Stanoklar yuritmalarining tasnifi


Stanoklar yuritmalarining tasnifi



Yüklə 203,57 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2022
ölçüsü203,57 Kb.
#74808
1   2   3   4   5   6
9.2. Stanoklar yuritmalarining tasnifi

Harakatni harakat manbayi (elektr dvigatel)dan stanokning ishchi organlari (shpindel, support, stol va boshqalar)ga uzatuvchi mexa- nizmlar majmuasi stanokning yuritmasi deyiladi. Yuritma tarkibiga harakat manbayi ham kiradi.


Yuritmalar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi:

  1. Ishchi organlar harakati tezligini boshqarish xarakteri bo‘yicha:




  1. pog‘onali yuritmalar (shesternyali tezliklar qutilari, zinasi- mon shkiylar, bulardan ko'proq tezliklar qutilari uchraydi;




  1. pog‘onasiz yuritmalar (mexanik variatorlar, elektrik, gidravlik va kombinatsiyalashgan yuritmalar).

2. Bajaruvchi organining harakati turi bo‘yicha: aylanma harakat, to‘g‘ri chiziqli ilgarilama-qaytar, uzlukli (davriy) va uzluksiz (to£xtovsiz) harakatlanuvchi yuritmalar boiadi.


3. Konstruktiv tuzilishi bo‘yicha mexanik, gidravlik va elektrik yurit-malarga bo‘linadi.

4. Bajaradigan vazifasi bo'yicha bosh harakat yuritmalari, surish harakati yuritmalari va boshqarish sistemasi yuritmalari boiadi.


Pog‘onali yuritmalar belgilangan oraliqda aylanish chastotalari, ik-kilangan yurishlar yoki surish qiymatlarining ma’lum qatorini beradi.


Pog‘onasiz sistemalar stanokda eng qulay kesish rejimi parametr- larini stanokni tocxtatmay turib o£rnatish imkoniyatiga ega.
Pog‘onasiz harakat manbayi sifatida «generator-dvigatel» sxemasi va o'zgarmas tokda ishlaydigan tiristorli elektr dvigatel qo‘llanilib, tiristor o'zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradi. Bunday elektrik yuritma shpindelning aylanish chastotasini 4000 min1 va un- dan ortiq qiymatlarigacha pog‘onasiz boshqarish imkoniyatini beradi.

Gidravlik yuritmalar sidirish, randalash, o'yish, jilvirlash, ko- pirlash, agregat stanoklarida keng qo'llaniiadi. Gidroyuritma tarkibida nasoslar (shesternyali, plastinkasimon, radial porshenli va aksial por- shenli), gidrodvigatellar (stanok ishchi organini to‘g‘ri chiziqli hara- katlantiruvchi kuch silindrlari va aylanma harakat beruvchi gidromo- torlar) va taqsimlash hamda boshqarish apparatlari (zolotniklar, dros- sellar, vaqt relesi, klapanlar) bo'ladi. Gidravlik sistemalami chizib tasvirlash uchun ГОСТ 2781-68, ГОСТ 2782-68 belgilagan shartli belgilardan foydalaniladi.


Pnevmatik yuritmalar siqilgan havo (0,5...0,6 MPa)da ishlab, zago-tovkalami yuklash, zagotovka va kesuvchi asboblarni mahkamlash, stanok ishchi organlarini tezkor usulda surilishini ta’minlashda qo'Uaniladi.


Mexanik variatorlar friksion uzatmalar bo'lib stanoklarning yurit-malarida nisbatan kam uchraydi, chunki ularning boshqarish diapo- zoni kichik (6 dan ortmaydi), FIK past va ishonchli ishlash muddati cheklangan.




9.3. Yuritmalaming asosiy (namunaviy) mexanizmlari

Metall kesuvchi stanoklarda turli maqsadlarda turli uzatmalar va mexanizmlardan foydalaniladi. Ularning asosiylari quyidagilardir.





    1. Reykali uzatmalar stanoklarda to‘g‘ri chiziqli harakatni amalga oshirishda keng qo'llaniladi. Uning turiari: tishli g‘ildirak-reyka (9.1- rasm,

  1. va chervyak-reyka (9.1-rasm, b).




Yüklə 203,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin