46
universal. Uning asosiy foydaliligi hujumni himoya bilan aqlli olib borish, raqiblar
uchun noqulay bo’lgan zarbalarni ko’proq berishdan iborat. Shuning uchun ham
keyingi paytlarda bir - birini to’ldiradigan hujumchi va himoyachidan juftliklar
tuzilmoqda. Bunday juftliklar raqiblar uchun ancha noqulay bo’lishi mumkin. Bunga
faqat avtomatizm darajasiga etkazilgan o’zaro uyg’un hamda sherigini tushunish
orqaligini erishish mumkin.
Himoya uslubidagi tennischilar juftligi asosiy e’tiborlarini zarbalarini
hujumkor harakatlar hamda yakunlovchi zarbani berish uchun noqulay bo’lgan
Joyga sharni yo’naltirishga qaratadilar. Raqiblarga kuchli psixologik ta’sirni har
ikkala sherikning qarshi hujumlari o’tkazadi. Agar sheriklardan biri qarshi hujumda
kuchsiz bo’Isa, u sharni raqibga noqulay bo’lgan joyga yo’naltirishga harakat qiladi.
Sherigi esa qulay paytda hal qiluvchi zarbani beradi.
Agar har ikkala sherik ham qarshi hujum taktikasida zaifroq bo’lsa, ular faqat
raqiblarning xatti - harakatlarini kutishga majburlar.
Dostları ilə paylaş: