Strategik menejment


ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar foyda



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   309
Strategik menejment

ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar foyda 
solig‘i va yagona soliq to‘lovidan
ozod etilishi belgilanganligi,
aholi bandligini 
ta’minlash, xalqimizning sifatli xizmatlardan foydalanish imkonini 
kengaytirishga xizmat qiladi, albatta.
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatimizda ishlab chiqilgan 
Dasturga kiritilgan maqsadli parametrlarga muvofiq, 
2016 yilgacha:
- viloyat bo‘yicha jami 4556 ta xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, shundan 
2102 tasi qishloq joylardatashkil etilishi, 
- xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasiga barcha tijorat banklari 
tomonidan
 145,9 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari 
(shundan 63,3 mlrd.so‘mi qishloq 
joylarga) 
yo‘naltirilishi;
- barcha manbaalar hisobidan 
79566 ta yangi ish o‘rinlari 
tashkil 
etilishi,ularning 
66281 tasi yoki 83,3 foizi qishloq joylarda 
yaratilishi 
belgilangan. 


413
Ushbu ishlarni amalga oshirilishi natijasida 
2016 yilga borib, viloyatda 
xizmatlar ko‘rsatish darajasi 2 martaga oshirilishi va yalpi hududiy 
mahsulotdagi ulushini 51,1 foizga etkazish, viloyatning jami xizmatlari 
hajmida qishloq joylardagi xizmatlarining ulushi esa 49,3 foizga 
etkazilishiga
erishilishi ko‘zda tutilgan. 
SHuningdek, dastur asosida xizmat ko‘rsatishning asosiy sohalaridan bo‘lgan, 
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (shu jumladan, mobil aloqa, Internet tarmog‘i, 
televizion kabel aloqasi, pochta va elektraloqa bilan ta’minlash xizmatlari)ning 
o‘sish sur’atlarini 2012 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘rtacha 2 baravar, 
kompyuter dasturlash (shu jumladan, elektron ta’lim va elektron maslahat) 
xizmatlarini esa 1,9 baravarga, moliya xizmatlari 1,9 baravarga, transport 
xizmatlari 2,0 baravarga, qurilish xizmatlari 2,0 baravarga, texnologik uskunalarni 
ta’mirlash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, turistik xizmatlar, savdo va 
umumiy ovqatlanish xizmatlari, maishiy xizmatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va 
boshqa xizmatlar turlari ham 1,9 - 2,1 baravargacha oshirilishi mo‘ljallangan. 
Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida, 4 ta lizing 
kompaniyalari filiallarini, 79 ta maxsus omonat kassalari, qishloq joylardagi 
terminallar sonini 6093 taga etkazish, 6 ta terminallarni ta’mirlash shahobchalari, 
“Samtelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qo‘shimcha 22 ta baza 
stansiyalarini o‘rnatish bilan birga SDMA mobil aloqa standartini rivojlantirish, 15 
ta pochta aloqa bo‘limlarida zamonaviy elektron aloqa xizmatlarini tashkil etish
16 ta qishloq pochta aloqa bo‘limlarini mobil bank terminallari bilan ta’minlash 
kabi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi 
SHuningdek chora-tadbirlar kompleksida qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish 
bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga bank kreditlari berish amaliyotini 
kengaytirish (22,1 milliard so‘m) hamda qishloq aholisiga, ayniqsa mebel, 
elektrmaishiy va boshqa uy-ro‘zg‘or tovarlari uchun taqdim etiladigan iste’mol 
kreditlari hajmini ko‘paytirish nazarda tutilgan. 
Viloyatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turizm 
xizmatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda jumladan Urgut 
tumanida qishloq turizmini rivojlantirish maqsadida "Qoratepa" QFYda turistlar 
dam olishi uchun savdo va maishiy xizmatlar infratuzilma ob’ektlarni o‘z ichiga 
olgan dam olish maskani, "Ming archa" dam olish maskanini rekonstruksiya qilish, 
"Omon-qo‘ton" qishlog‘ida hududida turistlar uchun dam olish kotejlari va lager 
tashkil etish, Pastdarg‘om tumanida mehmonxona va Oqdaryo tumani hududida 
Milliy avtomagistral bo‘yida turistlar uchun kemping tashkil etish belgilangan. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin