Suyuqliklarning asosiy paramentlarini aniqlashga



Yüklə 35,38 Kb.
səhifə2/11
tarix20.11.2023
ölçüsü35,38 Kb.
#164058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bozor munosabatlari sharoitida davlat va korxonalar o‘rtasidagi munosabat

Korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan jamiyatning birlamchi va asosiy bo’g’inidir.
Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga bo’linadi. Masalan: og’ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, har xil xizmat ko’rsatish tarmoqlari kabilar. Тarmoqlar esa korxonalar va ularni birlashmalarini o’z ichiga oladi. Korxonaning asosiy maqsadini ikki yo’nalishdan iborat ekanligini ta’kidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo’lsa, ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Chunki bu maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi. Ushbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni amalga oshirishini talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologik maqsadlarni kiritish mumkin. Тalabga va standartga javob beradigan mahsulot yaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish programmalarini amalga oshirish uchun texnik maqsadlar qo’yiladi. Ularga eng avvalo tovar yoki mahsulotni yaratish va tayyorlash, ularning sifat ko’rsatkichlarini standartga moslash, ishlab chiqarish salohiyatini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi.
Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib, korxonaning oldiga ijtimoiy maqsadlar qo’yiladi.
Тabiat va jamiyatni muhofazasini ta’minlash har xil ko’rinishdagi ofatlarni (yonilg’i, suv toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik maqsadlar amalga oshiriladi. Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko’rsatib o’tamiz. Boshqaruv vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo’jalik aloqalair, davlat bilan munosabatlar, informatsion ta’minot, moddiy-texnik ta’minot, ishchi kuchi ta’minoti, ijtimoiy, ekologik va hokazo vazifalar. Sanoat korxonalari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini ilg’or, zamonaviy texnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa sohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish darajasiga bog’liqdir. Sanoat tarmog’ining yanada rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining kuchayishida muhim omil hisoblanadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda xalq iste’moli buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:
- bozorni har tamonlama o’rganish asosida mavjud mahsulot (ish, xizmat)larga bo’lgan va kelajakda paydo bo’ladigan talabni aniqlash va o’z istiqbolini belgilash;
- mahsulotlarni reklama qilish, o’rash, turli texnik xizmatlar ko’rsatishni tashkil etish;
- mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish nuqtai nazaridan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish; - iste’molchilar talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil qilish; - ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, dasturlash va moliyalashtirish; - mahsulotlarni sotish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; - korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar.
Bozor tizimida iqtisodiy sub’ektlarning bir-biri bilan oldi-sotdi munosabatlarining predmetlarini keltiramiz (1.1-jadval). Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari
Тashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona - moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining, bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan funksiyasini bajarishdir. Shunday qilib korxona xo’jalik sub’ekti bo’lib, uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan kelib chiqadi.
Korxona tushunchasining muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o’z harakatlariga javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo’jalik sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi.
Korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo’lib, u albatta huquqiy shaxs bo’lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga ―O’zbekiston Respublikasidagi korxonalar to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi qonunining birinchi moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: ―Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni to’la yuritish huquqi bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o’z faoliyatini ro’yobga chiqaradigan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi‖.
Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
birinchidan, faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun birinchidan, mol-mulkiga ega bo’lishi;
ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish;
uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish;
to’rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish;
beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo’lishi mumkinligi;
oltinchidan, mustaqil xo’jalik balansiga ega bo’lish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaga quyidagicha ta’rif berish nazariy va amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz.

Yüklə 35,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin