6.5. Kumulyativ taqsimot Teng oraliqli variatsion qatorlarni yuqorida bayon etilgan usulda tuzish natijasida oddiy taqsimot qatorlari hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, kumulyativ (lotincha «cumulatio» - yig‘ish, jamg‘arish, to‘planish) taqsimot qatorlari ham qo‘llanadi. Ular oddiy qatorlarning ketma-ket oraliqlarini birlashtirib (yig‘ib), ularga tegishli variantlar sonini jamg‘arish yo‘li bilan tuziladi.
Kumulyativ variatsion qatorlarni ikki usulda tuzish mumkin. Birinchi usulda jamg‘arish jarayoni kichik qiymatli birinchi oraliqdan kattalari tomon yo‘nalishda amalga oshiriladi.
6.1 - jadval ma’lumotlariga binoan, bu usulda ishchilarning oylik ish haqi bo‘yicha jamg‘arma taqsimotini tuzsak, quyidagi kumulyativ variatsion qator hosil bo‘ladi.
6.3-jadval
Oylik ish haqi bo‘yicha kichik korxonalar ishchilarining kumulyativ taqsimoti
Oylik ish haqi bo‘yicha j amg ‘ arma guruhlar (ming so‘m)
Birinchi usulda tuzilgan kumulyativ variatsion qatorlaming grafiklarda
6.4 - rasm. Ish haqi taqsimotining kumulyata va ogivasi.
Birinchi usulda tuzilgan kumulyativ variatsion qatorlaming grafiklarda tasviri kumulyata deb ataladi.
Ikkinchi usulda kumulyativ taqsimot qatorlari tuzilganda, jamg‘arish jarayoni katta qiymatli oraliqdan kichik qiymatli oraliq tomon yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Ikkinchi usulda tuzilgan kumulyativ taqsimotning grafikda tasviri ogiva (og‘ma) deb ataladi.
6.4-grafikda yuqoridagi ma’lumotlar asosida ish haqi ogivasi (og‘ma) tasvirlangan.