Ishlab chiqarish amaliyotlarning turlarini belgilash va tashkil qilishda talabalar tomonidan ta’lim standartlarida belgilangan kasbiy-amaliy ko‘nikmalarga bosqichma-bosqich erishish ko‘zda tutiladi. Amaliyotning asosiy vazifalari quyidagalardan iborat:
talabalar egallangan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish;
talabalarda kasbiy-amaliy malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirish, kasbiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va xal etish usullari, metodologiyasi va texnologiyalari bilan tanishish va egallash;
korxona, tashkilot yoki muassasaning ilg‘or ish tajribalari, boshqaruv tizimi, marketing faoliyati, fan va texnika yutuqlarining joriy etilish darajasi bilan tanishish va o‘rganish;
kasbiy faoliyatining ijtimoiy, iktisodiy, huquqiy, psixologik, pedagogik, gigienik va h.k. tomonlarini o‘rganish;
ichki tartib qoidalar va mehnat intizomi, xavfsizlik koidalariga
rioya qilish ko‘nikmasini tarkib toptirish;
ishga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirish;
tanlagan kasbiga qiziqish, hurmat, faxr hissiyotlarini tarbiyalash,
amaliyotdan keyin o‘tiladigan fanlarni o‘zlashtirishga ongli ravishda
yondashishlariga erishish.
Amaliyot davomida talabalar ishlab chiqarish sharoitlarida quyidagilarni ham o‘rganadilar:
korxona, tashkilot va muassasalarining ish faoliyati;
ishlab chiqarish texnologiyasi;
ishlab chikarishni tashkil etish va boshqarish;
ishlab chiqarish samaradorligini va effektivligini oshirish imkoniyatlari va yo‘llari;
ish ob’ektining jihozlanishini, moddiy-texnik bazasi, axborot texnikalari, asbob-uskunalari;