411
11-mavzu. Servis xizmatlari menejmenti
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha
amalga
oshirilayotgan ishlar natijasida, aholining xizmatlarga bugungi kunda o‘sib
borayotgan ehtiyojining ta’minlanishi yanada yaxshilanishiga,
turmush
darajasining hamda daromadlarning oshishiga olib kelmoqda.
Ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan olib
borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan
keng imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar
natijasida so‘nggi 3 yilda viloyatimizda 2648 ta shahobchalar tashkil etilib, hozirgi
kunda barcha xizmat ko‘rsatish shaxobchalarining soni 24901 tani tashkil
etganligini yaqqol misol keltirish mumkin. 2012 yil yakuni bilan viloyat bo‘yicha
jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2010
yilga ni
sbatan 1,4 marotabaga, yalpi
hududiy mahsulotda hizmatlarning ulushi esa 44,0 foizni tashkil qilib so‘nggi
ikki yilda 2,7 bandga oshdi va ushbu sohada band bo‘lganlar soni 290 ming
kishiga etdi.
Ayniqsa, viloyatda transport xizmati, aloqa
va axborotlashtirish xizmati,
turizm xizmati, moliya va bank xizmatlari, savdo va umumiy ovqatlanish
xizmatlari sohalari yildan-yimlga rivojlanib borishi kuzatilmoqda.
Xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha
joriy yilning
17 aprelda muhtaram
Prezidentimizning
“2013-2016 yillarda qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish va
servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qushimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
1957-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2013 yil 19
aprelda
92-Q sonli qarori qabul qilindi va ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida
“Samarqand viloyatida 2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatish va
servis sohasini jadal rivojlantirish Dasturi” ishlab chiqilib tasdiqlandi.
Mazkur dasturning ijrosini ta’minlanishi natijasida joylarda,
ayniqsa qishloq
joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal va muvozanatlashgan tarzda
rivojlantirishi, xizmatlar bilan ichki iste’mol bozorini to‘ldirish, zamonaviy yuqori
texnologik va bozor xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi,
buning asosida yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlari oshirilishi ko‘zda
tutilgan.
Dostları ilə paylaş: