T abdraxmanov


IV.BOB DARS JARAYONIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH, O‘QUV-METODIK VA AXBOROT TA’MINOTI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə28/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

IV.BOB DARS JARAYONIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH, O‘QUV-METODIK VA AXBOROT TA’MINOTI


§4.1. Tuproqshunoslik fanlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyaning o‘rni

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj va talab kun sayin kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga va xulosalarni o‘zlari chiqarishlariga o‘rgatadi.


O‘qituvchi bu jarayonda talabalarning intelektual dunyosining rivojlanishi, shakllanishi, ularni bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi hamda shu bilan bir qatorda, boshqaruvchanlik, yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida talaba asosiy shaxsga aylanadi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish usuli hisoblangan pedagogik texnologiyalarning o‘rni katta. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratga oid bilim, tajriba talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosiy pedagogik usullardan to‘liq foydalaniladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

  • talabani dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijodiy yondoshishiga va izlanishiga yetaklaydi;

  • talabani o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlar doimiyligini ta’minlaydi;

  • talabani bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga nisbatan faollashtiradi;

  • o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtiradi.

O‘qituvchilar mavzudan kelib chiqqan holda dars jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadga ko‘ra ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lida ijobiy natijaga erishishlari uchun talabalarning ehtiyojlari hamda sharoitlaridan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiyalarning xoxlagan yo‘nalishlaridan foydalanishlari mumkin. Masalan, bu interfaol metod, dasturiy tarqatma materiallar yoki axborot texnologiyalari dasturlari, multimedia, animatsion film kabilar bo‘lishi mumkin. Bunday o‘qitish jarayonini oldindan loyixalashtirish zarur, bu jarayonda o‘quv fanining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitini, eng asosiysi, talabaning imkoniyati va bilim darajasini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishni hisobga olish kerak, shundagina, zarur kafolatlangan yuqori natijaga erishish mumkin.
O‘qituvchi har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilishi va uni tasavvur etishi uchun bo‘lajak dars jarayonini loyixalashtirishda darsning texnologik xaritasini tuzishi tavsiya etiladi. Bunda o‘qitilayotgan fanning xususiyati, talabaning bilim doiraviy imkoniyati va ehtiyoji hisobga olgan holda, o‘qituvchi kimyo tuproqshunoslik, ekologiya, mikrobiologiya, geografiya, geologiya, fizika, biologiya va boshqa bir qator fanlardan xabardor bo‘lishi, shuningdek, interfaol usullarni bilishi talab etiladi.
Darsning texnologik harita-sxemasi ixtiyoriy ko‘rinishda yoki shaklda tuziladi, bu o‘qituvchining tajribasi, mavzudan kelib chiqqan holda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq. Texnologik harita-sxema qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsadi, vazifasi va kafolatlangan natijasi, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi zarur.
Bugun ta’lim berish jarayonini tubdan o‘zgartirishda, mazkur zaruriyatni asoslashda quyidagi to‘xtamlarimiz mavjud:
Birinchidan, ta’lim samaradorligini yanada oshirish va jadallashtirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish;

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin