Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish fanining



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə15/29
tarix06.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#141723
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
сенрий 3 курс (2)

Tayanch so’z va iboralar: bayram, ommaviy bayram, urf-odat, eftalogiya, dramma, epik dramma, komediya, tragediya, gistrionlar, fars, shox Edip.


Nazorat uchun savollar:
1.Ommaviy bayramlar qadimgi qaysi davlatda vujudga keldi va shakllandi?
2.Qadimda ommaviy bayramlar o’tkazish joylari qanday ko’rinishda bo’lgan?
3. O’rta asrlar teatr san'ati necha bosqichni o’z ichiga oladi?
4.Turkiy xalqlarda ommaviy bayramlar tushunchasi qachondan shakllana boshladi?
5. Yangi o‘zbek teatri, ommaviy tomoshalar san'ati va dramaturgiyasi shakllanishidagi dastlabki qadamlar kimning ijodiy faoliyatida ko’zga tashlandi?


10-mavzu: Maydon tomoshalarini o‘tkazish usullari
Режа:
1.Maydon tomoshalari tushunchasi.
2.Maydon tomoshalarini boshqarish.
3. Epizodlar qatori. Bloklarga ajratish va bloklar chiqishlarini tashkil etish. 4.Maydonga mazmun berish usullari. Maydonni bezash.

Ommaviy teatrlashtirilgan tadbirni sahnalashtirayotgan rejissyorning vazifasi, sahnaviy obrazli yechimni, bulgusi tadbirning "yo‘li" - rivojlanishini, ya'ni tadbirning sa'y xatti-harakatini (yetakchi xatti-harakatini), shakli, muhitini va uslubini belgilovchi rejissyorlik ishi rejadan boshlanadi.


Modomiki, bo‘lajak tadbirning birlamchi elementa pesa va musiqali partitura emas, balki rejissyorlik reja deyilsa, demak, rejis­syor bu yerda dramaturg vazifasini ham ado etadi.
Rejissyorning bunday, majburan, ikkinchi vazifani bajarishini mantiqan oqlash mumkin. Chunki hali ommaviy teatrlashtirilgan tadbir ssenariysining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunadigan, pro­fessional (mutaxassislashgan) maxsus dramaturglar juda kam. Shunday qilib, rejissyorlik burchining asosiy uch qirrasidan (V. I. Nemirovich-Danchenko ta'limoti), ya'ni sahnalashtiruvchi, tarbiyachi va tashkilotchilikdan tashqari, rejissyor dramaturgga (to‘rtinchi qirra), ya'ni tadbir yaratuvchisiga, "spektakl muallifi"ga aylanadi.
Bulg‘usi tadbir uslubi va shaklini, sa'y xatti-xarakatini (yetakchi xatti-xarakatini) aniq, belgilovchi rejissyorcha rejalarga misollar keltiramiz :
"Toshkent oqshomi" gazetasining sahnaviy nusxasi sifatida istirohat bog‘ida "Toshkent oqshomi" nomli katta teatrlashtirilgan tadbir sahnalashtirilgan. Chipta sotuvchilar gazeta sotuvchilariga o‘xshab kiyintirilgan, boshqarib boruvchilar kioskachilar (do‘konchadagi gazeta sotuvchilar) nomidan so‘zlashyaptilar. Kordebalet (opera va balet teatrida ommaviy raqslarni ijro etuvchi rakurs va raqqosalar guruhi) "Jonli harflar"ni tasvirlayapti va ular raqslar orqali epizodlar sarlavxasini yozishadi va xokazolar.
Rejissyorcha rejaning paydo bo‘lishida asosiy turtki, bu berilgan voqea va joyga (o‘tkazilmoqchi bo‘lingan) bog‘liq bo‘lgan tadbirning mavzusi, g‘oya va oliy maqsadi, o‘tkaziladigan joy, mavjud ijodiy kuch va materialli vositalar, xujjat va rivoyatlar, an'ana va urf-odatlarni o‘z ichiga olgan tadbirning aniq berilgan shart-sharoitlaridir.
"San'at muassasalarida dramaturgik asar (pesa) qachon yozilganidan qat'i nazar, lozim topilganida, zamonaviy talablarga javob beradigan bo‘lsa, uni sahnalashtirish mumkin. Ommaviy tadbir ssenariysi esa belgilangan sanaga asosan yozilib bo‘lingandan keyin darxol na­moyish qilish uchun yoziladi".
Demak, "ssenariy yozish bilan kim shug‘ullanmasin (albatta omma­viy tadbir rejissyori kuproq ssenariy ustida ishlaydi), u quyidagi layoqatlarga ega bo‘lmog‘i lozim:
a)Ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni, mahalliy aholi mehnati va turmushini chuqur tushuna oladigan hamda uni to‘g‘ri tahlil qila oladigan shaxs bo‘lmogi;
b)adabiyot, ayniqsa dramaturgiya sohasida puxta (fundamental) bilimga ega bo‘lgan , ulardan samarali foydalana oladigan kishi bo‘li­shi;
v) hayotiy materiallar (ma'lumotlar) va xujjatli dalillarni yig‘a oladigan, ularni adabiy-badiiy shaklda bayon qila biladigan ijodkor bo’lmogi lozim".
Reja rejissyorga nomerlarni saralab, ularni ko‘rib chiqish va yangilarini tayyorlash vazifasini yuklaydi. Mahalliy materiallarni batafsil bilish va tayyorlash, nomerlar bilan birgalikda niyatga asoslanib, bo‘lajak tadbirning rejissyorcha rejasini tuzishda yordam beradi. Va undan so‘ng mufassal, rejissyorcha adabiy ssenariyni yaratish bosqichi boshlanadi.
Ommaviy tadbir harakatli, tomoshaviy, his-tuyg‘uli va ifodali (obrazli) bo‘lishi kerak. "Gapiruvchi" epizod sahnalardan iborat harakatsiz — ifodali o‘qish (deklamatsiya) unda qatiy man etiladi. Tadbir ramziy (simvolik) va majoziy (metaforalar), obrazli mizanssenalar, bir-birini eslatadigan uzaro bog‘liq tovushlar va hokazolardan iborat bo‘ladi. Bir so’z bilan aytganda, tadbir dialog va monologlarning o‘rnini bosuvchi, audio (eshitadigan) — ko‘z bilan ko’radigan (vizual) obrazlar sistemasidan iborat bo‘lmog‘i kerak. Bu, ayniqsa, an'anaviy spektakllar namoyishiga moslashtirilmagan binolarda yoki ochiq maydonlarda tadbir sahnalashtirilganda ko‘zga yaqqol tashlanadi, chunki bunday joylarda matn umuman eshitilmaydi. Bunday vaqtlarda tomoshabinlarga faqatgina namoyish qilish emas, rejissyor nimadir "aytishi" zarur bo‘lsa, u jarangdor so‘zni yozuvga almashtiradi. Lekin yozilishi zarur bo‘lgan so‘zlar ba'zi hollarda butun jumlalar, faqat shu san'at turiga taalluqli bo‘lgan, o‘ziga xos vositalar orqali yoziladi, ya'ni uyingoh maydonidagi ishtirokchilarning muayyan holatlari yoki harakatlari, rekvizitlarning bir bo‘lagi bilan, badiiy o‘ynovchi tribunalar rangli bayroqchalar bilan, elektrotablo (biror ma'lumotni yorug‘lik yoki elektromagnit vositasida ko‘rsatadigan lavhadagi yonib turadigan lampochkalar bilan, katta ekranlarda namoyish etiladigan maxsus titr (so‘zlar) bilan va xokazolar.
Demak, ommaviy teatrlashtirilgan tadbirning tomoshaviy tabiatining asosini kam sonli so‘zlar bilan mustahkamlangan ko‘lami keng raqs va musiqali pantomimik kompozitsiyalar tashkil etadi. Shu bilan birga matn (tekst)lar, huddi poetik misra yoki sirk reprizasiga (qiska hazil nomer) o‘xshagan, qisqa, katta, ifodali bo‘lishi zarur. Yuqoridagi shartlarning hammasini ssenariy bosqichida hisobga olish zarur. Ssenariy yaratishning sunggi bosqichlarida rejissyorga malakali adabiyotchi, iloji bo‘lsa dramaturg yoki yozuvchidan ko‘ra shoir yordam ko‘rsatishi mumkin.
Go‘yo yuqorida aytilayotgan fikrlar hammaga tushunarlidek tuyulsa-da, hozirgi kundagi ommaviy teatrlashtirilgan tadbirlardagi asosiy xato bu tadbirlardagi ko‘pso‘zlik va sohta adabiyotchilikdadir. Yuqorida aytilganlardan ommaviy teatrlashtirilgan tadbirlar ning barcha turlarida hamma vaqt so‘zdan voz kechish kerak, degan fikr kelib chiqmasligi kerak, ya'ni ovoz kuchaytiruvchi apparaturalari to‘g‘ri keladigan, akustikasi (binoning hamma yerida tovushning yaxshi eshitilish-eshitilmaslik xususiyati) yaxshi sahnaviy maydonlarda yoki sahnalarda (kinokonsert zallari, yashil teatrlar, ba'zi sport saroylari) an'anaviy adabiy teatrning tajribadan o‘tkazilgan ifodali vositasidan voz kechmaslik zarur. Lekin bunday tomoshalarda ommaviy tadbir­ning o‘ziga xos xususiyatini esdan chiqarmaslik, ya'ni adabiy matn bilan tomoshaviylik orasidagi mutanosiblikni boshqacharoq qilish, tanlashdagi aniqlik va me'yorni sezishni esdan chiqarmaslik zarur.
Epizod (lavha)larning obrazli yechimini izlayotgan rejissyorlar yana bitta xatoga yo‘l qo‘yishadi, ya'ni adabiy matnlarni "jonli ko‘rinishlar" (rasm) bilan almashtirishadi. Afsuski, xarakatdan tashqaridagi obraz kutilgan effekt (ta'sir)ni bermaydi, qarama-qarshiliksiz, kurashsiz, faol xatti-harakat chizig‘isiz ommaviy tadbir yaxshi tanlangan illyustratsiya (rasm, surat)lar to‘plamiga aylanib qoladi yoki sodda qilib aytganda, zerikarli tomoshaga aylanadi. Bu esa tomoshaviy san'atning barcha turining halokatidir. Ayniqsa, ommaviy teatrlash­tirilgan tomoshalar uchun, ko‘pincha, bunday yanglishishlarni teatrlashti­rilgan yurishlarni (tantanali yoki karnaval, ya'ni katta xalq, sayili-buning farqi yo‘qsa, ko‘rish mumkin. Xatti-harakat oddiy xarakat bilan almashtiriladi, ya'ni libosli guruh va bezatilgan mashinalarning o‘tishi amalga oshiriladi. Balki bunday narsalar zeriqarli bo‘lmas, chunki ko‘rinishlar, taassurotlar tez-tez almashib tura­di. Lekin baribir bular sust va xarakatsizdir. Har bir guruhning unchalik qiyin bo‘lmagan o‘zining syujeti yoki konsert nomeri, xatti- harakati, jo‘r bo‘layotgan musiqasi bo‘lishi zarur. Har bitta mashina kichik teatrga yoki g‘ildirakli minbarga aylanishi kerak. Qarama-qarshilik nomer ichida yoki nomerlar orasida bo‘lishi mumkin. Lekin, albatta, bo‘lishi zarur.
Musiqaviy ritmik saflanish va kayta saflanishlarga, sportcha nomerlarga va xokazolarga qiziquv oqibatida "sportnavis" rejissyorlar (ommaviy gimnastik chiqishlarni sahnalashtiruvchi mutaxassislar yoki oddiy qilib aytganda, trenerlar) tomonidan uyingohlarda sahnalashtirilgan ommaviy tadbirlarda "teatrlashtirish" yo‘qolib ketadi, faqat jismoniy tarbiyaga oid xarakter- ko‘rinishlar paydo buladi. Odatdagiday, bunday tadbirlar bundan bir necha yil oldin Olimpiada o‘yinlarining ochilishi marosimiga fransuz Per de Kuberten tomo­nidan ishlab chiqilgan sxema bo‘yicha tuziladi, ya'ni ishtirokchilar va hurmatli mehmonlarning (delegatsiya - vakillar, urush va mehnat, tayyor qolip, sportchi va raqqoslar, puflab chaluvchi asboblar orkestri va bolalar chiqishi, qo‘lda yoki mototsikllarda rang-barang bayroqlar olib chiqish, asosiy bayroqni kutarish, olovni yoqish, raxbar so‘zi, omma­viy folklor kompozitsiyasi va tadbirning asosiy mohiyatini tashkil etuvchi sportchilarning ommaviy gimnastik chiqishlari. Yillar o’tishi bilan bu sxema siyqasi chiqqan (shtamp) usullarga aylana boshlanadi. Masalan, ishtirokchilarning tantanali yurishlari uzaytirila boshlandi. Oqibatda tadbirga nisbatan tomoshabin qiziqishi pasayib ketdi. Ommaviy gimnastik chiqishlar gavdaning kuchli va chaqqonligini xurmat ila kuylaydi, chiziqning chiroyli va aniqligi, albatta, bu go‘zallik. Lekin, afsuski, ommaviylik va sinxron saflanishlar orqasida tomoshaning ifodaviy va allegorik (majoziy) tabiati barham topadi. Natijada teatrlashtirish va simvolika (ramziylik) yo‘qladi.
Ommaviy tomosha va bayramlarning yirik nazariyotchisi, shu sohaning ulkan tashkilotchisi I. Tumanov tomonidan o‘tkazilgan XX Olim­piada uyinlarining ochilish va yopilish marosimlariga bag‘ishlangan tantanali marosimda, darhaqiqat, teatrlashtirilgan simvolik (ramziy) epizodlarni: qadimgi grek davriga xos kvadrat, ikki g‘ildirak­li aravalar, ulardagi koxinlarning olimpiya qahramonlari yullariga atirgullarni sochishlari, badiiy fondagi olimpiya ayigi, qorong‘ulikda osmonga uchayotgan olimpiya ayigini (dam berib shishirilgan o‘yinchoq) eslab qolish mumkin. Bunday tadbirlar (albatta, ko‘lami torroq) usha vaqtda ko‘p joylarda saxnalashtirilgan va xar bir rejissyor mazmunning ifodali yechimini izlayotganda tomoshaning xis-tuyg‘uga to‘la, xatti-harakatchan va so‘zsiz tushunarli bo‘lishiga intilgan.
Ommaviy teatrlashtirilgan tadbirning obrazli tuzilishi xatti- harakat chizigiga teng ma'noli tomoshaviylikni izlash jarayonida tug‘iladi, tadbirning xatti-xarakatchanligi xar bir epizod ichidagi qarama- qarshilik, g‘oyalar kurashi va qarama-qarshi kuchlarning to‘qnashuvlari bilan aniqlanadi. Bu hatti-harakatchan chiziq va uning obrazli (ifoda­li) namoyon qilinishini ssenariyni yaratishda rejissyor oldindan nazarda tutishi zarur. Ssenariy yozayotgan rejissyor shu bosqichdayoq, ishti­rokchilarning katta guruhini maydonga olib kirish va olib chiqib ketish muammolarini uylashi zarur. Chunki, ommaviy tadbirda na katta parda, na "tanaffus" bo‘lmaydi, krlaversa, nourin pauzalarga yo’l kuyilmaydi. Bu muammolarning a'lo darajadagi yechimi tadbirdagi o’rin o‘zgartirishlarni teatrlashtirish va ularni sahnaviy xatti-harakatning tarkibiy qismiga aylantirishdir.
Masalan, qandaydir siyosiy-ommaviy teatrlashtirilgan tadbirda "Urush" epizodining yechimini olaylik.
Uyingoh maydonida yashil triko (sportchilar kiyimi) kiygan sportchilar shunday joylashtirilganki, ularning maydondagi saflanishi qaysidir mamlakatning kontur (yozuvsiz) kartasini eslatadi.
Mamlakatning katta shaxarlari yashil rangdagi bayroqchalar bilan kursatilgan. Shu payt "bosqinchilik, xujum va istiloni" eslatuvchi musiqalar sadosi ostida uyingoxning shimoli-g‘arbiy va janubiy darvozalaridan tekis qadamlar tashlab "dushmanlar" (koratrikodagi sportchi­lar) kirib kelishadi. Xar bitta kolonna o‘q, ya'ni nayza tarzida tuzilgan. Dushmanlarning shiddatli xujumi ta'sirida yozuvsiz kartanint xajmi kichraya boradi, dushmanlar, ya'ni qora kuchlar uyingohning uchdan ikki kismini egallaydi, lekin xalqining ozodlik, mustaqillik uchun kurashini namoyon etuvchi bir nechta nomerlar namoyishidan so‘ng "kora kuchlar" darvozalardan sikib chikariladi, uyingoh maydonini yana yashil ranglilar egallab olishadi...
Ommaviy teatrlashtirilgan tadbir ssenariysi haqida so‘z yuritar ekanmiz, kinematografiya ssenariysidek, ya'ni an'anaviy pyesaga nisbatan kengroq tasvirga, bayonga ega adabiy asar ko‘z oldimizga keladi.
Bu yerda "ssenariy" — hamma qabul qilgan termin, xolos. Shakl jixatidan ssenariy, opera va balet librettosiga (asarning qisqa mazmuni, ya'ni adabiy ssenariy) yoki pantomima ssenariysiga yaqinroqdir, ya'ni sahnalashtirishga taallukdi tushuntirish matnlari anik va keng bayon etilgan, xatti-harakat va vokealar chizigi tasvirlangan uzi­ga xos rejissyorcha ssenariydir.
Ommaviy teatrlashtirilgan tadbir ssenariysini yozayotgan rejis­syor suzga teng ma'noli teatrlashgan tomoshaviylikni topishi, adabiy obrazga teng, balki undan kuchliroq,, undan xarakatchanrok plastik (musiqali, nurli) obraz yaratishi zarur. Ommaviy teatrlashtirilgan tad­bir ssenariysini yozish o’ziga xos obrazlar dunyosi, simvol va allegoriyalar, mubolag’alilik (giperbola) va bo’rttirib tasvirlashlar (grotesklar), metafora va eslashlar dunyosini yaratish demakdir. Asosiy qonun- qoidalarga asoslanib birorta suz yoki jumla umuman jaranglamaydigan ommaviy teatrlashtirilgan tadbir yaratish mumkin. O’z navbatida bu yerdagi "adabiy ssenariy" qanchalik mantiqqa zid bo‘lsa ham adabiyot bo‘la olmaydi, balki shovqin, nurli proeksiyalar, plastik va boshqa obraz­lar sistemasidan iborat rejissyorcha tavsif yoki bayondir.
Ruxshunos vrach V. Levi: "Faqat uziga mos munosabat shakli orqali teatr meni sexrlaydi. Bevosita aloqa jarayonidan inson 30 foiz ma'lumotlarni so‘z yordamida oladi. Qolganlari teatrda simvol darajasigacha ko‘tariluvchi harakatlar, imo-ishoralar, qarash yoki nigoh, in­tonatsiya (nutq oxangi)lardir"', -deb yozadi.
An'anaviy adabiy teatrdagi xolat shunday bo’lsa, ommaviy tadbir haqida nima desa bo’ladi?! Bu xolatga bizningcha V. Mayakovskiyning mashxur fikri javob bera oladi: "Teatr- bu birorta narsani aks ettiruvchi ko’zgu emas, balki kattalashtirib ko‘rsatuvchi shishadir". Shuning uchun bu yerda xalq, yoki maydon teatriga xos bo’rttirib ko‘rsatishdar va mubolag‘alar, niqoblar, qo‘g‘irchokdar, masxarabozliklar mavjuddir. Bulardan tashsari plakat va karikatura (kulgili uxshatmalar) vositalaridan ham foydalaniladi.
Yana misollarga murojaat qilamiz: AQShda "Bred end pappet" ("Non va qo‘g‘irchoq") nomli progressiv kucha teatri rahbari Piter Shumann "Oqibat haqida odamlar xayqirig‘i" spektaklida Injildagi tufon (Nuxtufoni) xakida kurinish saxnalashtirgan. Barcha aktyorlar ok polotno kuylak va shim kiyishgan, yerga yuztuban yotib olib, asta sekin yer bag‘irlab olga surilishmoqda, ularning yelkasida esa langar cho’pni yergatiragancha Nux turibdi. U langar cho’pni yerga bosib gavdasining og‘irligini boshqa oyog’iga o‘tkazganda, oq gavda oldinga siljiy boshlaydi. Ba'zi vaqtda muzdan muzga sakraganday, bitta gavdadan ikkinchisiga o‘tib oladi. Shunday xolatda bu odamlar asta-sekin sudralib, suzib, maydonning gox u burchagiga, goh bu burchagiga joylashishadi va bunday mizansennaning ta'siri juda katta.
"Qachonki, sahnaviy maydon ko‘p sonli ijrochilar bilan to‘ldirilsa, albatta, mizanssenalarda xaykaltarosh san'atiga oid ifodaviylikka zarurat tug‘iladi" - deb yozgan edi obrazli mizanssenalar ustasi S. M. Eyzenshteyn.
Inchunin, bu fikr ssenariyga emas, balki rejissyorning sahnalashtirish ishlariga taalluqlidir.. Bu muammoni bo‘laklarga ajratib ko’rib chiqmoq oson bo‘lishi uchun biz ajralmas rejissyor va ssenariy yozuvchi tushunchasini sun'iy ravishda bo‘limlarga ajratdik. Amaliyotda esa rejissyorcha niyat, ssenariy, sahnalashtirish ishlari ajralmas bir bo‘lakdir. Ba'zida hamma narsadan oldin rejissyor o‘zining ichki ko’z qarashi (nazari) bilan obrazli mizanssenalarni kuradi. Bu esa uz navbatida butun tadbirning yunalishini aytib beradi. Ana undan keyin bu "matiz"dan ssenariy unib chiqadi. Badiiy obraz yaratish jarayonida faqat shu san'atga taalluqli bo‘lgan barcha narsalar, ya'ni mizanssenalar, bezak, liboslar, rekvizit, nur, musiqa va shovqinlar, ya'ni o‘ziga xos ifodali vositalar yaratish san'ati - hamma-hammasi bir xil ishga, bir xil ma'noga ega bo‘ladilar. Bu elementlar o’zaro uzviy bog’liq, bo‘lib, bularning har bittasi bo‘lg’usi ommaviy teatrlashtirilgan tadbirning obrazini yaratishda sse­nariy yozayotgan rejissyorga turtki bo‘lib xizmat qila oladi.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin