T abdraxmanov



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə30/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

BUMERANG TEXNOLOGIYASI

Ushbu texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va harakterga, ya’ni muammoli, munozaralarga ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishda ko‘proq qo‘llaniladi. U o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi, hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan talaba yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashga imkoniyat beradi.


Bumerang texnologiyasining maqsadi - dars davomida talabalar yangi mavzuni yakka va guruh holatida o‘qib o‘rganish, turli savollar, o‘zaro suhbat - munozaralar orqali o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratishdir.
Bumerang texnologiyasi tanqidiy fikrlash va mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi Qolaversa, xotiralar, g‘oyalar, fikrlar hamda dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, mazkur texnologiya ta’lim berish bilan bir qatorda tarbiyaviy harakterdagi bir qator vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyatini yaratadi: ya’ni,

  • jamoa bilan ishlash mahorati;

  • muomalalik;

  • xushfe’llik;

  • ko‘nikuvchanlik;

  • o‘zgalar fikriga hurmat;

  • faollik;

  • rahbarlik sifatlarini shakllantirish;

  • ishga ijodiy yondoshish;

  • o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;

o‘zini holis baholash.
Bundan ko‘rinadiki, talabalar bir vaqtning o‘zida fanga tegishli bilimlar bilan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy bilimlar ko‘nikma va qirralarini ham o‘zlashtiradi.
Ushbu texnologiya talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqari turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materiallarni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda darsga ajratilgan vaqt davomida barcha talabalarni baholay olishga qaratilgan.
Bumerang texnologiyasi auditoriyada talabalar soni ko‘p bo‘lib, guruhlarga bo‘linishga sharoit yo‘q bo‘lgan holda qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mazkur texnologiyada matnnining hajmiga qarab auditoriya qatorlarga bo‘linadi, ma’ruza matnlari tarqatiladi va reglament belgilanadi. Belgilangan vaqt o‘tganadan so‘ng o‘qituvchi ma’ruza bo‘yicha tayyorlangan ssenariy bo‘yicha savollar berib boradi, talabalar javoblar beradilar va bir-birlarini to‘ldirib boradilar, talabalar e’tiboridan qolib ketgan yoki aytilmagan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi hamda yakunlanadi.
Bumerang texnologiyasining yana bir varianti: auditoriyada guruhlar tashkil qilish mumkinligiga qarab, sharoitdan kelib chiqgan holda guruhlarga bo‘linadi, masalan 6 ta guruh, har bir guruhda 6 ta talabadan. Bir guruhdagi 6 ta talabaga ma’ruza matnining murakkabligiga va hajmiga qarab 6 xil material beriladi, qolgan guruhlarda ham xuddi shunday bo‘ladi, reglament belgilanadi. Talabalar bir-birlariga xalaqit bermagan holda ma’ruza matni ustida ishlaydilar, o‘rganadilar va o‘zlashtiradilar. Belgilangan vaqtdan so‘ng guruh a’zolari boshqa guruh a’zolariga xalaqit bermagan holda o‘z guruh a’zolariga o‘rgangan ma’ruza matnlarini tushuntirib gapirib beradilar. Belgilangan vaqt o‘tganadan so‘ng o‘qituvchi ma’ruza bo‘yicha tayyorlangan ssenariy bo‘yicha savollar berib boradi, talabalar javoblar beradilar va shu bilan birgalikda bir-birlarini to‘ldirib boradilar, talabalar e’tiboridan qolib ketgan yoki aytilmagan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi va yakunlanadi.



YELPIG‘ICH TEXNOLOGIYASI

Bu texnologiya murakkab ko‘p tarmoqli, mumkin qadar, muammo harakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundaki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida-alohida muhokama qilinadi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.


Mazkur interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
“Yelpig‘ich” texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan bo‘lib, mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llanishi mumkin. Bunda:

  • o‘z bilimlarini erkin faollashtirish;

  • mavzuni o‘rganish jarayonida, uning asoslarini chuqur farqlash va anglab yetish;

  • yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solish.

Mazkur texnologiyaga xos asosiy tushunchalar quyidagilar:
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz;
Fazilat – ijobiy sifat;
Nuqson - nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik;
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan natijaga kelish;
Ta’limdan tashqari «Yelpig‘ich» texnologiyasi tarbiyaviy harakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.

  • jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;

  • muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati;

  • murosali qarorlar qabul qilish mahorati;

  • o‘zgalar fikriga hurmat;

  • xushmuamolalik;

  • ishga ijodiy yondoshish;

  • faollik;

  • muammoga diqqatning jamlay olish mahorati.

Bu metod ham hozirgi kunda juda keng qo‘llanilib kelinayotgan metodlardan biri bo‘lib, mavzuni kamchilik va afzalliklarini ochib berishga xizmat qiladi.
Ushbu metodning yana bir muhim tomonlaridan biri talabalarni mavzu yuzasidan xulosa chiqarishga o‘rgatadi.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin