364
Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni
“Strategik menejment” fani bo’yicha talabaning
mustaqil ishi shu fanni
o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la
ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida pedagog-xodimlarning ma’ruzasini
tinglaydilar, amaliy mashg’ulotlarda o’z fikrlarini bildiradilar. Bundan tashqari ayrim
mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar
tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha professor o’qituvchi tomonidan berilgan mustaqil
ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga
vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi
bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini
aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar
olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil
ravishda ilmiy manbalardan
foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan
bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash
va ijodiy qobiliyatini
rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi
mumkin emas.
“Strategik menejment” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha
mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
Dostları ilə paylaş: