Tayanch so’z va iboralar: ochiq maydon, ochiq maydonda o’tkazilgan tadbir dramaturgiyasi, partitura, musiqaviy ritmik saflanish va qayta saflanish
Nazorat uchun savollar:
1.Maydon tomoshalarining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2.Maydon tomoshalari borasida qanday qarashlar mavjud?
3.Maydon tomoshalari dramaturgiyasi qanday shakllanadi?
4.Maydon tadbirlarida joyning ahamiyati qanday?
5. Deklamatsiya nima?
11-mavzu: : Madaniy tadbirlarda mavzu va g'oya uyg'unlig
Reja:
1.Mavzu va g'oya tushunchalari.
2.Mavzu va g4oya tushunchasining sahnalashtirish san'atidagi funksiyalari.
3. Mavzu va g'oya tushunchalarining mushtarakligi.
4.G'oya - muallif fikrini ifodalovchi asosiy fikr sifatida. "G'oyaviy ko'prik" tushunchasi.
Har qanday adabiy asar uchun mavzu hayotdagi voqea-hodisalar doirasidir. Mavzu – konfliktlar kurashining taraqqiyot jarayonidir. Mavzu biror g’oya orqali namoyon bo’ladi. Demak, g’oya – aftorning tasvirlanayotgan voqea- hodisalariga bergan bahosi, umumlashma xulosasidir.
«Mavzu – muallif tajribasida bunyodga kelgan, xayotning o’zi ko’rsatib bergan, ammo hozircha aftor tasarruvida hali to’la-to’kis shakllanmagan bir holda saqlanib, oblo’zlarda gavdalantirishni talab qilib, muallifda ishlashga mayl uyg’otadigan g’oyadir», - degan edi M.Gorkiy.
Madaniy-hordiqiy, ommaviy-badiiy tadbirlari senariysida mavzu va g’oya masalasida qanday hal etiladi? Ma`lumki, madaniy-hordiqiy tadbir ijtimoiy-siyosiy masalalarning – jamiyat hayotining hamda kishilar ijtimoiy-shaxsiy faoliyatining barcha sferalarini o’zida namoyon qiluvchi jtimoiy institutdir.
Madaniy-hordiqiy tadbirlari senariysining mavzusi aniq sharoit, mahalliy faktlar, odamlarning qiziqishlariga qarab belgilanadi. Ommaviy-badiiy tadbir senariysida aks ettirilgan voqea-hodisalar uning mavzusidir. Ana shu voqea-hodisa orqali aytilgan asosiy fikr – ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ahloqiy, ishlab chiqarish, ilmiy-nazariy va hokazolarga muallif munosabati ularga bergan bahosi, xulosasi – senariyning g’oyasidir.
G’oya – mavzu mohiyatiga yashiringan dunyoqarashdir.
Dramatik asarlarda g’oyalar kurashi aks ettiriladi. Ular inson ruhida mavjud bo’lgan ziddiyat asosida kelib chiqadi. Boshqa janrlarga nisbatan dramatik asarlarda g’oyalar kurashi aniqroq, yorqinroq aks etadi. Mavzu va g’oya bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, ular senariyning g’oyaviy mazmuni asosini tashkil etadi. Senariyda tanlangan mavzu va g’oya badiiy obrazlar orqali umumlashtiriladi.
Senariy mavzusi va g’oyasini belgilashda madaniy-hordiqiy tadbir muassasalarining ish rejalari qo’l keladi. Biroq, bu rejalarning aniq emasligi ishni birmuncha qiyinlashtiradi. Undan tashqari, sohalarga oid metodik qo’llanmalar, matbuot nashrlari, radio va televideniyaning umumiy ruknlarga asoslanib tuzilgan rejalar ham shunday noaniq bo’ladi.
Ko’pgina madaniy-hordiqiy tadbir muassasalarining ish rejalarida mahalliy materiallarga, mavjud imkoniyatlarga e`tibor berilmay, masalar keng doirada olinadi. Uni hayotga tadbiq etishda esa ish murakkablashadi. SHuningdek, ba`zi madaniy-hordiqiy tadbir muassasalari rejalarida har bir mavzu chuqur va batafsil ishlab chiqiladi-yu, biroq uning mundarijasida juda ko’p o’rin obzor, ma`ruzalar, dokladlar, suhbatlarga beriladi. Ular mohiyatiga ko’ra gazeta materiallari, radio va televidenie eshittirishlaridan kam farq qiladi. Mavzu va g’oya biror materiallar asosida shakllanadi. Madaniy-hordiqiy tadbirlar dramaturgiyasining badiiy-publitsistik xususiyati, uning qanday materil asosida yozilishi bilan belgilanadi. Zotan, madaniy-hordiqiy tadbir senariysining asosiy materiali – aniq, voqea-hodisalar, faktlar, real kishilar taqdirlari hamda hujjatni va badiiy asarlardan olingan parchalardir. Madaniy-hordiqiy ommaviy-badiiy tadbirlari senariysida badiiy adabiyot materiallari bilan hujjatli material sintezlashgan holda namoyon bo’ladi. SHuningdek, bu sintezlashuv senariy badiiyligini ham ta`minlaydi. Binobarin, madaniy-hordiqiy tadbirlar senariylarida badiiy jihat muhim ahamiyatga ega.
Badiiy komponentlarsiz har qanday senariy sxematik, illyustrativ chiqishlar yig’indisi, fakt va hujjatlarning oddiy qaydnomasi bo’lib qoladi.
Demak, har qanday tadbirga tayyorgarlik mavzuni aniqlab olishdan boshlanadi. Tadbir tashkilotchilari auditoriyani qiziqtira oladigan mavzuga murojaat qilishlari kerak.
Mavzu tanlash bilan bir vaqtda tadbirning g’oyaviy mazmun yo’nalishi belgilanadi. Buning uchun esa bo’lajak auditoriyaga singdirilmoqchi bo’lgan fikr, maqsad batafsil aniqlanadi. Mavzu va g’oyaga qarab tadbirning janri belgilanadi. U og’zaki propaganda shaklida ham madaniy-hordiqiy tadbir uchrashuvlari, kechalari va boshqa ommaviy shakllarda ham amalga oshiriladi. So’ngra material tanlashga kirishiladi.
Madaniy-hordiqiy badiiy-publitsistik tadbirlari senariysi uchun material olinadigan bir qancha manbaalar mavjud. SHulardan eng muhimi – bevosita bizni o’rab turgan hayotiy va ijtimoiy voqea-hodisalardir.
Madaniy-hordiqiy tadbir senariysini real hayot bilan bevosita bog’lash maqsadida hujjatli materiallardan foydalanish talab etiladi. Keyingi yillarda madaniy-hordiqiy ommaviy-badiiy tadbirlarda hujjatli materiallardan foydalanish tobora keng tus olmoqda. CHunki davrimizning o’ziga xos tomonlari ham kishilarning hayotni hujjatli asosda bilishga intilishadilar.
Madaniy-hordiqiy tadbirlardagi har bir ommaviy-badiiy tadbir senariysida faktlar «umumlashtirilgan»ligidan, voqelikka ijodiy yondoshilganligidan qatiy nazar, unda mahalliy xususiyatlarga e`tibor berilmagan bo’lsa, kutilgan natijaga erishish qiyin. Xullas, materialni o’rganish – senariy ustida ishlashning muhim bosqichidir. Har bir faktning haqqoniyligini bir necha bor sinab ko’rish, ishonch hosil qilish, uni to’g’ri talqin etish lozim. Binobarin, har bir senariyning mavzu va g’oyasi o’sha materialning tarkibidan kelib chiqadi.
Faktlarni kuzatish, o’rganish jarayoni biror maqsad uchun bo’ysundirilgandagina muvaffaqiyatlarga erishiladi. Agar maqsad noaniq bo’lsa, kuzatish ham, o’rganish ham befoyda ketadi. Har qanday faktga, voqea-hodisaga mavzu yuzasidan shu mavzuni ifoydalaydigan g’oya prizmasidan turib yondoshish lozim bo’ladi.
Ijtimoiy mazmunga ega bo’lgan turli kasbdagi kishilar – paxtakorlar, g’allakorlar, bolalar bog’chalari tarbiyachilari, shifokorlar va boshqa hunar egalarining hayot yo’li madaniy-hordiqiy tadbir senariysiga mavzu bo’la oladi.
Senariy g’oya va mavzu faqat ishlab chiqarish materiallaridan ham iborat bo’lishi mumkin. Bunday senariy ishlab chiqarishdagi turli muammolarn bilishni taqozo etadi. Masalan, yoshlarning ishlab chiqarishda ishtiroki masalasini olaylik. Bunday yoshlarga ko’proq so’z berish kerak. Ularni nimalar qoniqtirmaydi? Bunday tadbirlarni, hatto, yoshlarning bayrami darajasiga ko’tarish mumkin. Ularda ota-onalarda, rahbarlarga so’z berish, bosh muammoni ifodalaydigan g’oyani ta`sirchan ifodalash lozim. SHunday qilib, senariy g’oyaviy-mavzuli xususiyati uch asosiy komponentdan, ya`ni g’oya, mavzu, materialning uzviy birikuvidan tarkib topadi. Avvalo, tadbirning materiali aniqlanadi. Tanlangan material bilan nima deyilmoqchi – bu uning mavzusini belgilaydi. Mavzuning mohiyati, maqsadi, tomoshabinga emotsional ta`siri bular tadbirning g’oyasini tashkil etadi. Bu uch birlik qo’shilgandagina ular senariydan o’z o’rnini topgandagina tadbirning g’oyaviy-mavzuli xususiyati yorqin namoyon bo’ladi. Uning ma`rifiy-tarbiyaviy ta`sir kuchi oshadi. Aksincha, senariy muallifi faqat o’z asarining umumiy g’oyasini aniq bo’lmagan tarqoq mavzu va qashshoq materiallar asosida talqin qilsa, senariy ham, tadbir ham, hayot haqiqatidan uzoq deklorativ tus oladi. Masalaning asosiy mohiyati echilmaydi, kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi, agar asosiy mavzu aniq bo’lmasa, senariyga, mavzuga aloqasiz faktlar oralab qoladi.
Ba`zi kechalarda g’oya aniq ifodalanmaydi. Bunda sahnada yaxshi materiallar mavzularning taraqqiyotini ko’ramiz. Biroq, senariy tomoshabinni hech narsaga undamaydi, tadbirning ijtimoiy ahamiyati yo’qoladi. SHuning uchun ham asosiy g’oya yo’nalishsiz va maqsadsiz ifodalangan senariy va uning asosidagi hech kimni to’lqintirmaydi.
Mavzuga yondashishda ruhiy aspektni e`tibordan qochirmaslik kerak.
Senariy dramatik aspektda ham pishiq bo’lishi, mavzu dinamik o’sib borishi kerak.
«Yangi yil», «Navro’z», «Hosil bayramlari» kabi «hammabop» tadbirlar keng xarakterli, hammaga mo’ljallangan bo’ladi. Madaniy-horqidli tadbirlarda, madaniyat saroylarida, madaniyat va istirohat bog’larida o’tkaziladigan boshqa tadbirlar aniq tinglovchi, tomoshabinga qaratilishi kerak.
Hozirga zamon fan-texnika taraqqiyoti, odamlarning qiziqishlarini hisobga olishni taqozo qilmoqda. Turli qatlamdagi tomoshabinlarning qiziqishlarini hisobga olish madaniy-hordiqiy tadbirlar senariylarini yozishga qahramonlar va badiiy-publitsistik vositalar tanlashga ko’mak beradi. senariy imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirning qaerda ochiq joyda va yopiq madaniy-hordiqiy tadbirlar sahnasida o’tkazilishini aniqlash ham talab etiladi. Ssenariyning dinamikligini ta`sirchanligini oshirishda joy imkoniyatlardan ham foydalanish darkor. Mavzuli kecha sahnasi boshqacharoq ko’rinishda bo’ladi. Masalan, sahna to’riga ekran tushirish, sahnani fonoapparatlar bilan jihozlash lozim. Badiiy havaskorlar tayyorlagan hujjatli kompozitsiya epizodlari namoyish etiladi. Tadbir teatrlashtirishga mo’ljallangan bo’lsa, uning sahnasi o’zgacha bo’ladi. Masalan, harakatni foyedan boshlash, so’ng zalga kirish yoki voqea bardoshiga zaldan boshlanadi, so’ng tomoshabinlar guruhlarga bo’linib, tadbir foyda yoki zalda davom ettiriladi. Lozim bo’lsa, kechani madaniy-hordiqiy tadbir boshlab, so’ng piyoda yoki transportda shaharning revolyutsion shon-shuhrat joylari bo’ylab yurishlar, muzeylarda uchrashuvlar o’tkazish mumkin. Yoshlarni ishchilar safiga qabul qilish, tadbirida ular dastlab tsexlarda ishchilar bilan uchrashtirilsa, mehnat ilg’orlarining, sotsialistik musobaqa g’oliblarining tengdoshlarining, kasb-huna haqidagi hikoyalarni eshitishsa, zavod tarixiga bag’ishlangan muzeyga sayohat uyushtirilsa, yaxshi samara beradi.
Ma`lumki, madaniy-hordiqiy badiiy publitsistik tadbirlari biror qat`iy janrda (masalan: mavzuli kecha, davra suhbati, qo’shiq kechasi, raqs kechasi, dramatik san`at kechasi o’tkaziladi. Senariy janr doirasidan chiqib ketmasligi kerak. Ba`zan tadbir ko’p janrlilik printsipida o’tkazilishi ham mumkin. Bunda muallif senariy dinamik, ko’rinishlar rang-barang bo’lishiga intiladi. Ammo bundan senariyda g’oya «o’qi»ni nazardan qochirmaslik kerak.
Yahlit kompozitsiya va syujet chizig’iga, obrazlar taraqqiyotiga ega bo’lgan turkum kechalarning har biri mustaqil asar bo’lib, ma`lum kul’minatsiyaga, echim va tugallanmaga ega. Ular shakli va maxzmuni jihatidan ko’p seriyali telefil’mga o’xshaydi. Biror voqea-hodisa bilan bog’liq bo’lmagan kechalar har xil tuzilishi mumkin. Biror voqeaga bag’ishlangan keralar ham har xil aspektda yoritiladi. Ammo asosiy voqea senariysining doimo diqqat markazida turishi kerak. So’nggi paytda madaniy-hordiqiy tadbir ishlarining uslublari takomillashishi bilan tomoshabinlarni tadbirga faol aralashtiradigan, qiziqtiradigan, yangi shakllardan foydalanilmoqda. Masalan, tomoshabinlarning qiziqishlariga qarab o’tkaziladigan «SHanba oqshomi» turkumidagi kechalarni olaylik. Bu tadbirlarning o’ziga xos xususiyati shuki, har xil uchrashuv va harakatlarni bir paytning o’zida madaniy-hordiqiy tadbir kichik ma`ruza zalida, sport zalida va boshqa binolarda uyushtirish mumkin. Masalan, bir joyda haftalik xalqaro ahvol haqida obraz beriladi. Ikkinchi joyda ixtirochilar bilan uchrashuvlar boradi. Zalda esa hujjatli va ilmiy ommabop fil’m namoyish qilinadi. Bulardan so’ng barcha tomoshabinlar katta zalga to’planib, ularga qiziqarli dastur namoyish etiladi. Qatnashuvchilar tadbirning hammasini birdaniga ko’ra olmaydilar, biroq birorta eng ma`qulini tanlab olish tomoshabinning o’ziga havola etiladi. Agar tadbir senariysi zalda yoki boshqa binoda tomoshabinning faol harakat qilishiga mo’ljallanadi. Bundan tadbirlarda kecha qahramonlarini tomoshabinlar bilan erkin fikr almashadilar.
Afsuski, qatnashchilarning jonli fikr almashinuviga mo’ljallangan tadbirlar senariysi bizda juda kam. Bu vazifa butunlay ommaviy yoki mavzuli kecha boshqaruvchining improvizatsiyasiga qoldiradi. Bu esa noto’g’ri tomoshabinlarni tadbirga faol ealb etish, ularga tashabbus berish, senariyd ko’zda tutilishi, belgilanishi kerak. Masalan, televideniya ko’rsatuvlarining «Balli, qizlar!» ruknlaridagi kabi.
Klassik kuy va qo’shiqlarni sevuvchilar uchun tadbirlar ham ssenariy asosida uyushtiriladi. Unda mutaxassislar chiqishi, klassik musiqa tinglash, tomoshabinning savollarga javob berish, tomoshabinlar orasidagi istedodli havaskor xonandalar ijrosida klassik qo’shiqlar eshitik va boshqalar belgilanadi.
Kechaga taniqli xonanda, bastakorlar taklif etilib, ular ijrosida kontsert uyushtirilsa yana ham yaxshi.
Madaniy-hordiqiy tadbirlar muassasalarida fan-texnika hamda ishlab chiqarish mavzularida badiiy publitsistik tadbirlar o’tkazish an`anaga aylanib qolgan. Bu xil tadbir senariylarining tayyorlaganda ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan masalalar dolzarb mavzularni bayon etish, qatnashchilarning savollariga javoblar, so’zga chiquvchilarning nutqlari o’ylab tuzilish kerak. «Sport», «Askiya», «Quvnoqlar va zukkolar» kabi tadbirlarda auditoriya qiziqishlariga qarab ikki guruhdan iborat bo’ladi. Ssenariyda har bir guruhning savol va javoblari yozib chiqiladi. Zero ikki guruh savol-javobni uzviy bog’lab, sahnada asosiy harakatni vujudga keltiradi.
Madaniy-hordiqiy tadbirlarda oilaviy bir jamoa a`zolari, o’smirlar kechalari qiziqarli o’tadi. CHunki, bunday tadbirlarda ko’pchilik bir-birini taniydi, ularning fe`l atvor va harakatlarida umumiy mushtaraklik mavjud.
Senariy yozilgandan so’ng madaniy-hordiqiy tadbir faollari o’qib, muhokama etishadi, baholashadi, taklif, qo’shimcha va tuzatishlari kiritadi.
SHunday qilib, madaniy-hordiqiy tadbir dramaturgiyasining asosi ommaviy-badiiy tadbirlar senariysidir.
Senariy – bu tasvirlanayotgan faoliyat mazmunini badiiy-publitsistik shaklda yozib chiqishdir. Senariylar o’ziga xos talantga, madaniy-hordiqiy tadbir ishi bo’yicha ma`lum tajriba, malaka, mahoratga ega bo’lishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |