99
hisoblanadi. To’g’ri bo’lajak musobaqaning mayda-chuydasigacha bilib olish juda
qiyin. Shunday bo’lsada, sportchi uchun bo’lajak musobaqaning ayrim muhim
tomonlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish ham muvaffaqiyat keltirishda
yordam beradi. Ba’zan sportchi musobaqa hakida aniq ma’lumotlarga ega
bo’lmaganligi sababli, unda g’alabaga ishonch o’rniga qo’rqinch, vahima, o’ziga
ishonmaslik holati paydo bo’ladi yoki g’alabaga befarq bo’lib qoladi.
Musobaqa
jarayonida
sportchilardagi
noxushlik,
bezovtalanish,
tashvishlanish kabi psixologik holatlarni yo’qotish yoki pasaytirish uchun
yuqorida nomlari ta’kidlangan maxsus psixologik uslublardan foydalanish
ularning musobaqalarga psixologik jihatdan tayyorgarlik holatini yanada
yaxshilaydi, g’alaba qozonishga bo’lgan psixologik, jismoniy va taktik
imkoniyatlarni oshiradi. Xatto, ayrim murabbiylar shogirdalarini musobaqaga
ruhan tayyorlash muammosini to’g’ri hal etish maqsadida, ularning raqiblari
hakida ma’lumotlar yig’ib, raqibning suratini mashq qiladigan sport zalining
e’lonlar taxtasiga ilib qo’yib, tagiga yoshi, bo’yi, ma’lumoti, jismoniy
tayyorgarligi, psixologik holati, irodaviy sifatlari, texnik va taktik mahorati,
sportda erishgan ko’rsatkichlarini yozib qo’yadilar.
Boshqa ba’zi bir tajribali murabbiylar shogirdlariga teng keladigan raqib
obrazini yaratib, sport mashg’uloti jarayonida o’sha raqib sportchiga qarshi xar xil
texnik va taktik usullar ishlatish, raqibning zaif himoyalangan nuqtalariga zarba
berish kabilar yordamida shogirdlarini bo’lajak katta musobaqalarga jismoniy,
psixologik, taktik jihatdan tayyorlab boradilar.
Murabbiy g’alaba qilish uchun aniq imkoniyatlarni hisobga olish, kuchli
raqiblar bilan juda ehtiyot bo’lib bellashish, mehnatsiz maqsadga erishish mumkin
emasligi kabilar haqida tushuntirish ishlari olib borishi lozim.
Dostları ilə paylaş: