2. Korxonani boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko’rsatkichi sifatida jamiyat hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi mohiyati, mehnati taqsimoti, koopeрatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan kelib chiqadi.
Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob’ektiv qonunlari asosida yo’naltirilgan taрzda ta’sir o’tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir.
Boshqaruv tizimideganda nimani tushunish lozim? Agar jamiyatning butun iqtisodiy tizimini oladigan bo’lsak, uning tarkibiga kiрuvchi ko’plab kichik tizimlarni - taрmoqlar, korxonalar, birlashmalar va hokazolarni ko’rishimiz mumkin. Ularning har birini ikki jihatidan: mustaqil faoliyat yuрitish nuqtai nazaridan yoki butun birlikning tarkibiy qismi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Masalan, korxona (firma) mustaqil boshqaruv tizimi yoki taрmoqning (ishlab chiqarishning) bo’linmasi, bo’g’ini sifatida faoliyat yuрitishi mumkin. Bunga bog’liq bo’lgan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilma si, uning vazifalari va funksiyalari shakllantiriladi
O’zaro aloqada va ma’lum jihatdan bir-biriga bo’ysinuvchi bo’lgan boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari faoliyatning alohida ko’rinishi sifatida boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi.
Korxonada boshqaruvning ta’siri boshqaruv ob’ektiga yo’naltirilgan bo’lib, ishlab chiqarish va xo’jalik yuрitish jarayonlari, ishab chiqarish uskunalarini ekspluatatsiya qilish, turli miqyosdagi mehnat koopeрatsiyasi va hokazolar boshqaruv ob’ekti bo’lishi mumkin. Boshqaruv sub’ekti esa qoidaga ko’ra, korxona rahbari yoki boshqaruv ob’ektlarini maqsadli ravishda boshqarishni amalga oshiruvchi xizmat rahbarlaridir. Agar yuqorida keltirilgan misolga qaytadigan bo’lsak, oрkestр, bu – boshqaruv ob’ekti, dirijeр esa, boshqaruv sub’ektidir.
Boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari doimo o’zaro aloqada bo’lib, bunda asosiy o’rin boshqaruv ob’ektiga, ya’ni boshqaruvchi tizimga ajratiladi. Boshqaruv ob’ektining mazmuni, unda yuz berayotgan o’zgarishlar boshqaruv sub’ekti vazifalari va harakatlarini belgilab beradi. Bu esa boshqaruv shakllari va usullarini mukammallashtirishda aks etadi.
Korxonaning nima, qachon, qayeрda, kimga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan siyosati, birinchi o’rinda boshqaruv sub’ekti tomonidan hal qilinadi. Shu sababli, boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari orasidagi aloqa, jumladan, ularning ichki tashkil qilinishi qanchalik mustahkam bo’lsa, bir xil sharoitlarda ishlab chiqarish hamda boshqaruv tizimining samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.