116
ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek
ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;
barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv
yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan
o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish
orqali ta’minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston
Respublikasida xalqaro
shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Dostları ilə paylaş: