3.Ta’limda menejmentning uziga xos xususiyatlari va strategik boshqarish. Boshqaruv faoliyati nazariyasi va amaliyoti menejer modelini yuzaga keltirdi
(9.1-rasm). Mazkur modelga muvofiq u shudli shaxs bo‘lishi kerak. U istarasi
issiqlik, ochiq ko‘ngillilik, oqillik va irodalilik kabi tizim tashkil etuvchi biologik
sifatlarga ega bo‘lishi lozim.
Menejer jismonan barkamol bo‘lishi kerak: sog‘lom
tanda - sog‘lom aql deb
bejiz aytilmagan.
Ochiq ko‘ngillilikni menejer achinish va hamdardlik qilish kabi xislatlarda
namoyon eta bilishligi, vijdon amriga quloq solishi kerak.
Menejer fikrlaydigan o‘z aqliy qobiliyati nimalarga qodirligini bilishi va
idroklay olishi lozim.
Menejerda albatta mustahkam iroda bo‘lishi shart, chunki boshqaruv, bu
hamisha hokimiyatdir.
Menejerning madaniyatlilik darajasi - inson tafakkuri va badiiy ijodiyoti eng
yaxshi natijalari darajasida bo‘lishlik xususidagi doimiy extiyoj, bu uning etika,
estetika, siyosatshunoslik, sotsiologiya va psixologiya bo‘yicha bilimlari. Boshqaruv
faoliyatiga
antropologik yondashish menejer keng
kultrologik tayyorgarlikka ega
bo‘lishi zarurligaga olib keladi.
Menejerning insoniylik jihati bu, menejerning boshqaruv faoliyatida
sistemalashtirilgan va moslashtirilgan antropologik bilimlardan foydalana olishdagi
nazariy - amaliy tayyorgarligi.
Antropologik bilimlar menejerga o‘z kasb vazifasini bajarish jarayonida odamlar
bilan muloqotda bo‘lish va birgalikda harakat qilish, shaxsiy ishbilarmonlik sifatlarini
namoyon eta bilish va eng yaxshi kasbiy natijalarga erishish uchun zarurdir. Bular
ayniqsa ta’lim, servis, tibbiyot, savdo va tadbirkorlik kabi faoliyat sohalarvda katga
ahamiyat kasb etadi.