Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


IV BOB. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositalari va usullari



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
IV BOB. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositalari va usullari 
 Umumiy jismoniy tayyorgarlik 
Jismoniy tayyorgarlik о’quv-mashq jarayonining juda muhim bo’limi bo’lib, 
u sportchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash jarayonidir. Jismoniy tayyorgarlik-
ko’p yillik pedagogik jarayon hisoblanadi. U shug’ullanayotganlarning umumiy va 
maxsus jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, muhim hayotiy harakatli 
ko’nikmalarini takomillashtirish, funksional imkoniyatlarini kuchaytirish va 
salomatligini mustahkamlashga qaratilgan. Jismonan tayyorlanganlik jismoniy 
tayyorgarlik jarayonining mahsulidir. 


66 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik 
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vazifasi jismoniy sifatlar rivojlanishining 
dinamikasini ta’minlovchi funksional imkoniyatlarning doimiy oshib borishi bilan 
belgilanadi. Shu bilan birga shug’ullanayotganlarni asta-soniyani maxsus ishchanlik 
qobiliyatini oshirishni va yuqori sport natijalariga erishishini ta’minlovchi intensiv 
va keng ko’lamli mashq va musobaqa yuklamalariga olib kelishdan iborat. Jismoniy 
tayyorgarlik sportchilarni tayyorlashning boshqa tomonlari bilan chambarchas 
bog’langan. Yuqori darajada rivojlangan tezlik, kuch, chakkonlik, egiluvchanlik va 
chidamlilik sport texnikasi va taktikasini egallashning asosiy sharti bo’lib qolmoqda. 
Shu bilan birga jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etish muhim psixologik va 
axloq-iroda fazilatlarini shakllanishiga olib keladi. 
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikdan iborat. Umumiy 
jismoniy tayyorgarlik- jismoniy fazilatlarni yuqori darajada rivojlantirishni 
ta’minlash, to’g’ri jismoniy rivojlanish va har tomonlama jismoniy 
tayyorgarlanganlik uchun funksional-jismoniy asosni hosil qilishdan iborat. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalar hal qilinadi: 

shug’ullanayotganlarning har tomonlama jismoniy rivojlanishi; 


67 

salomatlikni mustahkamlash; 

funksional imkoniyatlarni oshirish; 

sportga oid ish qobiliyatini oshirish; 

asosiy jismoniy fazilatlarni rivojlantirish; 

hayot uchun muhim bo’lgan harakatli ko’nikma va malakalarni 
takomillashtirish. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin