Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish fanining



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə17/29
tarix06.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#141723
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
сенрий 3 курс (2)

Tayanch so’z va iboralar: senariyda mavzu, mavzuli kechalar janrlari, tadbirlarda mavzuli kechalar janri, senariyda ko’rgazmalilik, sahnaviylik, senariy materiali, kompozitsiya.

Nazorat uchun savollar:


1. Madaniy tadbirlarda mavzu tushunchasiga qanday ta`rif berasiz?
2. Madaniy tadbirlarda g’oya tushunchasi nima degani?
3. Madaniy tadbir materiali tushunchasiga ta`rif bering?
4. Tomosha va tomoshabin muammosi deganda nimani tushunasiz?
5. Madaniy-hordiqiy badiiy-publitsistik tadbirlari tayyorlash nimalardan iborat?
12-mavzu: Tadbirlarda g'oyaviy talqin
Reja:
1.G'oyaviy talqin tushunchasi.
2.Tarbiyaviy, ahloqiy, ko'ngilochar mavzularda g'oyaviy talqin.

Teatrda qo`yiladigan spektakllar va yakka ijro etiladigan asarlar jamiga repertuar deyiladi. Repertuar tanlash ijro etish uchun munosib asarni izlab topish demakdir.


O`quvchi va o`rganuvchilar bilan ishlash uchun repertuar tanlaganda butun diqqat-e`tibor sistemali, muntazam o`rganish jarayoniga qaratilishi kerak. Buning uchun qilinadigan ishlarning oddiydan murakkabga, osondan-qiyinga tomon bo`lgan yo`nalishi va ana shu yo`ldagi izchillikka rioya qilinishi shart.
SHunga ko`ra, so`z ustida ishlaganda quyidagi bosqichlarni albatta o`tish kerak:
1. Manzara.
2. Kam voqeali parcha.
3. Ko`p voqeali parcha.
4. Turli janrga oid parchalar.
5. To`liq asar yoki murakkab parchalar.
Manzara ijrochilik faoliyatining dastlabki davriga oid bo`lib, o`quvchida tabiiylik, ko`rish, muomala kabi xususiyalarni tarbiyalashda qulaylik tug`diradi.
Manzara albatta biror yozuvchi asaridan tanlab olinishy shart. SHuningdek, tanlangan manzara aniq ko`z oldiga keltirib (tasavvur etib) bo`ladigan biror joy, narsa yoki shularga o`xshash ob`ektning tasviri bo`lsin. Unda qayg`uli voqealar, dahshatli hodisalar yoki chalkash fikrlar bo`lmasligi kerak. Oddiy, sodda, iloji bo`lsa biror kishi tomonidan gapirilib beriluvchi yorqin manzara bo`lsin. Tanlangan parcha nasrda yozilgan bo`lishi shart. SHunisi ham borki, parcha qisqa bo`lsa ham, tugallangan bo`lishi, biror muayyan ob`ekt yoki hodisani tasvirlash bilan cheklanishi katta ahamiyatga ega.
Tanlanadigan manzara parchalari imkon boricha qiziqarliroq, o`quvchi-ijrochini ruhlantiruvi yoki hissiyotini uchqunlantiruvchi xarakterda bo`lishi foydalidir. SHuniigdek, o`quvchi-ijrochini musiqa eshitish qobiliyati va musiqa taktlari (o`lchovi) ostida chinakam yashashga o`rgatish niyatida, keyincha kuy va qo`shiqlar kiritishga imkon beruvchi manzaralarni tanlash ham mumkin. SHuningdek, o`quvchi-ijrochilarning shaxsiy xususiyatlari, xarakteri va intilishiga qarab, turli muallif, janr, davr va hajmdagi tasviriy (manzara) parchalarga murojaat etish lozim.
Kam voqeali parcha. Manzara bosqichi yaxshi o`zlashtirilgach, ya`ni o`quvchilar ko`rib, muomala kabi zaruriy elementlarni o`zlashtirgach, vazifani bir oz og`irlashtirish mumkin. Agar manzaralar voqeasiz bo`lgan bo`lsa, endi olinadigan parchada chalkash yoki mashaqqatli bo`lmagan bir-ikki voqea sodir bo`lishi mumkin. Agar tanlangan parcha manzaradan boshlanib keyin voqeaga o`tadigan bo`lsa, yana ham yaxshi bo`ladi. Lekin chalkash voqealardan, chuqur psixologik vazifalardan xoli bo`lishini ta`minlash kerak. Hozircha aniq va ravshan talaffuz, mustahkam nafas, jarangli ovoz, yaxshi muomala va ko`rish, shuningdek sodir bo`layotgan sodda voqealarga munosabat elementlarini tarbiyalovchi parchalar ko`zda tutiladi. Ularning hajmi (daftar qo`l yozmasi o`lchovida 1,5—3 bet o`rtasida) quyidagicha bo`lishi mumkin.
Dargoh. Sahargi salqin, yoqimli shamol ochiq derazaning xarir pardalarini tortqilaydi. Boshimni yostiqdan ko`tarib, deraza orqali tonggi g`ira-shira manzarasini kuzataman. Va yuragim bumurib ketadi. Keng xovlining etagida rayxonlar tartib bilan qad rostlagan. Keyingi qatorlarda esa nozik, rang-barang pechak gullar epkindan asta chayqaladi. Gullar ortidan sershox olma darahtlari tarvaqaylab turibdi. Ayniqsa Namangan olmasining qirmizi mevador shoxlari larzon.
Rayhon va olma bo`ylari qorishib uni, xovlini yo`q-yo`q, butun dunyoni xush islarga to`ldirib yuborgan.
(Salixa Olimova «Dargoh» xikoyasi) YOshlik jurnali. 2005 yil 6-soni.
Ko`p voqeali parchalar. O`quvchi endi ongli ravi|shda podtekstlarni (tekst zamiridagi mazmunni) ocha olishi, qo`yylgan harakatlarni bajarishi, parchadagi ikkinchi darajali elementlarni asosiy maqsadga bo`ysundirishi lozim.
Turli janrli parchalar. Bu bo`lim avvalgi bosqichlardagn janr turlarini inkor etmaydi, albatta. Lekin bu bosqichda asosiy diqqatni o`quvchilarda janrlarni his etish, har bir janrga va hatto janrlar tarkibidagi turlanishlarga (masalan, e.Voxidov komediyalari bilan S.Axmad komediyalari o`rtasida juda katta farq bor, lekin ikkisi ham bir janr — komediyaga oid) to`g`ri «kalid»—-yo`l topa bilishni tarbiyalashga intilish kerak. endi ular biror asar yoki parchani qo`lga olishlari bilanoq uning barcha tomonlari haqida o`ylay boshlash va tahlil etishga qobil bo`lsinlar. SHuning uchun ham bu bosqichda turli janrdagi 2—3 parcha ustida birvaqtda ishlay boshlasa ham bo`ladi.
To`liq asar yoki murakkab parchalar. O`quv jarayonining yakunlovchi davrlarida, o`quvchi o`z didi bilan tanlagan va montaj qilib ishga tayyorlagan asar yoki murakkab syujetli, ko`p voqeali parchalar ustida ishlashga to`g`ri keladi. Bu davrda diqqat-e`tiborni ko`proq etuk va to`laqonli obrazlar yaratilishiga, o`quvchining chanakam organika yo`lidan borishiga erishmoq kerak. Agar o`quvchi iqtidorli bo`lsa, ijrochilik repertuari bo`lib qoladigan katta asarlar va hatto ayrimlari bilan adabiy kompozitsiyalar ustida ishlash ham mumkin.
Xullas, muntazam mashg`ulot davri uchun repertuar tanlaganda asosiy e`tiborni o`quvchilarda san`atning tabiiylik, chinakamiga yashash kabi xususiyatlarini tarbiyalashga qaratish kerak. Repertuar, zikr etilganidek, oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tomon yo`nalishda tanlanishi kerak.
Muntazam o`qish, o`rganish bilan bog`liq bo`lmagan hollarda esa repertuar tanlashning quyidagi xususiyatlariga e`tibor berish kerak:
1. YAkka ijrochilar uchun repertuarning rang-barangligini ta`miilash lozim. Tinglovchilarni har doim g`oyaviy sog`lom, ta`sirchan va jahon adabiyotining qimmatli namunalaridan bahramand qilish kerak. Bu narsa ularda, ijrochi oldiga qo`ygan maqsaddan tashqari, adabiyot va san`atga bo`lgan didni tarbiyalaydi.
2. YUbiley, bayram va shu kabi marosimlar uchun repertuar tailagan paytda asosiy e`tiborni mavzu tanlashga jiddik e`tibor berish kerak. Bunday paytlarda o`sha o`tkazilayotgan marosim mavzusi doirasidan chetga chiqmaslik lozim. Bu albatta, yozuvchi Said Axmad yubileyida faqat Said Axmadning asarlarini ijro eting, yoki yangi yil kechasida faqat yangi yil haqidagi asarlarni ijro eting, degan gap emas. Biroq hamma narsa o`sha o`tkazilayotgan marosim mavzuiga, ruhiyatiga mos bo`lishi kerak.
Masalan, yozuvchi Said Axmad hayoti va ijodiga bag`ishlangan taitanali kechadagi repertuar Said Axmad ijodining turli tomonlarini ochib beradigai bo`lishi kerak. Masalan:
a) Said Axmad —dramaturg:
b) Said Axmad — she`riyat kuychisi:
v) Said Axmad —satirik yozuvchi:
g) Said Axmad — kamediyanavis va xajvchi adib:
Xulosa qilib shuni ta`kidlash kerakki, ijro etish uchun tanlangan asarning qimmati uning g`oyaviy yuksakliti va badiiy etukligi bilan o`lchanadi. Bunday asarlar esa har doim tinglovchi diqqat-e`tiborini jalb eta oladi va ularga manfaat keltirishga qobil bo`ladi. SHuning uchun ham so`z san`ati uchun tanlanadigan repertuar g`oyaviy puxta, badiiy etuk, san`at asoslarini egallash uchun qulay bo`lishi kerak. Tayanch repertuar milliy adabiyotdan bo`lishi (chunki o`quvchi uchun har tomonlama yaqin va tanish bo`ladi), jahon mumtoz san`ati va taraqqiyparvar adabiyotidan ham o`rinli va unumli foydalanish mumkin.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin