromblar xosil bo‘lishi ehtimoli oshadi). Anabolik steroidlarni uzoq 
muddat isteʼmol qilgan sportchilarda o‘t yo‘llarining tutilishi, sariq kasalga 
chalinish, jigarda keyinchalik xavfli o‘smalarga aylanadigan qon bilan to‘lgan 
bo‘shliqlar paydo bo‘lishi kuzatiladi. 
Jigar deyarli barcha farmakologik preparatlarni o‘zining to‘qimalarida 
to‘plab, ularni bosqichma-bosqich organizmdan ajratib chiqaradi. Ammo yuqori 
dozalarda steroidlar isteʼmol qilinganida jigar o‘zining detoksik vazifasini 
bajarolmay qoladi. 
Buning yana bir sababi shuki, inyeksion preparatlarning aksariyati yog‘li 
eritma shaklida ishlab chiqarilishi bois ular organizmda turli muddatlar ichida 
yig‘ilib qoladi (masalan, nepobolil 7-10 kun, petabolila – 21 kungacha, deka, yoki 
dupabolin 6 oygacha muddatda organizmda aniqlanishi mumkin). Steroidlar og‘iz 
orqali qabul qilinganida ularni 5-7 xaftadan keyin ham organizmda aniqlash 
mumkin. 
Steroidlar taʼsirida siydik ajratish tizimi faoliyati jiddiy buziladi: prostata 
bezining yallig‘lanishi (prostatilar) va xavfli o‘smasi (adenomalar, chunki 
steroidlar prostata bezini kattalashishiga olib keladi), sistit, upetpit, nefpitlar, 
siydik-tosh kasalligi va buyrak o‘sma kasalligi rivojlanadi. 
Endokrin va jinsiy bezlar faoliyatida ham maʼlum o‘zgarishlar ro‘y beradi. 
Steroidlar qalqonsimon bez faoliyatini kuchaytirishi orqali salbiy azot balansini 
keltirib chiqaradi. Erkaklarda jinsiy sohada ko‘pincha quyidagi o‘zgarishlar 
kuzatiladi: jinsiy xujayralar o‘lchamini kamayadi, ularning xarakatlanishi 
sekinlashadi, tuxumlar atrofiyasi kuchayadi, sperma ishlab chiqishi qisqaradi. 
Qonda steroidlar miqdori ko‘p bo‘lgani uchun gipofiz buyrug‘i orqali jinsiy bezlar 
jinsiy gormonlar ishlab chiqishni to‘xtatadi. Bu vaziyatda erkaklarning tashki 
ko‘rinishi ayollarga o‘xshab o‘zgara boshlaydi: ginekomastiya, ayrim xollarda 
ko‘krak bezlari va so‘rg‘ichlarining o‘ta kattalashishini jarroxlik yo‘li bilan 
berkitishga to‘g‘ri keladi. Buning sababi shuki, testosteronning bir qismi meʼyorda 
ham estrogenga (ayollar jinsiy gormoniga) aylanishi sababli steroidlarning yuqori 
miqdorlari ko‘krak bezlarini ayollar tipi bo‘yicha shakllanishiga turtki bo‘ladi. 
Anabolik steroidlar buyrakusti bezlariga taʼsir ko‘rsatishi bois, organizmning 


40 
elektrolit balansi o‘zgaradi va unda natriy hamda suv xajmi yig‘ilib gipertoniya va 
yurak mushaklarida patologik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. 
Stepoidlar taʼsirida mushak massasi tezkor o‘sib boradi. Lekin bu jarayon 
bilan bir vaqtda bo‘g‘im-pay va suyaklarda munosib o‘zgarishlar bo‘lmasligi 
sababli turli jaroxat va shikastlanishlar, tayanch-xarakat apparatida degenerativ 
jarayonlar xavfi ortadi. Buning oqibatida shiddatli mushak yuklamalaridan keyin 
paylarning uzilishi va patologik o‘zgarishi vujudga keladi. 
Mushak to‘qimalarida natriy va suv yig‘ilib qolishi mushaklar 
egiluvchanligini kamaytirib (“mushaklar qotib qoladi”), mashg‘ulot va musobaqa 
vaqtida mushak shikastlanishiga moyillikni shakllantiradi. 
O‘smirlarda anabolik steroidlarning o‘ziga xos taʼsiri kuzatiladi: naysimon 
suyaklarning o‘sish zonalari muddatidan avval yopilib, o‘smirning bo‘yiga o‘sishi 
sekinlashadi. 
Diuretiklar – o‘ziga xos xussusiyatlarga ega dopinglar hisoblanadi. Ulardan 
vaznni tezkor xaydash va anaboliklar hamda boshqa dopinglarning qoldiqlarini 
organizmdan tezroq chiqarib tashlash uchun foydalaniladi. Suyuqlik bilan birga 
normal modda almashuvi va organizm faoliyati uchun zarur tuzlar (masalan, yurak 
mushaklari faoliyatida muhim o‘rin tutgan kaliy) ham xaydaladi. O‘rnini bosuvchi 
maxsulot yoki parhezsiz diuretiklar isteʼmoli yurak yetishmovchiligiga olib keladi. 
Bundan tashqari, diuretiklar qabuli qandli diabetni qo‘zg‘atishi mumkin, chunki 
qonda qand miqdorini oshiradi, oshqozon-ichak trakti faoliyatini buzilishiga olib 
keladi (kabziyat, qayt qilish, ichi ketishi), turli allergik reaksiyalar sababchisi 
bo‘ladi. Ko‘p xollarda xushini yo‘qotish xolatlarga olib keluvchi o‘sib boruvchi 
gipotoniya (arterial qon bosimining pasayishi) rivojlanadi. 
Somatotrop gormon, yoki o‘sish gormoni – nisbatan yangi dopinglar turiga 
kiradi. O‘sish gormoni gipofizning oldi bo‘lagida ishlab chiqiladi. U yog‘ 
to‘qimalariga o‘z taʼsirini ko‘rsatib, lipidlarni birikmalardan ozod qiladi, 
uglevodlar metabolizmini kuchaytiradi, yurak va mushaklarda glikogen miqdorini 
ko‘paytiradi. Somatotrop gormonining umumiy taʼsiri suyaklar va mushaklarning 
o‘sishi, kalsiy va azot metabolizmini kuchayishi, anabolik jarayonlarni 
jadallashishida ko‘rinadi. O‘sish gormoni aminokislotalar uchun xujjayralar 
membranalari o‘tkazuvchanligini oshiradi. Shu tariqa o‘sish gormoni tana vaznini 
oshiradi, mushaklar kuchi va qisqarishini ko‘paytiradi. Lekin anabolik effekti 
bo‘yicha anabolik steroidlardan ancha sust. Uning asosiy nojo‘ya asoratlaridan – 
to‘qimalarda glyukoza o‘zlashtirilishini pasaytirishi orqali qonda glyukoza 
miqdorini oshirishi orqali qandli diabet rivojlanishiga olib keladi. Skelet o‘sishini 
tezlashtirib, o‘sish zonalarini suyaklanishi tezligiga taʼsir ko‘rsatmaydi. Shuning 
uchun o‘smirlarda o‘sish gormoni gigantizm kasalligini, kattalarda esa 


41 
akromegaliyani (kaft va panja suyaklari, yuz skeletining patologik kattalashishi), 
yumshoq to‘qimalarining meʼyordan ortiq o‘sishi, ichki aʼzolarning kattalashishi, 
modda almashuvining buzilishini chaqiradi. 
Xorionik gonadotropin dopinglar dunyosi yangiliklaridan bo‘lib, platsenta 
(yo‘ldosh), yoki “vaqtincha” endokrin bezda ishlab chiqariladi. Bu preparat 
androgenlar – erkaklar jinsiy gormonlarini sekretsiyasini kuchaytiradi. Katta 
dozalarda xavfli o‘smalar rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Uning kuchli androgen 
taʼsiri tufayli tana sochlarining o‘sishi kuchayishi va xusnbuzarlarning ko‘payishi 
mumkin. Bundan tashqari, xorionik gonadotropin muddatidan avval bo‘yiga 
o‘sishni to‘xtatadi. 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin