Bozor munosabatlari sharoitida davlat va korxonalar o‘rtasidagi munosabat.
Reja:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
Korxonaning bozor iqtisodiyotining xo’jalik sub’ekti maqsadi va vazifalari.
Korxonani boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.
Korxonani tashkil etish tamoyillari va tartib-qoidalari.
Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi.
Davlat va korxona huquq va manfaatlari.
III. XULOSA.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Tayanch so`zlar va iboralar: Davlat, jamiyat, bozor, munosabat, ishlab chiqarish, boshqarish, imkoniyat, chora-tadbir, tamoyil, diversifikatsiya, ishchi o’rin..
Izohli lug’at (glossary) Davlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi.
Bozor — sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm.
Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi.
1.Korxonaning bozor iqtisodiyotining xo’jalik sub’ekti maqsadi va vazifalari.
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o’z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o’z faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi.